calendar 01 Jul 04:29
eye 9
comments 0
comments Manba: xs.uz

Amir Temurning mahobatli va muhtasham Oqsaroyidan fotoreportaj

image
Oqsaroy ' Amir Temur tomonidan 1380'1404-yillar qurdirilgan Shahrisabz (eski nomi Kesh)dagi mahobatli va muhtasham saroydir. Meʼmoriy yodgorlik shaharning shimoli sharqiy qismidagi bosh maydonda joylashgan.



Saroy qurilishida xorazmlik ustalar qatori, mahalliy hamda boshqa mamlakatdan kelgan ustalar ham qatnashgan. Bunga bino peshtogʻidagi yozuvlar orasida eronlik Muhammad Yusuf Tabriziy nomi ikki marta takrorlangani ham dalil boʻladi.





Oqsaroyning avvalgi holati toʻgʻrisida faqat yozma manbalarga qarab fikr yuritish mumkin. Xususan, Boburnomada keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, hovli oʻrtasida hovuz, toʻrida gumbazli katta xona ' devonxona, yonlarida maslahatchilar uchun kichik xona, hashamatli ravoqli bostirmalar, ichki tomonida haram va amirning xonasi joylashgan boʻlgan.



Devonxona peshtogʻida arslon va quyosh tasviri va Temur davlatining 3 halqa shaklidagi nishoni boʻlgan. Gumbaz ichi va yonlariga, burchaklardagi minoralarga koshin-gʻishtlardan qalqon shaklidagi girih naqshlar ishlangan.





Oqsaroy devorlaridagi ranglar jilosi, tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi, kufiy hamda suls yozuvlari, koshinkor bezaklar, islomiy, girih naqshlarning oʻzaro uygʻunligi binoga ajib va sehrli mazmun bagʻishlagan. Ranglarning oy yogʻdusida jilolanib, oqarib koʻrinishi binoning Oqsaroy deb nomlanishiga sabab boʻlgan.





Saroyning oʻziga xos xususiyatlaridan yana biri ' tom tepasiga ishlangan hovuzdir. Hovuzga suv 'Taxtaqoracha' dovonidan qoʻrgʻoshin quvurlar orqali oqib kelib, undan sharshara hosil qilib pastga tushirilgan.



Deyarli chorak asr davomida qurilgan bu bino toʻgʻrisida Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha maʼlumot bergan:''Temur ishga yaroqli boʻlganlarning hammasini Xorazmdan Movarounnahrga koʻchirish uchun buyruq berdi... Xorazmlik ustalar baland va salobatli saroy qurishdi, hozir u Oqsaroy nomi bilan mashhur'.





Ispaniyalik mashhur sayyoh va diplomat Klavixo saroyni koʻzdan kechirarkan (1404-yil 29-avgust), u hamon qurib bitkazilmaganini, baʼzi joylarining koshinli naqshlari tugallanmaganini, shunga qaramay, juda hayratlanarli va nihoyatda goʻzalligini yozadi.





Bir zamonlar muhtasham va hashamatli boʻlgan bu saroyning bizgacha yemirilib, xaroba holga kelgan ulkan peshtogʻi, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlanib qolgan xolos. Oqsaroyning hozirgi koʻrinishi ham salobatli va goʻzaldir. Peshtoq ravogʻining eni 22,5 metr, balandligi 40 metr, umumiy balandligi esa 50 metrdan oshadi. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan.







Hozirda darvoza oldidagi maydon kengaytirilib, zamonaviy haykal va obodonlashtirish ishlari olib borilgan. Maydon markazida Amir Temur haykali oʻrnatilib, butun majmua yodgorlik va sayyohlik maskaniga aylantirilgan. Bu hudud ' oʻziga xos tarixiy-madaniy markaz boʻlib, Oqsaroyning sobiq ulugʻvorligini eslatuvchi yirik meʼmoriy ansambl sanaladi.









Muhsin Umurzoqov,

Davron Ernazarov,

'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
441
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'39,72 soʻmga'oshdi va'12 935,27 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'28,64 soʻmga'koʻtarildi va'14 367,20 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,09 soʻmga'yuqorilab,'160,47 soʻmni'tashkil etdi.

17 May 21:47
 
498
0
xs.uz

Dollarning oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati oshdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'44,89 soʻmga'oshdi va'12 980,16 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'239,57 soʻmga'koʻtarildi va'14 606,57 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'yuqorilab,'161,63 soʻmni'tashkil etdi.

13 May 14:38
 
60
0
xs.uz

Dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'13,09 soʻmga'tushib,'12 924,92 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'52,33 soʻmga'pastlab,'14 620,67 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,21'soʻmga'oshdi va'159,94'soʻmni'tashkil qildi.

13 Jun 00:39
 
29
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 13-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 59,23 soʻmga oshdi va 12 705,79 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 243,07 soʻmga koʻtarildi va 14 704,41 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 1,68 soʻmga tushib, 159,20 soʻmni tashkil etdi.