Bugun ushbu taʼlim dargohini bitirib chiqayotgan yoshlar kelajakda Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan yetuk mutaxassislar boʻlib yetishishiga ishonch bildirildi.
' Bu maskanda oʻqish davomida ustozlarimiz bergan bilimni astoydil olishga harakat qildim, ' deydi litseyni oltin medal bilan bitirgan Gulzira Muratbayeva. ' Xalqaro va milliy sertifikatlar uchun tanlovlarda qatnashib, 5 fandan oldim. Shu sertifikatlarim menga oliy oʻquv yurtiga muddatidan oldin talaba boʻlish baxtini inʼom etayotir. Albatta, kelgusida biz, yoshlar Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan kadrlar boʻlib yetishishimiz zarur, deb bilaman va buning uchun barcha kuch-hayratimni safarbar etishga tayyorman.
Tadbirda bitiruvchi yoshlarga tantanali ravishda diplomlar topshirildi. Marosim davomida oʻquvchilar, ularning ota-onalari ham soʻzga chiqib, ezgu tilaklar va ishonch uchun ustozlarga minnatdorlik bildirdi.
Maʼlumot uchun: joriy oʻquv yilida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litseyini 248 nafar yoshlar bitirib chiqmoqda. Ular orasidan 2 nafari oltin, 7 nafari kumush medal bilan tamomlagan boʻlsa, 48 nafari 'Qizil diplom' bilan bitirmoqda.
Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi
Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishning zamonaviy, samarali va xalqchil tizimini joriy etish maqsadida sogʻliqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish koʻzda tutilgan. Farmonda belgilangan asosiy maqsadlard
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokara oʻtkazdi
Ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko'rib chiqildi.Davlat rahbarlari keyingi yillarda O'zbekiston bilan Xitoy o'rtasidagi do'stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari misli ko'rilmagan yuksak darajaga ko'tarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.O'zbekiston Prezidentining 2024-yil yanvar oyida Xitoyga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda.Barcha darajalarda aloqalar va almashinuvlar sezilar
FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi
Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.'Janobi Oliylari,Hurmatli Prezident!Kecha Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi boʻlib JCH-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz
Oʻzbekiston Irlandiyaga yangi elchi tayinladi
Oʻzbekistonning Irlandiyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshan Usmanov mazkur davlat Tashqi ishlar va savdo vazirligi Protokol departamenti boshligʻi Ralf Viktoriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Bildirilishicha, tadbir davomida Oʻzbekiston va Irlandiya oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari boʻyicha fikr almashilgan.Shuningdek, savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida aloqalarni jadallashtirish