Oʻzbek sheʼriyatining otashnafas shoiri Azim Suyunning “Tanlangan asarlar” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi

Taqdimot marosimini Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, shoir Sirojiddin Sayid ochib berdi. U oʻz nutqida Azim Suyunning oʻzbek adabiyotiga qoʻshgan beqiyos hissasi haqida toʻxtaldi.
Taqdimot doirasida yana bir muhim adabiy voqea ' adabiyotshunos olim Qozoqboy Yoʻldoshning 'Azim Suyun shaxsiyati va ijodiy qiyofasiga chizgilar' nomli kitobi ham jamoatchilik eʼtiboriga havola etildi. Ushbu asarda Azim Suyunning ijodiy izlanishlari, tarixiy-madaniy ongimizdagi oʻrni keng yoritilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirning yana bir yorqin jihati ' Fotograf Ahmad Toʻra tomonidan tashkil etilgan 'Koʻngil kengliklari boʻylab' nomli fotokoʻrgazmasi boʻldi. Bu koʻrgazmada Azim Suyunning oddiy hayotiy lahzalari, doʻstlari davrasidagi tabassumi, sahnadagi ilhomli daqiqalari aks etgan. Koʻrgazma taqdimot marosimiga tashrif buyurgan mehmonlarda iliq taassurotlar qoldirdi.
Azim Suyun ' koʻp tillarda oʻqilgan, koʻp yuraklarda yashaydigan shoir. Uning sheʼrlari turk, ingliz, arab, rus, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq hamda tuva tillarida chop etilgan. Shoirning 'Sarbadorlar' tragediyasi, 'Zamin taqdiri', 'Oʻzbekiston', 'Bir tomchi suv dengizga aylangan kecha va yoki imorat' kabi dostonlari adabiyot shaydolari orasida juda mashhur. Azim Suyun ' faqat shoir emas, balki dramaturg, publitsist sifatida ham xalqimizning qalbida oʻchmas iz qoldirgan.
Otabek Saidahmadov,
Jaloliddin Rajabov,
'Xalq soʻzi'
Prezident IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi
Hurmatli festival qatnashchilari, muhtaram mehmonlar!Avvalo, siz, azizlarni ochiq osmon ostidagi betakror muzey shahar ' qadimiy Xivada o'tkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Bugungi san'at bayramida ishtirok etayotgan nufuzli xalqaro tashkilotlar va qardosh mamlakatlar vakillariga, dunyoning qirqdan ziyod mamlakatidan kelgan xalq ijodiyoti namoyandalari, atoqli madaniyat va san'at arboblariga samimiy tashakkurim, yuksak hur
Navoiydan bahra olgan Gʻarb
Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,
Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra