calendar 04 Jun 02:45
eye 60
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bu yil kim “oltin bola” boʻladi?

image
Yevropada eng iqtidorli yosh futbolchilarga beriladigan 'Golden Boy' mukofoti 2025-yilgi nomzodlar roʻyxati maʼlum boʻldi. 2003-yildan buyon har yili oʻtkazib kelinayotgan ushbu mukofot Yevropaning eng yirik klublarida toʻp surayotgan 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan biriga topshiriladi.

Dastlab Italiya nashri 'Tuttosport' tomonidan tashkil etilgan mukofotga hozirda 'LʻEquipe' (Fransiya), 'Bild' (Germaniya) va 'The Times' (Angliya) kabi ommaviy axborot vositalari ham baho berishda ishtirok etadi.

'Golden Boy' mukofoti odatda yil oxirida topshiriladi va butun yil davomida futbolchining koʻrsatgan natijalari asosida baholanadi. Amaldagi gʻolib ' 'Barselona' klubi hujumchisi Lamin Yamal. Reglamentga koʻra, bir futbolchi ushbu mukofotni faqat bir marta qoʻlga kiritishi mumkin. Shu sababli, bu yil Yamal ishtirok eta olmaydi va yangi isteʼdodlar uchun eshiklar ochiq.

2025-yilgi asosiy daʼvogar hozircha Parij Sen-Jermen (PSJ) yarim himoyachisi Dezire Due boʻlib turibdi. Ikkinchi oʻrinda 'Arsenal' futbolchisi Maylz Lyuis-Skelli qayd etilgan, kuchli uchlikni esa 'Barselona' himoyachisi Pau Kubarsi yakunlab beradi. Bu uch futbolchi mukofot uchun asosiy kurashchilardan hisoblanmoqda.

'Golden Boy' 2025 uchun 15 nafar nomzodlar roʻyxatida dunyo futbolining eng istiqbolli yosh yulduzlari jamlangan. Ular orasida 'Real Madrid'dan Din Xeysen, Endrik va Guler, 'Arsenal'dan Itan Nvaneri va 'PSJ'dan Varren Zair-Emeri, 'Yuventus'dan Kenan Yildiz, 'Xoffenxaym'dan Tom Bishof, 'Monako'dan Eliyesse Ben Seghir kabi futbolchilar bor.

Nomzodlar orasida shuningdek, 'Ayaks' himoyachisi Jorrel Xato, 'Sporting'dan Jevoni Kvenda, 'Manchester Siti'dan Klaudio Echeverri va 'Manchester Yunayted'dan Kobbi Maynu kabi iqtidor egalari ham bor. Har bir futbolchi oʻz jamoasida muhim rol oʻynab kelmoqda va ularning har biri yil yakuniga qadar mukofot uchun jiddiy daʼvogar boʻlishi mumkin.

'Golden Boy' mukofoti futbol olamida yoshlar oʻrtasidagi eng nufuzli individual sovrinlardan biri hisoblanadi. 2025-yilgi tanlov ham yosh futbol yulduzlari oʻrtasida kuchli raqobat maydoniga aylanayotgani bilan eʼtiborni tortmoqda. Gʻolib yil oxirida eʼlon qilinadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
9
0
xs.uz

html5-dom-document-internal-entity1-quot-endYangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end musobaqalarining mintaqaviy bosqichi davom etmoqda

Tantanali ochilish marosimida Mirzaobod tumani hokimi Abdurahim Umarov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig'i Anvar Buranov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining Sirdaryo viloyati bo'limi ijrochi direktori Bahodurxo'ja Eshonov, O'zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi hududiy bo'limlari uchun mas'ul Husniddin Xo'jamqulov, mutasaddi tashkilot rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda yosh sportchi va murabbiylar ishtirok etdi.Bugungi mintaqaviy bosqichda viloyatning Sardoba, Oqoltin, Mirzaobo

31 May 08:50
 
86
0
xs.uz

Farg‘ona voleybol bo‘yicha html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMillatlar ligasihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end musobaqasiga mezbonlik qiladi

Bugun Farg'ona xalqaro aeroportida ushbu nufuzli musobaqaning ilk mehmonlari ' Eron va Qozog'iston terma jamoalari tantanali tarzda kutib olindi.Ularni viloyat hokimi o'rinbosari Sh.Polvonov, sport boshqarmasi boshlig'i N.Hakimov hamda keng jamoatchilik vakillari, sport ishqibozlari samimiy qarshi oldilar.

17 May 21:48
 
23
0
xs.uz

Jahon kubogida oʻzbekistonlik bokschilar nechta medal oldi?

Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi bokschilari yuqori natijalar qayd etib, yurtimiz sporti tarixiga yana bir yorqin sahifa qoʻshdi.Musobaqaning soʻnggi kunida yetti nafar sportchimiz final janglarida ringga chiqib, ulardan olti nafari oltin, biri esa kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar bokschimiz bronza medali bilan taqdirlandi.Final janglarida -55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mi

04 Jun 02:45
 
59
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.