calendar 13 May 14:39
eye 180
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bugun Xiva shahrida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali start oladi

image


Oʻzbek milliy baxshichilik va dostonchilik sanʼatining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targʻib qilish, yosh avlod qalbida ushbu sanʼat turiga hurmat va eʼtibor tuygʻularini kuchaytirish, turli xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-maʼnaviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytirish maqsadida, 2019-yildan buyon 'Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali' oʻtkazilib kelinmoqda.

Mazkur festival ilk marotaba 2019-yilda Surxondaryo viloyatida oʻtkazilgan, shuningdek, 2021-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 2023-yilda esa Sirdaryo viloyatida oʻtkazilgan. Navbatdagi festival esa joriy yilning 26-28-aprel kunlari Xivada YUNESKO va AYSESKO shafeligida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali oʻtkaziladi.



Festivalda dunyoning 40 dan ortiq davlatlaridan, jumladan, Oʻmon, Gabon, Braziliya, Xitoy, Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Janubiy Koreya, Kuvayt, Malayziya, Mavritaniya, Misr, Marokash, Qirgʻiziston, Rossiya, Turkmaniston, Vengriya, Ozarbayjon, Moʻgʻuliston, Serbiya, Belarus, Fransiya, Afgʻoniston, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Syerra-Leone, Shvetsiya, Iordaniya, Shvetsariya, Sudan, Turkiya, Bolgariya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Tunis, Slovakiya, Filippin, Qatar, Pokiston va Oʻzbekistondan 200 nafarga yaqin baxshilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Mazkur festival doirasida bugun 'II Turkiy dunyo madaniyati forumi' va 'Yangi Oʻzbekistonda baxshichilik sanʼati: zamonaviy tadqiqotlar va istiqbollar' mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻz ishini boshladi.



Anjumanda Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Qozogʻiston kabi davlatlarning nufuzli ilm maskanlaridan tashrif buyurgan taniqli folklorshunos olimlar baxshichilik sanʼati tarixi va jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrni haqida maʼruza qildilar. Shuningdek, anjumanda mamlakatimizning turli oliy oʻquv yurtlarida, ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat yuritayotgan folklorshunos olimlar, baxshichilik va xalq ogʻzaki ijodi masalalariga qiziquvchi tadqiqotchilar ham sohaga doir ilmiy-nazariy maqolalari bilan faol ishtirok etmoqda.



Shuningdek, festival doirasidagi tanlov ishtirokchilarini baholash va gʻoliblarni taqdirlash uchun xalqaro tanlovida hakamlar hayʼati aʼzolari tarkibi Oʻzbekiston, Vengriya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Rossiya, Quvayt, Moʻgʻuliston davlatlari vakillaridan shakllantirilgan.



'

Maʼlumot uchun: 'Gran-Pri' mukofoti ' 7 000 AQSH dollarini tashkil etadi. 1-2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar uchun mos ravishda har bir yoʻnalishda 2 ta nominatsiya (Doston ijrochiligi yoʻnalishi, Cholgʻu ijrochiligi yoʻnalishi) boʻyicha 5 000, 3500, 2500 AQSH dollaridan mukofotlanadi.



Anjuman yakunida baxshichilik sanʼati istiqboli bilan bogʻliq muhim rezolyutsiya qabul qilinadi.

Konferensiya doirasida tashkiliy qoʻmita tomonidan yaratilgan 'Baxshi aytimlari' toʻplamining taqdimoti boʻlib oʻtadi. 'Baxshi aytimlari' toʻplami 100 dona nashr qilingan. Unda xalq dostonlari va terminlarini qaysi vaqtda ijro etilishi, uning inson ruhiyatiga ijobiy taʼsiri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻrin olgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
182
0
xs.uz

Dollarning rasmiy kursi sezilarli darajada pasaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 17-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 45,08 soʻmga tushdi va 12 715,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 25,61 soʻmga koʻtarildi va 14 730,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 1,67 soʻmga koʻtarilib, 161,75 soʻmni tashkil etdi.

31 May 08:50
 
45
0
xs.uz

Zargarlarning xomashyo bilan bogʻliq birorta muammosi boʻlmasligi kerak — Prezident

Zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi.Mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviy koʻrinishga keltirib, ularning faoliyatini qonuniylashtirish topshiril

31 May 08:51
 
70
0
xs.uz

Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava

31 May 08:51
 
123
0
xs.uz

Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do