'Bu Kiyevga yana bir zarba boʻldi va AQSH bu inqirozda yevropaliklardan boshqacha fikr yuritishi va harakat qilishining yana bir isboti boʻldi', deyiladi maqolada.
Muallifga koʻra, Trampning Vashingtonga muddatidan oldin qaytishi Ukrainaga 'achchiq xabar' boʻlib, bu mojaro AQSH uchun ikkinchi planga oʻtayotganini anglatadi.
'Vashington uchun Kiyev, Odessa va boshqa joylarda sodir boʻlgan yongʻin Tehron va Tel-Avivdagidan kamroq xavflidir', ' deyiladi maqolada.
Vladimir Zelenskiy va AQSH prezidenti Donald Tramp oʻrtasidagi uchrashuv 17-iyun kuni Kanadadagi G7 sammiti doirasida boʻlib oʻtishi kerak edi.
Dushanba kuni Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt Trampning Kanadadagi G7 sammitini erta tark etib, Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli AQSHga qaytishini aytdi. Prezidentning oʻzi G7 sammitini tark etishini izohlar ekan, 'imkon qadar tezroq' Vashingtonga qaytishi kerakligini taʼkidladi. Keyinroq u buni Eron va Isroil oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha ish olib borish uchun emas, balki ancha jiddiyroq narsa uchun qilganiga aniqlik kiritdi.
G7 sammiti Kanadaning Kananaskis shahrida 16-17-iyun kunlari boʻlib oʻtdi, garchi u dastlab 15-iyun kuni ochilishi rejalashtirilgan boʻlsada. Bu yilgi sammitga Zelenskiy va Hindiston prezidenti Narendra Modi ham taklif etilgan edi.
Isroildagi legionerlar klublaridan tekinga ketishi mumkin
Yaqin Sharqda, ayniqsa Isroil va Eron oʻrtasidagi harbiy-siyosiy keskinlik kuchaygani sababli, FIFA Isroil klublarida toʻp surayotgan xorijlik futbolchilarga hech qanday tovon toʻlamasdan jamoalarni tark etishga ruxsat berishi mumkin. Bu haqda 'The One' nashri xabar berdi. FIFA bu kabi holatlarda futbolchilarning xavfsizligini ustuvor deb biladi va shunga muvofiq favqulodda choralar koʻrishga tayyor.Ushbu holat yuzasidan amaliy misollar allaqachon paydo boʻlgan. Jumladan, Isroilning 'Xapoel
Kim Chen In nihoyat oʻzini eslatib qoʻydi: u Rossiyaga 6000 askar yuboryapti
Rossiya Federatsiyasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi oʻrtasidagi harbiy va iqtisodiy hamkorlik yanada kuchaymoqda. 17-iyun kuni Pxenyanda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu va KXDR yetakchisi Kim Chen In oʻrtasida oʻtgan muzokaralar natijasida, Shimoliy Koreya tomonidan 6 mingga yaqin harbiy mutaxassisni Rossiyaning Kursk viloyatiga yuborish boʻyicha kelishuvga erishildi.Mazkur kelishuvga koʻra, Shimoliy Koreya Rossiyaga 1000 nafar sapyorlarni minalardan tozalash ishla
Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?
Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr
NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin darajada oshirishga kirishdi
NATO davlatlari AQSH prezidenti Donald Trampning yalpi ichki mahsulotning 5 foizini sarflash talabini yumshata oladigan tarzda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish boʻyicha kelishuvni ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda 'Bloomberg' manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Harbiy alyansdagi muzokarachilar NATOning iyun oyida Gaagada boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan 2032-yilgacha mudofaa va mudofaa bilan bogʻliq xarajatlar uchun yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga erishish yoʻlida muvaf