Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp — Shavkat Mirziyoyev

'Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp. Bogʻchalar nafaqat tarbiya, balki bolada taʼlim olish uchun ilk koʻnikmalarni shakllantiradigan maskanga aylanishi kerak', dedi Prezident.
Olti yoshli bolalar maktabga tayyorlov guruhlariga deyarli toʻliq qamrab olindi. Keyingi yil bu raqam 100 foizga chiqishi kutilmoqda.
Endilikda joriy yildan ilgʻor xorijiy tajriba asosida maktabga tayyorlov guruhlari va boshlangʻich taʼlim oʻquv dasturlarini oʻzaro uygʻunlashtirish zarurligi taʼkidlandi.
Bunda Singapurning nufuzli tashkiloti bilan bogʻcha bolalarini matematika, tabiiy fanlar va texnologiya yoʻnalishlarida tanqidiy va kreativ fikrlashga oʻrgatadigan dasturlar ishlab chiqiladi.
Davlat va xususiy bogʻcha tarbiyachilarining malakasi, mahorati va psixologik tayyorgarligini oshirish uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi.
Yigʻilishda yoshlarning boʻsh vaqtini samarali tashkil qilish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Bugungi kunda tumanlarda 'Barkamol avlod' maktablari, 14 ta hududda 'Yoshlik' sport jamiyati va Respublika oʻquvchi yoshlar markazi bor. Lekin 219 ta 'Barkamol avlod' maktabi 350 ming bolani qamrab olgan, xolos.
Endilikda 'Barkamol avlod' maktablari, 'Yoshlik' sport jamiyati va Oʻquvchi yoshlar markazi yagona tizimga birlashishi belgilandi.
Bu markazlar toʻliq taʼmirdan chiqarilib, zamonaviy, kreativ yoʻnalishlar asosida jihozlanadi. Ularda xorijiy tillarni oʻqitish, sunʼiy intellekt, dasturlash va animatsiya kabi yangi toʻgaraklar ochiladi.
Oʻquvchilar oʻrtasida turizmni rivojlantirish boʻyicha ham yangi tizim boʻladi.
Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Samarqand, Buxoro va poytaxtdagi 'Barkamol avlod' markazlarida kamida 100 oʻrinli 'Bolalar sayyohlik bazasi' tashkil qilinadi.
Mutasaddilarga qiziqarli turizm toʻplamlarini qilib, har yili 1 million oʻquvchini Oʻzbekiston boʻylab sayohatga jalb qilish topshirildi.
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.
“Work and Travel” dasturida ishtirok etuvchi talabalarga foizsiz qarz beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 290-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab 'Work and Travel' xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga boradigan talabalarga ssuda (qaytarish sharti bilan foizsiz qarz) ajratish tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib xorijga borish, qaytish va boshqa xarajatlarni qoplash uchun moʻljallangan.Ssuda olish imkoniyati Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Br
O‘zbekiston Prezidenti Gʻalabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Qizil maydonda Gʻalaba paradi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sa
Voyaga yetmaganlarga bank kartalari ochish boʻyicha talablar belgilanmoqda
Shavkat Mirziyoyevning 'Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi 153-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qaror bilan, Oʻzbekistonda voyaga yetmagan shaxslar nomiga bank kartalarini ochish va ularning moliyaviy amaliyotlarini nazorat qilish masalalari boʻyicha yangi tartib-taomillar joriy etilmoqda. Hukumat qaroriga muvofiq, endilikda voyaga