calendar 17 May 21:47
eye 41
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?

image
Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.

Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.

Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tramp 'Menimcha, biz bir-birimizga juda yoqamiz', degan.

Shundan soʻng tomonlar biznes va harbiy bitimlarni imzolashgan. Amerika delegatsiyasida moliyaviy elita vakillari, jumladan, 'Blackstone Group' rahbari Stiven Shvarsman, 'BlackRock' bosh direktori Larri Fink va 'Tesla' hamda 'SpaceX' rahbari Ilon Mask boʻlgan. Avvalroq, Salmon AQSHga 600 milliard dollarlik sarmoya kiritganini eʼlon qilgan edi. Oʻshanda Tramp trillion dollarlik kelishuv bundan-da yaxshi boʻlishini aytib hazillashgan. Koʻrinib turibdiki, ikki davlat ishbilarmonlik aloqalarini kuchaytirmoqchi. Tramp Yaqin Sharq haqidagi tasavvurini 'Xaos oʻrniga tijorat' deya taʼrifladi.

Trampning ushbu uchrashuvdagi eng muhim bayonotlaridan biri Suriyadagi yangi rejimga qarshi sanksiyalarning bekor qilinishini eʼlon qilishi boʻldi. Unga koʻra, bu Suriyaga buyuk qilish imkonini beradi.

Shuningdek, u Arab mamlakatlarining Isroil bilan munosabatlarini normallashtirish va Gʻazodagi urushni tugatish ustida ishlashni davom ettirish niyatida. Shu qatorda Yamandagi Husiylarga qarshi kurash Trampning Yaqin Sharq safari kun tartibida ekani maʼlum qilingan.

AQSH rahbari 13-16-may kunlari Yaqin Sharq davlatlari ' Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklarida boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Tramp oʻzining avvalgi prezidentlik muddatidagi ilk xorijiy safarni ham Saudiya Arabistoniga amalga oshirgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
53
0
xs.uz

AQSH Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshladi

AQSH Qurolli kuchlarining Suriyadagi qoʻmondonligi Dayr-az-Zor viloyatidagi Koniko gaz koni hududidagi harbiy bazaga joylashtirilgan maxsus kuchlarni olib chiqishni boshladi. Bu haqda 'Sky News Arabia' telekanali xabar berdi.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, amerikalik harbiylar karvoni Suriya sharqida joylashgan obyektdan AQSHning yirik bazasi joylashgan Iroq Kurdistoni tomon yoʻl olgan.2015-2018-yillarda Suriyaning kurdlar nazorati ostidagi hududlarida AQSHning toʻqqizta harbiy bazasi va uc

12 Apr 21:15
 
42
0
xs.uz

Isroil hukumati Gʻazodagi yirik suv inshootlarini ishdan chiqardi

Isroil hukumati Gʻazoning suv inshootlari obyektlariga zarar yetkazib, mahalliy aholini ogʻir ahvolga solib qoʻymoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Maʼlum boʻlishicha, Isroil kuchlari Gʻazo shahrining sharqidagi va markaziy gubernatorlikdagi ikkita yirik suv quvurlariga ataylab zarar yetkazgan. Shuningdek, Deyr al-Balah hududidagi suvni tuzsizlantirish zavodini elektr quvvati bilan taʼminlovchi liniyani ham uzib qoʻygan. Natijada Gʻazo hududini ichishga yaroqli suv bilan taʼminl

16 Apr 09:12
 
36
0
xs.uz

YI Rossiya bilan gaz yetkazib berish boʻyicha tuzilgan barcha shartnomalarni bekor qilmoqchi

Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiya bilan gaz shartnomalarini jarima toʻlamasdan bekor qilish yoʻllarini qidirmoqda, deb yozdi 'Financial Times' gazetasi oʻz manbalarga tayanib.'Bryussel Yevropa kompaniyalariga Moskvaga katta jarimalar toʻlamasdan, Rossiya gazini yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli shartnomalarni buzishga imkon beradigan qonuniy variantlarni oʻrganmoqda', ' deyiladi nashrda.Gazetaning qayd etishicha, bu masala Rossiya energetika resurslaridan voz kechish boʻyicha yoʻl xarit

17 May 21:47
 
3
0
xs.uz

NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin darajada oshirishga kirishdi

NATO davlatlari AQSH prezidenti Donald Trampning yalpi ichki mahsulotning 5 foizini sarflash talabini yumshata oladigan tarzda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish boʻyicha kelishuvni ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda 'Bloomberg' manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Harbiy alyansdagi muzokarachilar NATOning iyun oyida Gaagada boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan 2032-yilgacha mudofaa va mudofaa bilan bogʻliq xarajatlar uchun yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga erishish yoʻlida muvaf