Milliy gʻoya hayotimizning mazmunini, maʼnosini tashkil etishi kerak


Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodovning “Xalq soʻzi” gazetasida eʼlon qilingan “Millat uchun hayot-mamot masalasi” maqolasida mamlakatimizning milliy gʻoyasi qanday boʻlishi kerakligi toʻgʻrisidagi fikrlar ilgari surilgan.
Maqolada koʻp yillardan beri aytib kelinayotgan, lekin amalda yoʻq milliy gʻoya toʻgʻrisida asosli fikrlar aytilgan. Ogʻriqli boʻlsa ham tan olish kerakki, bugun ayrim sohalarda ortda qolib borayotganligimizning asosiy sababi taʼlimga eʼtiborning sustligi ekanligidadir. Bu achchiq haqiqatni hamma yaxshi anglab turibdi. Lekin maqola muallifi kabi dadil koʻtarib chiqishga jasorat yetishmaydi. Bugun jamiyatning salohiyatini koʻtarish uchun qilinayotgan ishlar yetarli emas, deb oʻylayman.
Mamlakatni murakkab boʻlgan bunday ijtimoiy-iqtisodiy holatdan faqatgina yuksak salohiyatli kadrlar bilangina qutqarib qolish mumkin. Bunda sifatli shakllantirilgan taʼlim tizimi va samarali ilmiy natijalardan oʻzga najot yoʻq. Taʼlim-tarbiya masalasi nafaqat bir shaxsning ishi, balki butun millatning oldida turgan dolzarb vazifadir.
Maqola muallifi taʼkidlaganidek, milliy gʻoya xalqni yagona maqsad yoʻlida birlashtirishi lozim. Milliy gʻoya hayotimizning mazmunini, maʼnosini tashkil etishi kerak.
Bugun Vatan oldidagi burchimizni, millat oldidagi masʼuliyatimizni yanada chuqurroq anglashimiz kerakligini hayotning oʻzi taqozo etmoqda.
Hamma armonlarimiz, ogʻriqlarimiz, muammolarimiz zamirida bilimsizlik yotganini, bilimsizlik oyogʻimizga kishan boʻlayotganini qachon anglab yetamiz.
Qachon dabdabali toʻy-marakalar qilishga, ortiqcha hoy-havaslarga berilishga, hashamatli uy-joylar qurishga chek qoʻyamiz?
Qachon hamma kuchimizni, imkoniyatimizni bolalarimizni oʻqitishga sarflaymiz? Farzand taʼlim-tarbiyasi hammasidan ustun ekanligini qachon tushunib yetamiz?
Sifatli taʼlim, samarali ilm, salohiyatli avlodni yetishtirish milliy gʻoyamizga aylansagina, hayotimiz oʻzgaradi, mamlakatimiz rivojlanadi, jamiyatimiz sogʻlomlashadi.
Sanjar TILLAYEV,
Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti dekani, dotsent.
Fargʻonada 27 500 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari musodara qilindi
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida 357 million soʻmlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Bu haqda viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, viloyat Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida 'Fargʻona-Qoʻqon' yoʻnalishida harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli mashina kuzatuvga olinib, Qoʻqon shahrida joylashgan xonadonlarning biriga kirgan vaqtida ushl
Tersak mahallasiga “turizm qishlogʻi” sertifikati topshirildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Urgut tumanida 'Tersak' turizm qishlogʻining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi raisi Ulugʻbek Shodiyev, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Taxtaqoracha dovoni yoqasida, togʻlar bagʻrida joylashgan 'Tersak' qishlogʻi zamonaviy infratuzilma hamda milliy anʼanalar uygʻunlashgan manzil sifatida mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun jozibador maska
Fargʻona davlat texnika universitetida “Yoshlar texnoparki” tashkil etildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Maʼlumki, Fargʻona davlat texnika universitetida taʼlim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Universitet qoshida tashkil etilgan spin-off kompaniyalari professor-oʻqituvchilar, magistr va talabalarni viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ilmiy va innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etishga keng jalb qilmoqda.Shu bilan birga, dual taʼlim tizimi
Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi oʻzini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deya eʼlon qildi
'Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda Oʻzbekiston oʻzini suveren, demokratik, huquqiy va dunyoviy davlat bilan bir qatorda ijtimoiy davlat deb eʼlon qildi. Inson huquqlari va erkinliklari, shu jumladan ijtimoiy huquqlarni taʼminlash borasida mutlaqo yangi mexanizmlar joriy etildi.Partiyamiz ijtimoiy himoya tizimi kafolatlarini Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishini tarixiy yutuq sifatida baholaydi.Bu shubhasiz, Xalq demokratik partiyasining mamlakatda ijtimoiy adolat, tenglik va ijtimoiy