calendar 01 Jun 03:47
eye 45
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bir oyda isteʼmolchilarga cheklar uchun 105,6 mlrd soʻmdan ortiq keshbek toʻlandi

image
2025-yilning aprel oyida hududlar kesimida qancha fiskal chek roʻyxatdan oʻtkazilgani maʼlum qilindi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' Telegram kanali xabar qildi.

Unga koʻra, aprel oyida 29-may holatiga koʻra isteʼmolchilarga 105,6 milliard soʻmdan ortiq keshbek toʻlangan. Bunda 112,2 million dona chek roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, toʻlangan keshbeklarning eng katta qismi Toshkent shahri (42,2 mlrd soʻm), Toshkent viloyati (11 mlrd soʻm), Samarqand viloyati (7,9 mlrd soʻm), Fargʻona viloyati (7,2 mlrd soʻm) hamda Andijon viloyatlariga (5,1 mlrd soʻm) toʻgʻri kelgan.

Bundan tashqari, eng koʻp cheklar qayerlarda roʻyxatdan oʻtkazilgani ham maʼlum qilindi. Oʻrinlar ketma ketligida 'Anglesey Food' MCHJ XK (4,7 mlnta chek, 6,8 mlrd soʻm keshbek), 'Havas Food' MCHJ QK (2,1 mlnta chek, 1 mlrd soʻm keshbek), 'Xalq Retail' MCHJ (868,6 mingta chek, 373,3 mln soʻm keshbek), 'Darvoza Savdo' MCHJ (502,5 mingta chek, 345,8 mln soʻm keshbek) va 'Madina Qandolat' MCHJ (461,6 mingta chek, 478,1 mln soʻm keshbek) joy olgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
21
0
xs.uz

Odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi oʻzgartirishlarga koʻra, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun belgilangan jazolar kuchaytirildi. Bu oʻzgartirishlar 2025-yil 19-may kuni qabul qilingan 'Odam savdosi jinoyati uchun jazoni kuchaytirish toʻgʻrisida'gi qonun bilan amalga oshirildi.Yangi tahrirga binoan, Jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlar asosida yoki jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan,

04 Apr 16:19
 
53
0
xs.uz

Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland

31 May 08:49
 
11
0
xs.uz

Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro viloyatida oʻtgan yilda umumiy qiymati 42,3 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Sanoatning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 19,9 foizga, kichik biznesning sanoatdagi hissasi 41,2 foizga yetdi. Kimyo va neft, oziq-ovqat, yengil sanoat yoʻnalishlari yetakchi tarmoq vazifasini oʻtayapti. Joriy yil yakuniga borib, 48,6 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Bu oʻsish surʼati 105 foizni tashkil etishini an

04 Apr 16:18
 
54
0
xs.uz

“Inson uchun” – inklyuziv yugurish marafoniga start berildi

Marafonda 300 nafardan ziyod nogironligi bo'lgan shaxslar ishtirok etdi. Ular sport orqali o'z salohiyatlarini ko'rsatish, yangi do'stlar topish hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.'Inson uchun' marafoni ishtirokchilari quyidagi 4 yo'nalish bo'yicha, ayollar va erkaklar alohida baholanib, taqdirlandi:- ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilar;- kar va zaif eshituvchilar;- aqliy rivojlanishda ortda qolganlar;- harakat tayanchi shikastlanganlar va boshqalar.'Inson uchun'