AQSHda Trampning Isroil — Eron mojarosiga aralashishini taqiqlovchi rezolyutsiya tayyorlandi

Hujjat respublikachi Tomas Massi va demokrat Aleksandriya Okasio-Kortez tomonidan ishlab chiqilgan. Ikkinchisiga koʻra, Konstitutsiya Amerika Qoʻshma Shtatlari ijroiya hokimiyatiga bir tomonlama 'urush harakatlari'ni amalga oshirishga ruxsat bermaydi.
'Kongress Eronga urush eʼlon qilishning eksklyuziv huquqiga ega. Isroil va Eron oʻrtasida davom etayotgan urush bizning urushimiz emas. U boʻlgan taqdirda ham Kongress bunday masalalarni Konstitutsiyamizga muvofiq hal qilishi kerak', ' deydi Massi.
Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan Yaqin Sharq boʻyicha muzokaralar olib borish uchun yuqori martabali amaldorlarni yuborish rejalaridan voz kechgani maʼlum boʻlgandi. Taʼkidlanishicha, AQSH hozirda Eron ' Isroil mojarosiga qoʻshilish masalasini koʻrib chiqmoqda.
'Fox News' xabariga koʻra, AQSH Yaqin Sharqqa qoʻshimcha qiruvchi samolyotlarni joʻnatmoqda. Shuningdek, mintaqada joylashgan aviatsiya kuchlarini joylashtirish muddatini uzaytirmoqda.
CNN maʼlumotlariga koʻra, Donald Tramp AQSH harbiylariga Eronga qarshi havo hujumi paytida Isroil tomoniga yonilgʻi quyish toʻgʻrisida buyruq berishi mumkin va harbiylar bunga tayyorlanmoqda.
'Tramp Eronning yadroviy obyektlariga, shu jumladan, Fordodagi uranni boyitish markaziga zarba berishni koʻrib chiqmoqda', ' deb yozadi 'Axios' nashri.
Oʻz navbatida, Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili London Yaqin Sharqdagi bazalariga qoʻshimcha qiruvchi samolyotlarni yuborishni boshlaganini aytdi.
'Independent' maʼlumotlariga koʻra, samolyotlarning birinchi guruhi allaqachon manzilga yetib kelgan.
Isroilning “keng va qabih maqsadlari” bor — Turkiya prezidenti
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Tel-Avivning harakatlarini qoralab, Isroil ' Eron mojarosini diplomatik yoʻl bilan hal qilishga chaqirdi.'Juma kunidan beri shaxsan men ham, tashqi ishlar vazirimiz ham Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaroga barham berish boʻyicha diplomatik saʼy-harakatlarni faol davom ettirmoqdamiz', ' deydi Erdogʻan.Uning qoʻshimcha qilishicha, Isroilning Eron yadroviy inshootlariga hujum qilish bahonasida amalga oshirgan tajovuzi yanada kengroq va qabih maqsadlarn
Isroilning Gʻazoga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida yana 20 nafarga yaqin falastinlik halok boʻldi
Isroilning Gʻazo sektoriga bergan ertalabki zarbalari oqibatida 20 nafarga yaqin odam halok boʻlgan. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalarga tayanib xabar tarqatdi.'Juma kuni ertalabdan beri Isroilning Gʻazo sektorining shimoliy va janubiy hududlariga bergan zarbalari natijasida 17 falastinlik halok boʻldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, bu safar Isroil tomonidan Xon-Yunis hududidagi turar-joy binolari va Jabaliyadagi qochqinlar joylashgan maktab bom
AQSH va Xitoy “savdo urushida” tanaffus oldi
Dushanba kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari va Xitoy qoʻshma bayonot chiqarib, oʻzaro tariflarni 90 kunga pasaytirish toʻgʻrisidagi kelishuvni eʼlon qildi. Bayonotda ikkala tomon ham barqaror, uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli iqtisodiy va savdo munosabatlarining muhimligini tan olgani keltirilgan.AQSH va Xitoy rasmiylari ushbu hafta oxirida Shveysariyaning Jeneva shahrida kengroq potensial savdo kelishuvi boʻyicha muzokaralarga asos yaratish uchun muhokamalar oʻtkazdi.Prezident Donald Tram
Ukraina Germaniyadan qanday yordam olmoqda?
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Berlinga qilgan tashrifi matbuot anjumani bilan yakunlandi. Tashrif davomida harbiy yordam masalasiga oid aniq maʼlumotlar berilmadi. Faqatgina Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniyaning Ukraina hududini 'Starlink' tizimi bilan qamrab olishga qaratilgan dasturni moliyalashtirishda muhim rol oʻynashini taʼkidladi.Ayni paytda mazkur xarajatlarning asosiy qismi Polsha tomonidan qoplangan. Polsha 90 million yevro miqdorida mablagʻ ajratib, Ukrainaga 2