Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda 26 ming AQSH dollar ishlab oldi

Hamyurtimiz soʻnggi ' toʻqqizinchi turda amerikalik Uesli Soga qarshi oq donalarda harakat qildi va durang natija qayd etdi. Natijada Abdusattorov musobaqa davomida 1 gʻalaba, 7 durang va 1 magʻlubiyat bilan jami 4,5 ochko toʻplab, kuchli beshlikdan joy oldi. Uning musobaqadagi yagona magʻlubiyati hindistonlik grossmeyster Rameshbabu Praggnanandhaga qarshi kechdi.
Turnirda gʻoliblik aynan Rameshbabu Praggnanandhaga nasib etdi. U soʻnggi turda amerikalik Levon Aronyan bilan durang oʻynadi va 5,5 ochko toʻplagan holda qoʻshimcha koʻrsatkichlar asosida chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Fransiyalik Alireza Firuzdja esa ruminiyalik Bogdan-Daniel Dikni magʻlubiyatga uchratib, yuqori oʻrinlardan birini egalladi. Yana bir fransuz shaxmatchisi Maksim Vashye-Lagrav polshalik Yan-Krishtof Dudani ortda qoldirdi. Dommaradju Gukesh (Hindiston) va Fabiano Karuana (AQSH) oʻrtasidagi bellashuv durang bilan yakunlandi.
Mazkur musobaqa Nodirbek Abdusattorov uchun yana bir murakkab, biroq samarali sinov boʻldi. U jahon shaxmat elitasida oʻz oʻrnini yana bir bor isbotlab, xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi.
Konkur bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi
Bellashuvlar yakuniga ko'ra, Bahromjon Gaziyev, Xurshid Alimjonov, Alisher Erkinov, Bekzod Qurbonov, Nurjan Tuyakbayev, Ashrafxon Ne'matov turli yo'nalishlarda chempionlikni qo'lga kiritishdi.Ahamiyatlisi, taqdirlash marosimida Italiya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi ishtirok etib, mamlakatlarning mazkur sport turidagi hamkorligi yangi darajaga ko'tarilayotganini ta'kidladi.
“Barselona” ishtirok eta olmaydigan turnirning mukofot jamgʻarmasi 1 milliard AQSH dollar etib belgilandi
'FIFA Club World Cup 2025' musobaqasi uchun 1 milliard AQSH dollari miqdoridagi rekord mukofot puli ajratiladigan boʻldi. Ushbu taqsimot modeli FIFA Kengashi va Yevropa klublar assotsiatsiyasi kabi asosiy hamkorlar bilan muhokama qilingan. FIFA prezidenti Janni Infantinoning taʼkidlashicha, musobaqa formati 7 ta uchrashuvdan iborat guruh va pley-off tizimi asosida oʻtkaziladi.Yangi tizim boʻyicha gʻolib jamoa 125 million dollargacha daromad olish imkoniga ega boʻladi. Shu bilan birga, 250
Oʻzbekiston boks terma jamoasi Braziliya qanday tarkibda boradi?
Oʻzbekiston boks terma jamoasi Braziliyada boʻlib oʻtadigan Jahon kubogi musobaqasida ishtirok etadi. 28-martdan 7-aprelgacha Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahrida 'World Boxing' tashkiloti homiyligida oʻtkaziladigan ushbu nufuzli turnirda yurtimiz bokschilari toʻliq tarkibda qatnashadilar. Termamiz ertaga tongda bosh murabbiy Toʻlqin Qilichev boshchiligida dengiz ortiga yoʻl oladi.Jamoamiz aʼzolari quyidagi vazn toifalarida musobaqada qatnashishadi:-50 kg vaznda Asilbek Jalilov;-55 kgda
“Real Madrid” Angliyadan 20 yoshli himoyachi xarid qildi
Angliyaning 'Bornmut' klubi himoyachisi Din Xyoysen faoliyatini Ispaniyaning 'Real Madrid' jamoasida davom ettiradi. Bu haqda futbol boʻyicha insayder Fabritsio Romano oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.Uning yozishicha, madridliklar 20 yoshli himoyachi uchun 60 million yevro toʻlashga kelishib olgan. Ushbu summa 'Bornmut'ga toʻlanadi, ammo shartnoma talablariga koʻra, bu pulning maʼlum qismi boshqa klublar hissasiga ham oʻtadi.Shartnomada koʻrsatilgan hududiy kelishuv