Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi

Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan 'Superbet Chess Classic' turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.
U turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan boʻlib, bugungi 1-turda Hindiston vakili Panayappan Setxuraman bilan qora donalarda bahs olib bormoqda. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlangan.
Musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 73 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Nodirbek Abdusattorovdan tashqari 'Sharjah Masters' turnirida yana uch nafar grossmeysterimiz ' Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nighmatovlar ham qatnashyapti.
Ular ham sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib borishadi. Turnir shveysarcha tizimda oʻtkaziladi va jami 9 turdan iborat boʻladi. Har bir partiyaga 90 daqiqa asosiy vaqt va har bir yurishga 30 soniyalik qoʻshimcha vaqt belgilanadi.
Ishtirokchilar orasida Nodirbek Abdusattorovdan keyin ikkinchi raqamli favorit sifatida niderlandiyalik kuchli grossmeyster Anish Giri qayd etilgan. Bu esa turnir darajasi va raqobat kuchini yanada oshiradi. 'Sharjah Masters' bugungi kunda Osiyo va Yevropa shaxmatchilari uchun eng muhim xalqaro maydonlardan biriga aylangan.
“Sport – tinchlik elchisi” musobaqasi mamlakatimiz talabalarini birlashtirdi
Marosimda so'z olgan rasmiylar oliy va diniy ta'lim muassasalari o'rtasida sportni ommalashtirish, talabalarni sog'lom turmush tarzi va jismoniy faollikka jalb qilish, ta'lim muassasalari o'rtasida sportni targ'ib qilish orqali do'stona aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashdi.Musobaqa doirasida yoshlar mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka, kibersport, kurash, arqon tortish, tosh ko'tarish kabi turlar bo'yicha bellashishmoqda.Shuningdek, sport sohasid
Mirazizbek Mirzahalilovdan Xumorabonu Mamajonovagacha: Oʻzbekiston bokschilari Jahon kubogining ikkinchi bosqichida qanday tarkibda ishtirok etadi?
10-maydan 17-mayga qadar Polshaning Varshava shahrida Jahon kubogining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtadi. Musobaqa 'World Boxing' tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi va unda Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Vakillarimiz musobaqada kuchli tarkib bilan qatnashadi.Ushbu xalqaro boks turniri jahon miqyosidagi eng nufuzli musobaqalardan biri hisoblanadi. Unda dunyoning yetakchi bokschilari oʻzaro bahs olib boradi. Oʻzbekistonlik bokschilar mazkur musobaqada yuqori natijalarni koʻzlab y
Toshkentdagi futbolda janjal uyushtirganlar jazolandi
Avvalroq Toshkent shahridagi 'Jar' stadionida oʻtayotgan 'LikeCup' turnirida sanʼatkorlar va blogerlar oʻrtasida ommaviy janjal kelib chiqqani haqida'xabar berilgandi. Mazkur toʻpolonni sahnalashtirgan va jarayonni izdan chiqib ketishiga sababchi boʻlganlarning ishi sudda koʻrib chiqildi hamda tegishli jazo choralari qoʻllanildi.Poytaxt IIBB matbuot xizmatining'maʼlum qilishicha, voqea boʻyicha Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv oʻtkazilib, turnir ishtirokchilari bilan pro
Vazn toifasidan qatʼi nazar eng kuchli 10 nafar bokschilar kimlar ekanligini bilasizmi?
Amerikaning mashhur ESPN sport nashri bokschilar oʻrtasida vazn toifasidan qatʼi nazar tuzilgan eng kuchli 10 nafar sportchi roʻyxatini eʼlon qildi. Nashrga koʻra, reytingning birinchi oʻrnini ukrainalik bokschi Aleksandr Usik egalladi. Bu bilan u nafaqat ogʻir vazn toifasida, balki umumiy kuchli sportchilar orasida ham yetakchi sifatida eʼtirof etildi.Aleksandr Usik shu kungacha 23 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Ikkinchi oʻrinni yaponiyalik Naoya Inoue egalla