calendar 15 Apr 07:06
eye 20
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston MTJga mundial yoʻllanmasini taqdim etishi mumkin boʻlgan bahs kichik hajmli stadionda boʻlib oʻtadi

image
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur oʻyin boʻlib oʻtadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini maʼlum qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi safardagi bahsi joriy yilning 5-iyun kuni Abu-Dabi'shahridagi 'Al Nahyan Stadium' stadionida boʻlib oʻtadi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Maʼlumot uchun, BAA ' Oʻzbekiston bahsi uchun tanlangan 'Al Nahyan Stadium' stadioni kichik hajmli boʻlib, 15 ming muxlisga moʻljallangan. Ushbu yashil maydon BAAdagi 'Al-Vaxda' klubining uy stadioni hisoblanadi. Ahamiyatlisi shundaki, ushbu jamoa safida terma jamoamiz aʼzosi Hojimat Erkinov toʻp tepadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilda AQSH, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi soʻnggi bahsini 10-iyun kuni Bunyodkor stadionida Qatarga qarshi Oʻtkazadi. Mazkur bahs Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan soat 18:45 da start olishi belgilangan.

Ayni paytda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 'A' guruhida 17 ochko jamgʻargan holda 2-oʻrinni egallab turibdi. BAAda 13 ochko, Qatarda esa 10 ochko mavjud. Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi safardagi bahsda erishiladigan durang ham Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga Jahon chempionati yoʻllanmasini taqdim etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

06 Mar 16:13
 
56
0
xs.uz

Krishtianu Ronalduning kumirlari kimlar ekanini bilasizmi?

Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining 'An-Nassr' klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futboldagi kumirlari kim ekanini ochiqladi. Mashhur futbolchi oʻzining bolalik yillarida kimlarning oʻyinlarini kuzatgani va ulardan qanday ilhomlanganini aytib oʻtdi.Ronaldu braziliyalik afsonaviy futbolchilar ' Ronaldo Nazario va Ronaldinyoning oʻyinlaridan hayratlanganini bildirdi. 'Ular futbolda katta iz qoldirishgan. Men ulardan koʻra koʻproq individual sovrinlarni qoʻlga kiritgan boʻl

20 Mar 12:50
 
20
0
postda.uz

Кучлар яшил майдонда синалди

Жиззах вилояти ИИБ бошлиғи кубоги учун соҳавий хизматлар ҳамда ҳудудий ички ишлар бошқарма ва бўлимлари ходимлари ўртасида мини футбол мусобақаси бўлиб ўтди. Икки кун давом этган ва 19 та жамоа қатнашган баҳсларда биринчи ўринни Жиззах шаҳар ИИБ жамоаси қўлга киритди.

26 Feb 17:06
 
58
0
xs.uz

Bahodir Jalolovning keyingi jangi qachon?

Oʻzbekistonlik taniqli bokschi Bahodir Jalolov 5-aprel kuni Qozogʻistonning Ostana shahrida boʻlib oʻtadigan yirik boks oqshomida ringga chiqishi kutilmoqda. Mazkur turnirni jahonga mashhur 'Top Rank' promouterlik kompaniyasi tashkil etmoqda. Jalolov ushbu kompaniya bilan shartnomaga ega boʻlgani uchun bu xabar haqiqatga yaqin.Qayd etish kerakki, Jalolov 7-fevral kuni Kanadada fransiyalik Devid Spilmontga qarshi jang oʻtkazishi kerak edi. Ammo tashkilotchilar bokschining yuzida paydo boʻl

22 Mar 08:55
 
31
0
xs.uz

Rasman: Boks Los-Anjeles-2028 Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritildi

Boks Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturidan oʻrin oladigan boʻldi. Bu haqida Gretsiyada oʻtayotgan Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining (XOQ) 144-Sessiyasida rasman'eʼlon qilindi.Qayd etilishicha, bellashuvlar 'World Boxing' tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi.Ushbu qaror qabul qilinguniga qadar boks Olimpiya oʻyinlari musobaqalari roʻyxatidan chiqarilgan edi. Bunga Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) va Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) atrofida yuzaga kelgan muammolar sabab boʻld