AQSHda Trampning “Oltin kartasi”ni olishni xohlovchilar uchun veb-sayt ishga tushirildi

Jurnalistlarning fikricha, TrumpCard.gov sayti doimiy yashash va keyinchalik fuqarolikni olishni xohlovchi potensial murojaat etuvchilar uchun moʻljallangan. Portal foydalanuvchilardan ism-sharifi, yashash hududi va elektron pochta manzilini qoldirishni, shuningdek, jismoniy shaxs sifatida yoki kompaniya nomidan ariza topshirayotganini koʻrsatishni soʻraydi. Tramp jamoasining taʼkidlashicha, roʻyxatga olishning ochilishi bu faqat birinchi bosqich hisoblanadi.
Oq uy rahbari oʻzining 'Truth Social' sahifasida 'minglab odamlar qoʻngʻiroq qilib, dunyodagi eng buyuk mamlakat va eng katta bozorga qanday kirishni soʻrayapti', deya yozdi. U, shu oʻrinda, 'kutish roʻyxati allaqachon ochiq' ekanligini bildirdi.
'Oltin karta' gʻoyasini Tramp shu yilning fevral oyida aytgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, AQSH katta mablagʻ sarflash, soliq toʻlash va ish oʻrinlari yaratish imkoniyatiga ega boʻlgan boy va muvaffaqiyatli odamlarga doimiy yashash joyini taqdim etadi.
Shu yilning aprel oyida Tramp portreti tushirilgan oltin rangli plastik hujjat ' karta namunasini koʻrsatgan edi. Yangi dastur AQSH iqtisodiyotiga 800 ming dollardan 1,05 million dollargacha sarmoya kiritishni nazarda tutuvchi amaldagi EB-5 viza oʻrnini bosishi mumkin.
Nomzodlarga 5 million dollar toʻlovdan tashqari qanday qoʻshimcha talablar qoʻyilishi hozircha nomaʼlum. Tramp vakillari faqatgina ariza beruvchilar tekshiruvdan oʻtishini qayd etishdi.
AQSHning amaldagi qonunchiligiga koʻra, ingliz tilida boshlangʻich bilimlarga, namunali odob-ahloqqa ega va AQSH Konstitutsiyasiga sodiq doimiy yashash huquqiga ega shaxslar besh yildan soʻng fuqarolikka ariza berishlari mumkin.
Shu yilning yanvar oyining ikkinchi yarmida Tramp AQSHda tugʻilish orqali fuqarolikka ega boʻlish huquqini cheklovchi farmonni imzolagandi. Uning soʻzlariga koʻra, AQSH tugʻilish huquqi orqali fuqarolikni olish qoidalari amalda dunyodagi yagona davlat boʻlgan.
Gʻazoda 300 mingdan ortiq falastinliklar surunkali kasallikdan aziyat chekmoqda
Gʻazodagi 300 mingdan ortiq falastinliklar turli surunkali kasalliklardan aziyat chekmoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gʻazodagi ekspertlari va tibbiyot xodimlari hamda xayriya tashkilotlari uzoq vaqtdan buyon Isroil kuchlarini Gʻazodagi tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalarini qasddan nishonga olganlikda ayblab keladi.Ekspertlarning fikricha, Isroil kuchlarining bunday harakatlari Falastin aholisi uchun yashash sharoitlarini yaroqsiz qilishga
Isroil soʻnggi 8 kun ichida yordam markazlariga borgan 102 nafar falastinlikning html5-dom-document-internal-entity1-quot-endyostigʻini quritdihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end
Maʼlum qilinishicha, Isroil kuchlari ochlikdan azob chekayotgan falastinliklarni Gʻazo gumanitar jamgʻarmasi tomonidan boshqariladigan yordam markazlariga jalb qilgan. Ushbu markazlarga borgan falastinliklar Isroil askarlari tomonidan hujumga uchragan.Mazkur hujumlar oqibatda soʻnggi 8 kun ichida 102 nafar falastinlik halok boʻlgan. Yana koʻplab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga joylashtirilgan.Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi bergan maʼlumotlariga koʻra, Rafa
Kanadada 150 dan ortiq yongʻinlar nazoratdan chiqib ketdi
Yongʻinlar Saskatchevan va Manitobada avj olib bormoqda. Bunda iqlim oʻzgarishlari oʻtning kuchayishiga zamin yaratgan. Manitobaning oʻzida oʻrmon yongʻinlarining 22 ta yirik oʻchogʻi qayd etilgan. Ularning bittasi Flin-Flon shahri yaqinida kuchayib, qariyb 20 ming gektar hududni egallagan.Hozirda ikki provinsiyada ham favqulodda holat eʼlon qilinib, evakuatsiya ishlari ketmoqda. Koʻchirilganlar soni 17 mingga yaqinlashgan va bu soʻnggi yillardagi eng katta evakuatsiya hisoblanadi.Kan
Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida soʻnggi 48 soat ichida 92 nafar falastinlik halok boʻldi
Isroilning soʻnggi 48 soat ichida Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 92 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Kecha, 18-aprel kuni Isroil harbiy kuchlarining Gʻazo hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 58 nafar falastinlik halok boʻlgan, oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishi tufayli halok boʻlayotgan falastinliklar soni kundan kunga ortib bo