Xususan, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Respublikamizning turli hududlarida 'Yangi O'zbekistonning baxtiyor bolalari' shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etilib, Mehribonlik uylari va 'Oilaviy bolalar uylari' tarbiyalanuvchilari, maxsus maktab-internatlari o'quvchilari, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo'lgan harbiylar va Ichki ishlar idoralari xodimlari farzandlari, chin yetim va ehtiyojmand oilalar o'g'il-qizlarining ko'ngillari ko'tarib kelinmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri poytaxtimizdagi O'zbekiston kasaba uyushmalari saroyida o'tkazildi. O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tantanali tadbirga Toshkent shahridagi 22- va 30-Mehribonlik uylari hamda SOS O'zbekiston bolalar mahallalari Toshkent filialida tarbiyalanayotgan bolajonlar, Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi Oilaviy bolalar uylari o'g'il-qizlari ' jami 500 nafar yosh avlod vakillari taklif etildi.
Prezidentimiz tashabbuslari bilan qayta tiklanib, xalqimizga taqdim etilgan mazkur muhtasham saroyda bolajonlar harbiy orkestr va milliy musiqa jamoalari ijrosidagi kuylar sadosi ostida bayramona kutib olindi. Yosh avlod vakillariga peshvoz chiqqan turli ertak qahramonlari ishtirokida tashkil etilgan madaniy tadbir esa bolajonlar quvonchiga yanada quvonch qo'shdi. Saroy foyesida o'g'il-qizlar turli shirinliklar va salqin ichimliklar bilan mehmon qilindi.
Shundan so'ng bolajonlar uchun O'zbekiston kasaba uyushmalari saroyi qoshidagi 'Qaldirg'och' bolalar san'at markazi o'quvchilari ishtirokida Alisher Navoiyning 'Lison ut tayr', ya'ni 'Qush tili' dostoni asosida maxsus sahnalashtirilgan 'Semurg' haqida afsona' nomli musiqali spektakl namoyish etildi.
Kasaba uyushmalari saroyi ijodkorlari sahanalashtirgan mazkur spektakl orqali ko'plab tarbiyaviy g'oyalar ilgari surilib, hozirgi kunda ham yoshlar tarbiyasida dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan intiluvchanlik va qalb go'zalligi, saxiy va mehribon bo'lish oliy fazilatlar ekanligi, ezgulikning yovuzlik ustidan doimo g'alaba qozonishi tarannum etildi. Spektakl bolajonlarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Spektakldan so'ng bolajonlar O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida bo'ldilar. Yosh avlod vakillari bayram dasturxoniga taklif etilib, madaniy tadbirda ham ishtirok etdilar. Ushbu maskan bo'ylab tashkil etilgan sayohat davomida o'g'il-qizlarga Milliy gvardiya faxriy qorovul qo'shinlarining, harbiy orkestr va otliq askarlarning ko'rgazmali chiqishlari namoyish etildi. Bularning barchasi bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.
O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Respublikamizning barcha hududlarida mehnatkashlar farzandlari, maxsus maktab-internatlar, kam ta'minlangan, ko'p bolali va boquvchisini yo'qotgan oilalarda tarbiya topayotgan o'g'il-qizlar uchun xuddi shu kabi madaniy-ma'rifiy va tantanali bayram tadbirlari tashkil etilib, bolajonlarga bayram sovg'alari topshirildi.
Muhabbat O'RMONBEKOVA,
O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari.
Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
2025-yil 16-may kuni qabul qilingan 'Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonunga (OʻRQ-1063-son) muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etildi. Ushbu oʻzgartirishlar pivo va tamaki mahsulotlari savdosi, parrandachilik sohasi hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga tegishli.Qonunga koʻra, endilikda pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar bel
Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp — Shavkat Mirziyoyev
Soʻnggi yetti yilda bogʻchalar bilan qamrov 700 mingdan 2,3 millionga yetkazildi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bogʻchalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.'Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp. Bogʻchalar nafaqat tarbiya, balki bolada taʼlim olish uchun ilk koʻnikmalarni shakllantiradigan maskanga aylani
Erkalatsa otasi, boshga chiqar bolasi
Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Farzandini suymagan inson yoʻq. Biroq uni haddan ziyod erkalatishning foydasidan zarari koʻproq. Buni yaqinla Namanganda 16 yoshli qizning avtomashina ruliga oʻtirishi oqibatida roʻy bergan fojia yana bir bor tasdiqladi.Gap shundaki, Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro 'Spark' rusumli transport vositasini hali voyaga yetmagan, haydovchilik tajribasi yoʻq qiziga ishonib topshiradi. Rulga qizi yonidagi old oʻrindiqqa esa oʻzi oʻtiradi. Bu paytda or
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi.O'zbekiston yetakchisi uchun ajratilgan qarorgohda davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o'rinbosari Maksim Oreshkin va Hukumat Raisining birinchi o'rinbosari Denis Manturov kutib oldilar.Tashrif dasturiga muvofiq, Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 80 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ik