Eronda istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Elchixona Oʻzbekiston fuqarolariga xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilishni, shuningdek, Eron hukumati va Oʻzbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini muntazam ravishda kuzatib borishni tavsiya qilgan.
'Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va Oʻzbekiston elchixonasining aloqa maʼlumotlarini doimo oʻzingiz bilan olib yuring', ' deyiladi ogohlantirish xabarida.
Agar sizga shoshilinch yordam yoki maslahat kerak boʻlsa, Oʻzbekistonning Tehrondagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qiling:
Maʼlumot uchun, bugun, 13-iyunga oʻtar kechasi Isroil Eronning bir qator yadro obyektlari hamda yuqori qoʻmondonlik binolariga hujum uyushtirgan. OAVda mazkur hujum oqibatida bir qator eronlik qoʻmondonlar va yadroviy tadqiqotlar boʻyicha olimlar halok boʻlgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Shavkat Mirziyoyevning “Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, xalqimiz orasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga qoʻshgan katta hissasi, futbol boʻyicha Osiyoning eng kuchli jamoalari oʻrtasidagi saralash musobaqalarida chinakam jasorat va matonat fazilatlarini, yuksak professionalizm va azmu shijoat namunasini koʻrsatib, ulkan gʻalabaga erishgani ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgani,
Akademik litsey bitiruvchilariga diplom topshirildi
Gʻayrat OTAJONOV/'Xalq soʻzi'. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litseyi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi oʻtkazildi. Tantanali tadbirda universitet rektori, akademik A.Reymov litseyni muvaffaqiyatli tamomlagan barcha bitiruvchilarni, ularning ota-onalari va ustozlarini tabrikladi, yurtimizda yoshlarning taʼlim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga toʻxtalib oʻtdi.Bugun ushbu taʼlim dargohini bitirib chiqayotgan yoshlar kelajakda Vatanimiz taraqqiyotiga m
Oʻzbekistonda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha vakolatli organ qaysi?
Oʻzbekiston Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-153-sonli qaroriga muvofiq, axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu qaror bilan mamlakatda kiberjinoyatchilikka qarshi tizimli va qatʼiy yondashuv joriy etilib, huquqni muhofaza qilish sohasidagi masʼuliyatli organlar va moliya muassasalari uchun yangi vazifalar belgilab berildi.Qarorga asosan, Ichki ishlar vazirligi
Qashqadaryoda bolalar uchun qulay va xavfsiz dam olish sharoiti yaratiladi
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyati hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda hududdagi bolalar oromgohlarini 2025-yil yozgi mavsumiga tayyorlash, ularda bolalarning xavfsiz va mazmunli dam olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.' Joriy yilda Kitob, Shahrisabz, Yakkabogʻ tumanlari hamda Shahrisabz shahridagi tabiat manzarali hududlarda joylashgan 17 ta statsionar bolalar oromgohida 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan 23 ming nafardan ortiq bolani da