Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda 26 ming AQSH dollar ishlab oldi

Hamyurtimiz soʻnggi ' toʻqqizinchi turda amerikalik Uesli Soga qarshi oq donalarda harakat qildi va durang natija qayd etdi. Natijada Abdusattorov musobaqa davomida 1 gʻalaba, 7 durang va 1 magʻlubiyat bilan jami 4,5 ochko toʻplab, kuchli beshlikdan joy oldi. Uning musobaqadagi yagona magʻlubiyati hindistonlik grossmeyster Rameshbabu Praggnanandhaga qarshi kechdi.
Turnirda gʻoliblik aynan Rameshbabu Praggnanandhaga nasib etdi. U soʻnggi turda amerikalik Levon Aronyan bilan durang oʻynadi va 5,5 ochko toʻplagan holda qoʻshimcha koʻrsatkichlar asosida chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Fransiyalik Alireza Firuzdja esa ruminiyalik Bogdan-Daniel Dikni magʻlubiyatga uchratib, yuqori oʻrinlardan birini egalladi. Yana bir fransuz shaxmatchisi Maksim Vashye-Lagrav polshalik Yan-Krishtof Dudani ortda qoldirdi. Dommaradju Gukesh (Hindiston) va Fabiano Karuana (AQSH) oʻrtasidagi bellashuv durang bilan yakunlandi.
Mazkur musobaqa Nodirbek Abdusattorov uchun yana bir murakkab, biroq samarali sinov boʻldi. U jahon shaxmat elitasida oʻz oʻrnini yana bir bor isbotlab, xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi.
Toshkentda yengil atletika va sinxron suzish bo‘yicha xalqaro turnirlar boshlandi
O'zbekiston yengil atletika federatsiyasining stadionida o'tayotgan 'UNG Meeting Continental' turniri Xalqaro yengil atletika federatsiyasining taqvimidan o'rin olgan bronza darajasidagi turnir bo'lib, unda 13 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Musobaqa bir kunga mo'ljallangan.Shuningdek, O'zbekiston kasaba uyushmalariga qarashli suv sporti saroyida sinxron suzish bo'yicha 'Suv parisi' Markaziy Osiyo ochiq chempionati tashkil etilmoqda. 6 mamlakat spo
Bu yil kim “oltin bola” boʻladi?
Yevropada eng iqtidorli yosh futbolchilarga beriladigan 'Golden Boy' mukofoti 2025-yilgi nomzodlar roʻyxati maʼlum boʻldi. 2003-yildan buyon har yili oʻtkazib kelinayotgan ushbu mukofot Yevropaning eng yirik klublarida toʻp surayotgan 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan biriga topshiriladi.Dastlab Italiya nashri 'Tuttosport' tomonidan tashkil etilgan mukofotga hozirda 'LʻEquipe' (Fransiya), 'Bild' (Germaniya) va 'The Times' (Angliya) kabi ommaviy axborot vositalari ham baho berishda isht
“Shunqorlar – 2025”: Bu safar gʻoliblik kimga nasib etdi?
'Yoshlar oyligi' doirasida joriy yilning 26-28-iyun kunlari Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi 'Vatanparvar' tashkiloti Markaziy kengashi raisi kubogi uchun 'Shunqorlar' harbiy-sport oʻyinlarining Respublika bosqichi oʻtkazildi.Mazkur oʻyinlarni oʻtkazishdan asosiy maqsad yoshlarni Vatanga sadoqat va yuksak harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, chaqiriqqa qadar yoshlarni Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishga qiziqishini oshirib borish hamda ularni ruhan va jismonan c
“Real Madrid” Angliyadan 20 yoshli himoyachi xarid qildi
Angliyaning 'Bornmut' klubi himoyachisi Din Xyoysen faoliyatini Ispaniyaning 'Real Madrid' jamoasida davom ettiradi. Bu haqda futbol boʻyicha insayder Fabritsio Romano oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.Uning yozishicha, madridliklar 20 yoshli himoyachi uchun 60 million yevro toʻlashga kelishib olgan. Ushbu summa 'Bornmut'ga toʻlanadi, ammo shartnoma talablariga koʻra, bu pulning maʼlum qismi boshqa klublar hissasiga ham oʻtadi.Shartnomada koʻrsatilgan hududiy kelishuv