calendar 13 May 14:39
eye 55
comments 0
comments Manba: xs.uz

Vazn toifasidan qatʼi nazar eng kuchli 10 nafar bokschilar kimlar ekanligini bilasizmi?

image
Amerikaning mashhur ESPN sport nashri bokschilar oʻrtasida vazn toifasidan qatʼi nazar tuzilgan eng kuchli 10 nafar sportchi roʻyxatini eʼlon qildi. Nashrga koʻra, reytingning birinchi oʻrnini ukrainalik bokschi Aleksandr Usik egalladi. Bu bilan u nafaqat ogʻir vazn toifasida, balki umumiy kuchli sportchilar orasida ham yetakchi sifatida eʼtirof etildi.

Aleksandr Usik shu kungacha 23 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Ikkinchi oʻrinni yaponiyalik Naoya Inoue egalladi. U ham 30 ta jangda yengilmaslik seriyasini saqlab qolmoqda. Kuchli uchlikni esa amerikalik bokschi Terens Krouford yakunlab berib, uning hisobida 41 gʻalaba bor.

Toʻrtinchi pogʻonani rossiyalik Dmitriy Bivol egallagan boʻlsa, beshinchi oʻringa yana bir rossiyalik, Artur Beterbiyev joylashgan. Ikkalasi ham soʻnggi yillarda oʻzining yuqori darajadagi texnikasi va zarba kuchi bilan tanilgan sportchilardir.

Oltilikda Jessi Rodriges joy oldi ' u hozirgacha 21 ta jangda magʻlubiyat koʻrmagan. Yettinchi oʻrinda Meksika afsonasi Saul 'Kanelo' Alvares turibdi. U 69 ta gʻalaba, 2 magʻlubiyat va 2 durang bilan reytingda oʻz mavqeini saqlab qolmoqda.

Sakkizinchi oʻrin amerikalik David Benavidesga nasib etdi. U ham hali magʻlubiyat nimaligini bilmagan. Reytingni yaponiyalik Dzunto Nakatani (30-0) va amerikalik Shakur Stivenson (23-0) kabi tengi yoʻq bokschilar yakunlab berdi.

ESPNning bu reytingi bokschilar orasida sport formasi, texnik ustunlik va ringdagi gʻalabalar asosida tuzilgan boʻlib, muxlislar va mutaxassislar orasida qizgʻin bahslarga sabab boʻlishi kutilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:48
 
33
0
xs.uz

“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

4 ta shart bo'yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin ' Ingliz filologiyasi fakultetining 'Zulfikor' jamoasi;2-o'rin ' Tarjimonlik fakultetining 'To'maris nafasi' jamoasi;3-o'rin ' Ingliz tili 2-fakultetining 'Jasorat elchilari' jamoasi.Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi:'Eng ijodkor jamoa' ' Rus filologiyasi fakultetining 'Qalqon' jamoasi;'Eng hamjihat jamoa' ' Ingliz tili 1-fakultetining 'Turon zamin qizl

08 Jun 02:27
 
149
0
xs.uz

Xalqimiz 33 yil va 278 kun kutgan kun yoxud Oʻzbekiston Jahon chempionatida!

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarixiy yutuqqa erishib, ilk bor FIFA Jahon chempionatiga yoʻl oldi. Bu uchun Birlashgan Arab Arab Amirliklari bilan 0:0 oʻynash yetarli boʻldi.2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika davlatlarida boʻlib oʻtadi. Bu musobaqa tarixda ilk bor uchta davlatda birgalikda oʻtkazilishi bilan ajralib turadi. Turnirda 48 ta jamoa ishtirok etadi. Musobaqa davomida 104 ta oʻyin oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Hozir

17 May 21:48
 
34
0
xs.uz

Jahon kubogida oʻzbekistonlik bokschilar nechta medal oldi?

Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi bokschilari yuqori natijalar qayd etib, yurtimiz sporti tarixiga yana bir yorqin sahifa qoʻshdi.Musobaqaning soʻnggi kunida yetti nafar sportchimiz final janglarida ringga chiqib, ulardan olti nafari oltin, biri esa kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar bokschimiz bronza medali bilan taqdirlandi.Final janglarida -55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mi

17 May 21:48
 
35
0
xs.uz

“Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda

Xususan, 5-may kuni talaba-yigitlar o'rtasida badminton sport turi bo'yicha universitet birinchiligi o'tkazildi. Musobaqada 50 dan ortiq sportchilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Mazkur bellashuvlar kelajakda nufuzli sport musobaqalari uchun sportchilar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.6-may kuni esa talaba-qizlar o'rtasida basketbol sport turi bo'yicha universitet birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda 60 dan ziyod sportchilar ishtirok etib, yuqori sport mahorat