Prezident IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi

Avvalo, siz, azizlarni ochiq osmon ostidagi betakror muzey shahar ' qadimiy Xivada o'tkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Bugungi san'at bayramida ishtirok etayotgan nufuzli xalqaro tashkilotlar va qardosh mamlakatlar vakillariga, dunyoning qirqdan ziyod mamlakatidan kelgan xalq ijodiyoti namoyandalari, atoqli madaniyat va san'at arboblariga samimiy tashakkurim, yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
Saxovatli O'zbekiston zaminiga, ko'hna Xorazm diyoriga xush kelibsiz!
Qadrli do'stlar!
Xalqaro nufuzi tobora ortib borayotgan mazkur anjuman bu yil ko'hna Sharq gavhari ' betakror Xorazm diyorida o'tkazilayotgani unga alohida ruh va mazmun bag'ishlamoqda. Bu o'lkaning dostonchilik maktabi g'oyat qadimiy va boy tarixga ega bo'lib, 'Lazgi' kabi dunyoga mashhur mumtoz kuy-qo'shiqlari, go'zal raqslari aynan ana shu azim daryodan oziqlanib kelmoqda, desak, to'g'ri bo'ladi.
Bu qutlug' zamindan yetishib chiqqan O'zbekiston xalq baxshilari 'Bola baxshi' ' Qurbonnazar Abdullayev, 'Qalandar baxshi' ' Ro'zimboy Normatov, Abdulla Qurbonnazarov, Yetmishboy Abdullayev kabi yorqin ovoz va iste'dod sohiblari tomonidan yuksak pardalarda kuylangan 'Oshiq G'arib va Shohsanam', 'Go'ro'g'li', 'Avazxon', 'Alpomish' va 'Xirmondali' kabi xalq dostonlari milliy madaniyatimizning o'lmas durdonalari sifatida ma'naviyatimiz xazinasidan mustahkam joy egallaganini chuqur minnatdorlik bilan e'tirof etamiz va baxshichilik san'atining bugungi davomchilariga ijodiy yutuq va ravnaq tilaymiz.
Hurmatli festival ishtirokchilari!
Festival kunlarida sizlar san'atni chin dildan sevadigan mehmondo'st, bag'rikeng xalqimiz bilan samimiy muloqotlar o'tkazib, yurtimizning boy tarixi, madaniyati va bezavol qadriyatlari, tabarruk maskanlari, Yangi O'zbekistonning bugungi taraqqiyot yutuqlari, jumladan, baxshichilik san'atini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, yorqin taassurotlarga ega bo'lasiz, deb ishonaman.
Fursatdan foydalanib, tanlov ishtirokchilari hamda festival doirasida o'tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilayman.
Eng ezgu va xalqchil his-tuyg'ularni tarannum etishda sizlarga sihat-salomatlik, kuch-g'ayrat va ilhom doimo yor bo'lsin!
Shavkat Mirziyoyev,
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Teatr san’ati rivoji yo‘lidagi muhim qadam
Festival doirasida teatr jamoasi 'Bremen musiqachilari' spektaklini namoyish qilib, xalqaro tomoshabinlar e'tiborini qozondi. Shu bilan birga, yosh tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.Mazkur ishtirok'O'zbekiston teatr san'ati rivoji yo'lida muhim qadam bo'lib, mahalliy ijodkorlarning xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatini namoyon etadi.
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj
Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra