calendar 18 Jun 21:56
eye 21
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kim Chen In nihoyat oʻzini eslatib qoʻydi: u Rossiyaga 6000 askar yuboryapti

image
Rossiya Federatsiyasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi oʻrtasidagi harbiy va iqtisodiy hamkorlik yanada kuchaymoqda. 17-iyun kuni Pxenyanda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu va KXDR yetakchisi Kim Chen In oʻrtasida oʻtgan muzokaralar natijasida, Shimoliy Koreya tomonidan 6 mingga yaqin harbiy mutaxassisni Rossiyaning Kursk viloyatiga yuborish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Mazkur kelishuvga koʻra, Shimoliy Koreya Rossiyaga 1000 nafar sapyorlarni minalardan tozalash ishlari uchun, shuningdek, 5000 nafar harbiy quruvchilarni vayron boʻlgan infratuzilma obyektlarini tiklash maqsadida yuboradi. Bu haqda Sergey Shoygu rasman bayonot berdi. Uning soʻzlariga koʻra, ushbu tashabbus avvalgi uchrashuvlar davomida erishilgan kelishuvlarning amaliy davomidir.

Maʼlum qilinishicha, bu Sergey Shoyguning iyun oyidagi Shimoliy Koreyaga ikkinchi tashrifi hisoblanadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin topshirigʻiga binoan amalga oshirilgan ushbu tashrif davomida Shimoliy Koreya rahbariyati bilan ikki tomonlama harbiy-texnik va infratuzilmaviy hamkorlik yuzasidan muhim muzokaralar olib borilgan. Tashrif doirasida ikki davlat oʻrtasidagi siyosiy yaqinlik yana bir bor tasdiqlandi.

Kursk viloyati rahbari Aleksandr Xinshteynning avval bergan maʼlumotiga koʻra, hududda taxminan 500 ming gektar yer maydoni minalangan boʻlib, bu butun viloyat hududining 1/6 qismini tashkil etadi. 1-iyun holatiga koʻra, bu minalangan maydonlarning faqat 8 foizi tozalanishga ulgurgan. Shu bois KXDRdan yuboriladigan sapyorlar katta ahamiyat kasb etmoqda.

KXDR tomonidan yuboriladigan harbiy quruvchilar esa hududdagi vayron boʻlgan infratuzilma obyektlarini tiklash ishlarida qatnashadi. Rossiya rasmiylarining taʼkidlashicha, ushbu yordam tiklanish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi. Bu, ayniqsa, jangovar harakatlar taʼsirida zarar koʻrgan joylarda muhim hisoblanadi.

Shimoliy Koreya harbiylarini Rossiyaga yuborish xalqaro jamoatchilikda ham turli munosabatlarga sabab boʻldi. Gʻarb davlatlari ushbu hamkorlikni BMT rezolyutsiyalariga zid deb hisoblayapti. Biroq Pxenyan va Moskva bu kabi ayblovlarni rad etmoqda hamda oʻzaro manfaatli aloqalarni davom ettirishga bel bogʻlagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
19
0
xs.uz

AQSH Kiyevga zarba berdi — OAV

AQSH prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Kanadadagi G7 sammiti doirasidagi amalga oshmagan uchrashuvi Kiyev uchun zarba boʻldi. Bu fikrlarni Germaniyaning 'Berliner Zeitung' gazetasi yozdi.'Bu Kiyevga yana bir zarba boʻldi va AQSH bu inqirozda yevropaliklardan boshqacha fikr yuritishi va harakat qilishining yana bir isboti boʻldi', deyiladi maqolada.Muallifga koʻra, Trampning Vashingtonga muddatidan oldin qaytishi Ukrainaga 'achchiq xabar' boʻlib, bu mojaro

04 Jun 02:45
 
108
0
xs.uz

Germaniyada rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish talab qilindi

Xristian-demokratik ittifoqdan Bundestag deputati Roderix Kizevetter hukumatdan qolgan rossiyalik diplomatlarni Germaniyadan chiqarib yuborishni va Berlindagi Ruslar uyini yopishni talab qildi. Bu haqda 'Handelsblatt' gazetasi deputatning soʻzlariga asoslanib xabar tarqatdi.'Qolgan agent va diplomatlarni chiqarib yuborishimiz kerak. Past darajadagi agentlar deb atalmish shaxslarni yollashga qarshi choralar koʻrish kerak. Bundan tashqari, Berlindagi Ruslar uyi va boshqa muassasalar yopilishi ke

13 Jun 00:39
 
73
0
xs.uz

AQSHda Trampning “Oltin kartasi”ni olishni xohlovchilar uchun veb-sayt ishga tushirildi

AQSH prezidenti Donald Tramp 'Tramp kartalari'ga ariza topshiruvchilar uchun maxsus veb-sayt ishga tushirilganini maʼlum qildi. Bu hujjat ' 5 million dollarga AQSHda yashash uchun ruxsatnoma olish imkoniyatini taqdim etadi.Jurnalistlarning fikricha, TrumpCard.gov sayti doimiy yashash va keyinchalik fuqarolikni olishni xohlovchi potensial murojaat etuvchilar uchun moʻljallangan. Portal foydalanuvchilardan ism-sharifi, yashash hududi va elektron pochta manzilini qoldirishni, shuningdek, jismoniy

17 May 21:47
 
53
0
xs.uz

Berlin ham, Parij ham, Bryussel ham, London ham Ukrainada tinchlik oʻrnatilishini istamaydi — Sergey Lavrov

Shu kunlarda Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi kutilmoqda.Unda qatnashishdan bosh tortgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qildi. U Zelenskiy muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shaxsan ishtirok etishini taʼkidlagani uchun 'ayanchli odam' ekanini aytdi.Lavrov, shuningdek, Kiyevning Gʻarbdagi ittifoqchilariga qattiq norozili