Voyaga yetmaganlarga bank kartalari ochish boʻyicha talablar belgilanmoqda

Shavkat Mirziyoyevning 'Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi 153-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.
Qaror bilan, Oʻzbekistonda voyaga yetmagan shaxslar nomiga bank kartalarini ochish va ularning moliyaviy amaliyotlarini nazorat qilish masalalari boʻyicha yangi tartib-taomillar joriy etilmoqda. Hukumat qaroriga muvofiq, endilikda voyaga yetmaganlar uchun banklarda hisob raqamlari va bank kartalarini ochish boʻyicha aniq talablar ishlab chiqiladi. Bu orqali ushbu yosh toifasining kiberfiribgarlikka duchor boʻlishining oldini olish va ularning moliyaviy xavfsizligini taʼminlash koʻzda tutilgan.
Yangi tartiblarga koʻra, banklar ota-onalarni ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan bogʻliq boʻlgan shubhali moliyaviy operatsiyalar (frod amaliyotlar) haqida xabardor qilish amaliyotini joriy etadi. Bu bilan ota-onalar oʻz farzandlarining moliyaviy faoliyati ustidan real vaqtda kuzatuv olib borish imkoniyatiga ega boʻladi. Shuningdek, banklar va toʻlov tashkilotlari oʻzlarining mobil ilovalariga antivirus himoya tizimlarini oʻrnatishi, foydalanuvchi qurilmasida zararli dasturlar aniqlangan taqdirda ularni darhol ogohlantirishi majburiy etib belgilanmoqda.
Shubhali pul oʻtkazmalari bilan bogʻliq holatlarda, Ichki ishlar organlari masʼul boʻlinmalari soʻroviga asosan bank kartalari tezkor tarzda bloklanadi. Bu choralar, ayniqsa, kiberhujumlar va noqonuniy pul aylanmasiga qarshi samarali vosita sifatida xizmat qiladi. Tergovga qadar tekshiruv yoki dastlabki tergov jarayonlarida sodir etilgan kiberjinoyatlar yuzasidan kiberxavfsizlik talablariga rioya qilingan- qilinmaganligi boʻyicha xulosani 'Kiberxavfsizlik markazi' davlat unitar korxonasi taqdim etadi.
Shu bilan birga, mamlakatda Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish va raqamli tergovga koʻmaklashish markazi tashkil etilishi belgilandi. Markazning asosiy vazifalari qatoriga kiberjinoyatlarni aniqlash, fosh etish, tergov qilish amaliyotidagi mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish kiradi. Ushbu tashabbuslar mamlakatdagi raqamli xavfsizlikni taʼminlashga xizmat qilib, ayniqsa yoshlar oʻrtasidagi moliyaviy savodxonlik va himoyani yanada mustahkamlaydi.
Jenevada oʻtgan maxsus konferensiyada Oʻzbekiston tajribasi ilgʻor namuna sifatida eʼtirof etildi
Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva 'Bolalar mehnatiga barham berishda Oʻzbekiston tajribasi' mavzusida maʼruza qildi. U oʻz chiqishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va shaxsiy tashabbuslari tufayli ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan qatʼiy chora-tadbirlar yuksak natija berganini taʼkidladi.Tadbirda Oʻzbekistonning bolalar
Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, qardosh Qozogʻiston xalqining farovonligi va ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash
Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga yuz bergan aviahalokat yuzasidan taʼziya maktubi yoʻlladi
Davlatimiz rahbari qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.Eslatib oʻtamiz, bugun Hindistonning 'Air India' aviakompaniyasiga tegishli 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadobod shahridan havoga koʻtarilganidan biroz oʻtib halokatga uchradi. Fojia yuz bergan vaqta havo kemasi bortida 242 kishi boʻlgan.Kapitan halokatdan oldin Havo harakatini boshqarish boʻlimiga qo
Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo