calendar 21 Apr 08:34
eye 1234
comments 0
comments Manba: xs.uz

“9 nafar futbolchi 11 nafar futbolchiga qarshi”: Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi sohibiga aylandi

image
Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida oʻtkazilayotgan 17 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi musobaqasi oʻz yakuniga yetdi. Ahamiyatlisi shundaki, ushbu turnirning final bahsida Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqa mezboni hisoblangan Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi saf tortdi.

Oʻyinning birinchi boʻlimi hamyurtlarimiz uchun omadsiz yakunlandi. Tengkurashlar ostida oʻtgan dastlabki 45 daqiqalikning 40-daqiqasida terma jamoamiz futbolchisi Nurbek Sarsenbayevga qizil kartochka koʻrsatildi. Oradan koʻp vaqt oʻtmay birinchi boʻlimning soʻnggi, 45-daqiqasida Miraziz Abdukarimov saudiyaliklar hujumchisini qoʻpollik orqali toʻxtatib qoldi. Uchrashuv hakami hamyurtimizga qizil kartochka koʻrsatdi. Birinchi boʻlim shu tariqa yakunlandi.

Ikkinchi boʻlim ikki kishi kam boʻlib qolgan hamyurtlarimiz ustunligida boshlandi. Ketma-ket hujumlarimiz natijasida, 50-daqiqaga kelib, raqib himoyachisi oʻz jarima maydonchasi ichida toʻpni qoʻli bilan oʻynadi. Ushbu holatni VAR tizimi orqali tekshirgan bosh hakam saudiyaliklar darvozasiga penalti belgiladi. Ushbu 11 metrlik jarima zarbasidan futbolchimiz Muhammad Hakimov unumli foydalandi hamda hisobni ochdi.

Ikkinchi boʻlimning qolgan qismida raqiblarimiz biroz faollik koʻrsatishdi. Bir qancha hujumlar himoyachilarimizning ishonchli harakatlari bilan bartaraf etgan boʻlsa, darvozabonimiz ham super seyvlar evaziga darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldi. Uchrashuvning 70-daqiqasiga kelib, futbolchimiz Sadriddin Hasanov darvozabonimizning ajoyib uzatmasini raqibning ikki nafar himoyachisini dogʻda qoldirgan holda darvozabonning oyoqlari orasidan oʻtkazib, golga aylantirdi. Shu tariqa, maydonda harakat qilayotgan 9 nafar futbolchimiz 11 nafar futbolchiga qarshi 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi.

Uchrashuvning qolgan vaqti davomida saudiyaliklar qanchalik hujum qilishga urinmasin, himoyachilarimiz ishonchli harakatlari evaziga golli vaziyatlar yarata olishmadi. Uchrashuv 2:0 hisobida hamyurtlarimizning gʻalabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistonida oʻtkazilgan 17 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi turniri gʻolibiga aylandi.

Maʼlumot uchun, terma jamoamiz turnirning guruh bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunlagan hamda joriy yilning noyabr oyida Qatar maydonlarida oʻtkaziladigan jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
148
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.

17 May 21:48
 
66
0
xs.uz

Taysonni yenggan bloger endi Oleksandr Usikni nishonga oldi

Jeyk Pol va Oleksandr Usik oʻrtasida boʻlishi mumkin boʻlgan MMA jangi sport olamida katta qiziqish uygʻotmoqda. Blogerning biznes hamkori Nakisa Bidaryanning aytishicha, hozirda Pol va mutlaq ogʻir vazn toifasidagi jahon chempioni Oleksandr Usik jamoasi oʻrtasida 2026-yilda MMA jangini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.Usik avvalroq bir necha bor Jeyk Polni oktagonga chaqirgan edi. Endilikda bu chaqiriqlar jiddiy tus olyapti. Bidaryanning bayonotiga koʻra, Usik jamoasi

17 May 21:48
 
66
0
xs.uz

Tursunoy Jabborova — Osiyo chempionati sovrindori

Biroz avval ayollar o'rtasida -87 kg. vazn toifasida bahslar o'tkazildi. E'tiborlisi, ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast ko'tarishda 108 kg. natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo'ldi.Afuski, Jabborovaga siltab ko'tarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi u yakunda sakkizinchi pog'onadan joy oldi. Shuningdek, ushbu vaznda qatnashgan yana bir vakilimiz Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.

31 May 08:50
 
32
0
xs.uz

“Universiada — 2025” g‘olib va sovrindorlari tantanali tarzda taqdirlandi

Mazkur tadbirda Hukumat vakillari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari rahbariyati, oliy ta'lim muassasalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.Musobaqada g'alaba qozongan va sovrindor bo'lgan jamoalarga faxriy yorliq, medallar va esdalik sovg'alari topshirildi. Taqdirlash marosimida sportchilarning faolligi, ta'lim muassasalarining mehnati va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida