Uning yozishicha, madridliklar 20 yoshli himoyachi uchun 60 million yevro toʻlashga kelishib olgan. Ushbu summa 'Bornmut'ga toʻlanadi, ammo shartnoma talablariga koʻra, bu pulning maʼlum qismi boshqa klublar hissasiga ham oʻtadi.
Shartnomada koʻrsatilgan hududiy kelishuvlarga asosan, transfer summasining 10 foizi ' yaʼni 6 million yevro Italiyaning 'Yuventus' klubiga, yana 5 foizi ' yaʼni 3 million yevro Ispaniyaning 'Malaga' klubiga beriladi. Bu Xyoysenning avvalgi klublardagi faoliyati va transfer kelishuvlarida koʻzda tutilgan ustama shartlar bilan bogʻliq.
Fabritsio Romanoning maʼlum qilishicha, 'Real Madrid' Xyoysenni oʻz tarkibiga qoʻshib olish uchun Londonning 'Chelsi' va 'Liverpul' kabi grand klublar bilan kurashda gʻolib chiqqan. Avvalroq, Din Xyoysen 'Real'ga oʻtishni shaxsan oʻzi istagani va boshqa klublarning takliflarini rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Din Xyoysen 'Bornmut' safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning faoliyati davomida 3 ta gol urgan va 1 ta golli pas muallifi boʻlgan. Bu natijalar madridliklar murabbiylar shtabini qiziqtirib, yosh himoyachining transferi amalga oshishiga sabab boʻlgan. 'Real Madrid' mutaxassislari Din Xyoysendan kelajakda jamoa himoyasining asosiy ustuni sifatida foydalanishni rejalashtirmoqda.
Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi
Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
“Barselona” ishtirok eta olmaydigan turnirning mukofot jamgʻarmasi 1 milliard AQSH dollar etib belgilandi
'FIFA Club World Cup 2025' musobaqasi uchun 1 milliard AQSH dollari miqdoridagi rekord mukofot puli ajratiladigan boʻldi. Ushbu taqsimot modeli FIFA Kengashi va Yevropa klublar assotsiatsiyasi kabi asosiy hamkorlar bilan muhokama qilingan. FIFA prezidenti Janni Infantinoning taʼkidlashicha, musobaqa formati 7 ta uchrashuvdan iborat guruh va pley-off tizimi asosida oʻtkaziladi.Yangi tizim boʻyicha gʻolib jamoa 125 million dollargacha daromad olish imkoniga ega boʻladi. Shu bilan birga, 250
22 yoshli xalqaro grossmeyster 3 yilga xalqaro musobaqalardan chetlatildi
22 yoshli xalqaro grossmeyster Kirill Shevchenko Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan barcha rasmiy musobaqalardan uch yilga chetlatildi. Bu qaror Ispaniyada boʻlib oʻtgan Jamoaviy Shaxmat Chempionatidagi shubhali vaziyat va keyinchalik uning gʻirromlik qilganini tan olganidan soʻng qabul qilindi. Ushbu voqea shaxmat jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab boʻldi.Musobaqa vaqtida hakamlar Shevchenkoning uzoq vaqt davomida taxtadan uzoqlashganidan shubhalanishgan. Keyinchalik ter
Oʻzbekiston boks terma jamoasi Braziliya qanday tarkibda boradi?
Oʻzbekiston boks terma jamoasi Braziliyada boʻlib oʻtadigan Jahon kubogi musobaqasida ishtirok etadi. 28-martdan 7-aprelgacha Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahrida 'World Boxing' tashkiloti homiyligida oʻtkaziladigan ushbu nufuzli turnirda yurtimiz bokschilari toʻliq tarkibda qatnashadilar. Termamiz ertaga tongda bosh murabbiy Toʻlqin Qilichev boshchiligida dengiz ortiga yoʻl oladi.Jamoamiz aʼzolari quyidagi vazn toifalarida musobaqada qatnashishadi:-50 kg vaznda Asilbek Jalilov;-55 kgda