Eldor Shomurodov “Roma”dan ketishi deyarli aniqlashdi. Uning keyingi klubi nomi ham maʼlum

Turkiyalik insayderning 'Sporte Digitale' nashriga bergan intervyusida aytilishicha, 'Bashakshehir' klubi Eldorga rasmiy taklif yuborgan va futbolchi bu taklifni jiddiy qabul qildi. 'Shomurodov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. U Turkiyada toʻp surish variantiga jiddiy qarayapti va klub taklifiga ijobiy munosabat bildirdi', ' deydi insayder. Avvalroq futbolchining nomi 'Galatasaroy', 'Fenerbahche', 'Beshiktosh' va 'Trabzonspor' klublari bilan ham bogʻlangan edi.
Maʼlumotlarga koʻra, 'Roma' klubi yozgi transfer oynasida Shomurodovni sotishni rejalashtirgan. Sababi, futbolchining joriy shartnomasi kelasi mavsum oxirida tugaydi va klub uning transferidan maksimal daromad olishni istamoqda.
Qayd etish kerakki, oʻzbekistonlik hujumchiga boshqa ligalardan ham qiziqishlar mavjud. Jumladan, MLSdagi bir nechta klublar ham Shomurodovni oʻz safiga qoʻshmoqchi boʻlib, hattoki nomi oshkor qilinmagan bir jamoa allaqachon taklif yuborgan.
Eslatib oʻtamiz, Eldor Shomurodov 2024/25-yilgi mavsumda 'Roma' safida 37 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 'Transfermarkt' portali unga 5 million yevro miqdorida transfer qiymati belgilagan.
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi
Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.
Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda 26 ming AQSH dollar ishlab oldi
Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan klassik shaxmat boʻyicha nufuzli 'Superbet Chess Classic Romania 2025' xalqaro turniri yakunlandi. Aytish kerakki, 'Grand Chess Tour' tasnifiga kiruvchi mazkur musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 350 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Turnirda dunyoning kuchli grossmeysterlari qatorida yurtimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov ham himoya qildi.Hamyurtimiz soʻnggi ' toʻqqizinchi turda amerikalik Uesli Soga qarshi oq donalarda harakat qildi va d
“Real Madrid” Argentinaning “Yangi Marodona”si bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda
Ispaniyaning 'Real Madrid' klubi navbatdagi transferini amalga oshirgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu safar madridliklar eʼtiborini Argentinaning 'River Pleyt' jamoasida toʻp surayotgan yosh isteʼdod ' Franko Mastantuonoga qaratdi. 'Qaymoqranglilar' rahbariyati 17 yoshli futbolchining shartnomasida koʻrsatilgan tovon puli ' 45 million yevroni toʻlashga rozi boʻldi va futbolchining oʻzi ham bu transferga rozilik bildirdi.'TyC Sports' nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, tomonlar oʻrtas
Voleybol bo‘yicha «Millatlar ligasi» musobaqasi boshlandi
Ushbu musobaqada Eron, Hindiston, Pokiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Turkmaniston hamda O'zbekiston jamoalari o'raro kuch sinashadi.Ushbu nufuzli musobaqaning ilk uchrashuvi ' Eron va Hindiston terma jamoalari o'tasida bo'lib o'tdi. Shiddatli kechgan bahsda Eron terma jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.Musobaqalar davom etmoqda.''