calendar 04 Jun 02:45
eye 62
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentdagi futbolda janjal uyushtirganlar jazolandi

image
Avvalroq Toshkent shahridagi 'Jar' stadionida oʻtayotgan 'LikeCup' turnirida sanʼatkorlar va blogerlar oʻrtasida ommaviy janjal kelib chiqqani haqida'xabar berilgandi. Mazkur toʻpolonni sahnalashtirgan va jarayonni izdan chiqib ketishiga sababchi boʻlganlarning ishi sudda koʻrib chiqildi hamda tegishli jazo choralari qoʻllanildi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmatining'maʼlum qilishicha, voqea boʻyicha Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv oʻtkazilib, turnir ishtirokchilari bilan profilaktik suhbat olib borilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudining sayyor sud majlisi boʻlib oʻtgan hamda unda qoidabuzarlarga nisbatan sud qarori qabul qilingan.

Jumladan, turnir tashkilotchisi boʻlgan aktyor Alisher Uzoqov, qiziqchi Abdurahmon Mavlonov, blogerlar Mirjalol Rahmonaliyev hamda Dilshodbek Oʻrozboyev Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 194-moddaning (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va ularning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari (3 mln 750 ming soʻm) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Janjalni keltirib chiqargan Ozodbek Oʻrozboyev esa Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi hamda 194-moddaning 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan va 10 sutga maʼmuriy qamoq jazosiga hukm qilingan.

Qolaversa, Kamoliddin Mamajonov ham Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi hamda 194-moddaning 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va bazaviy hisoblash miqdorining 12 barobari (4 mln 500 ming soʻm) miqdorida jarimaga tortilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
87
0
xs.uz

Shaxsiy rekordini yangilagan hamyurtimiz

Gap shundaki, ayollar o'rtasida kechgan 400 metrga yugurish bahsida hamyurtimiz Jonbibi Hukmova bronza medaliga ega chiqdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan sportchimiz finalda 52.79 soniya qayd etib, uchinchi bo'lib marraga yetib keldi.Qayd etish joiz, bu bilan J. Hukmova shaxsiy rekordini ham yangilashga erishdi.

21 Apr 08:34
 
891
0
xs.uz

Messi kelajagiga aniqlik kiritdi

Argentina terma jamoasi va AQSHning 'Inter Mayami' klubi hujumchisi Lionel Messi 2026-yilgi jahon chempionatida terma jamoa tarkibida oʻynashni xohlashini tan oldi.'Aytganimdek, bor eʼtiborimni hozirgi kunga qaratganman, lekin jahon chempionati haqida oʻylamaganman desam, yolgʻon gapirgan boʻlaman. Ha, men u haqida oʻylayman. Bu yil mening kelajagim haqida qaror qabul qilishda asosiy boʻladi. Men toʻgʻri ritmni, izchillikni topmoqchiman', ' deydi futbolchi.2026-yilgi jahon chempionati k

17 May 21:48
 
329
0
xs.uz

Taysonni yenggan bloger endi Oleksandr Usikni nishonga oldi

Jeyk Pol va Oleksandr Usik oʻrtasida boʻlishi mumkin boʻlgan MMA jangi sport olamida katta qiziqish uygʻotmoqda. Blogerning biznes hamkori Nakisa Bidaryanning aytishicha, hozirda Pol va mutlaq ogʻir vazn toifasidagi jahon chempioni Oleksandr Usik jamoasi oʻrtasida 2026-yilda MMA jangini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.Usik avvalroq bir necha bor Jeyk Polni oktagonga chaqirgan edi. Endilikda bu chaqiriqlar jiddiy tus olyapti. Bidaryanning bayonotiga koʻra, Usik jamoasi

13 May 14:39
 
43
0
xs.uz

Vazn toifasidan qatʼi nazar eng kuchli 10 nafar bokschilar kimlar ekanligini bilasizmi?

Amerikaning mashhur ESPN sport nashri bokschilar oʻrtasida vazn toifasidan qatʼi nazar tuzilgan eng kuchli 10 nafar sportchi roʻyxatini eʼlon qildi. Nashrga koʻra, reytingning birinchi oʻrnini ukrainalik bokschi Aleksandr Usik egalladi. Bu bilan u nafaqat ogʻir vazn toifasida, balki umumiy kuchli sportchilar orasida ham yetakchi sifatida eʼtirof etildi.Aleksandr Usik shu kungacha 23 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Ikkinchi oʻrinni yaponiyalik Naoya Inoue egalla