calendar 01 Jul 04:29
eye 8
comments 0
comments Manba: xs.uz

Moʻgʻulistonda “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” oʻtkazilmoqda

image
Shuningdek, Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Moʻgʻulistonning Madaniyat, sport, turizm va yoshlar vaziri Undram Chinbat oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Koʻrgazmaga tashrif buyurganlar Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston ' boy tarix va madaniyatga ega davlatlar ekanligini taʼkidladi.



'Bizni buyuk tarixiy shaxslar, 'Buyuk Ipak yoʻli', koʻchmanchi va oʻtroq tamaddunlar hamda madaniy merosga boʻlgan hurmat birlashtiradi. 'Buyuk Ipak yoʻli' nafaqat iqtisodiy, balki madaniy almashinuv uchun ham muhim yoʻl boʻlgan. U xalqlarimizni yaqinlashtirdi, madaniy tajriba almashishga imkoniyat yaratdi' deydi Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.



Vazirning qoʻshimcha qilishicha, ilk bor Moʻgʻulistonda oʻtkazilayotgan 'Oʻzbekiston madaniyati kunlari' ' ikki davlat rahbarlarining doʻstona va yaqin hamkorligining samarasidir.

'Tadbir madaniy aloqalarni mustahkamlash, xalqlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro tushunishni chuqurlashtirish yoʻlida katta ahamiyatga ega. U umumiy tarix, oʻxshash qadriyatlar, sanʼat va maʼnaviyatga boʻlgan hurmatimizni yanada kuchaytiradi. Shu oʻrinda taʼlim sohasidagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratishni istayman. Moʻgʻulistonlik sanʼatkorlar oʻz vaqtida Oʻzbekistonda taʼlim olgan. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri bu yoʻnalishda muhim maydon boʻlib xizmat qilgan. Mashhur Moʻgʻuliston xalq artistlari ' Ochirjansangiyn Ganbaatar va Dorjiyn Altantuyaa kabi ijodkorlar aynan shu yerda oʻz mahoratlarini oshirgan', deydi u.

Taʼkidlash joiz, Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston ' boy tarix va madaniyatga ega davlatlardir. Bu ikki mamlakatni buyuk tarixiy shaxslar, 'Buyuk Ipak yoʻli', koʻchmanchi va oʻtroq tamaddunlar hamda madaniy merosga boʻlgan hurmat birlashtiradi. 'Buyuk Ipak yoʻli' nafaqat iqtisodiy, balki madaniy almashinuv uchun ham muhim yoʻl boʻlgan. U xalqlarni yaqinlashtirdi, madaniy tajriba almashishga imkoniyat yaratdi.



Moʻgʻuliston Milliy opera va balet teatrida 'Oʻzbekiston madaniyati kunlari' doirasida oʻzbekistonlik sanʼatkorlar ishtirokida gala-konsert dasturi boʻlib oʻtdi.

Tadbir madaniy aloqalarni mustahkamlash, xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro tushunishni chuqurlashtirish yoʻlida katta ahamiyatga ega. U umumiy tarix, oʻxshash qadriyatlar, sanʼat va maʼnaviyatga boʻlgan hurmatni yanada kuchaytirdi.



Avvalroq, joriy yilning 23-25-iyun kunlari Moʻgʻulistonda 'Oʻzbekiston madaniyati kunlari' boʻlib oʻtishi haqida xabar berilgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
700
0
xs.uz

Prezident IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi

Hurmatli festival qatnashchilari, muhtaram mehmonlar!Avvalo, siz, azizlarni ochiq osmon ostidagi betakror muzey shahar ' qadimiy Xivada o'tkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Bugungi san'at bayramida ishtirok etayotgan nufuzli xalqaro tashkilotlar va qardosh mamlakatlar vakillariga, dunyoning qirqdan ziyod mamlakatidan kelgan xalq ijodiyoti namoyandalari, atoqli madaniyat va san'at arboblariga samimiy tashakkurim, yuksak hur

18 Jun 21:56
 
205
0
xs.uz

Navoiydan bahra olgan Gʻarb

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,

13 May 14:39
 
728
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
604
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra