“Oʻyingohga sigʻmay qolishlari mumkin”: BAA-Oʻzbekiston oʻyiniga ketayotgan muxlislar ogohlantirildi

Toshkent shahar turizm boshqarmasi shaharda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga shu kunlarda tur-paketlar orqali turistlarni BAAga yubormaslik choralarini koʻrishni maslahat berdi.
Gap shundaki, Oʻzbekiston hamda BAA terma jamoalari oʻrtasidagi bahs oʻtkaziladigan maydon 12 ming tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Maʼlumotlarga koʻra, oʻyinga Oʻzbekistondan 5 mingga yaqin muxlis borishi kutilmoqda. Biroq, oʻyin oʻtkazilishi rejalashtirilgan 'Al Vahda' klubining uy stadioni hisoblangan 'Al-Naxayyan' oʻyingohida Oʻzbekiston muxlislari uchun atigi 960 oʻrin ajratilgan. Bu esa umumiy sigʻimning 8 foizini tashkil qiladi.
Sport sohasiga ixtisoslashgan yirik blogerlar tomonidan esa ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston terma jamoasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida fan-klub aʼzolari bilan birgalikda 5 ming nafar Oʻzbekiston fuqarosini tomoshabin sifatida BAAga olib ketish boʻyicha keng targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda. Bu holat oʻzbekistonlik muxlislarning oʻyingohga sigʻmay qolishi ehtimolini oshiradi.
'Shu munosabat bilan, BAA aeroportlarida xavfsizlik idoralari tomonidan Oʻzbekiston fuqarolarining qaytarib yuborishga asos sifatida taxmin qilinayotganligini inobatga olib, ushbu kunlari BAAga tur-paketlar orqali turistlarni yubormaslik choralarini koʻrish tavsiya etiladi', ' deyiladi ogohlantirish xabarida.
Maʼlumot uchun, BAAga qarshi bahsdagi durang natija ham Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga mundial yoʻllanmasini taqdim etadi.
Talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkaziladi
Musobaqaning mukofot jamg'armasi quyidagicha:1-o'rin ' 20 million so'm;2-o'rin ' 15 million so'm;3-o'rin ' 10 million so'm.Musobaqa g'oliblari avgust oyida Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti tomonidan taqdirlanadi va xalqaro shaxmat universiadasida qatnashish huquqini oladi.
Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi
Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Javohir Sindarov Shvetsiyadagi nufuzli turnir chempioniga aylandi
Shvetsiyaning Malmyo shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro shaxmat turniri oʻz yakuniga yetdi. Aylana tizimida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini grossmeyster Javohir Sindarov muvaffaqiyatli himoya qildi.Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisi yetti nafar kuchli raqiblari bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.Kecha boʻlib oʻtgan 7-tur bahsida Sindarov qora donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi bahs olib bordi va oʻyinni durang b
Ilya Sibirsev uchta medalga sazovor bo‘ldi
Musobaqaning 400, 800, 1500 metrlik masofalarga erkin usulda suzish bahslarida hamyurtimiz uch bor kumush medalga sazovor bo'ldi. Shuningdek, suzuvchimiz 200 metrga erkin usulda suzish musobaqasida ham ishtirok etib, marraga oltinchi bo'lib yetib keldi.Ma'lumot uchun, 'Parij ' 2024' Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Ilya Sibirsev Illinoysda (AQSH) mart oyida o'tgan 'TYR Pro Swim Series' musobaqasining 200 metr masofaga erkin usulda suzish bellashuvida shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy olgand