calendar 15 Jun 20:14
eye 19
comments 0
comments Manba: xs.uz

Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

image
Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.

Tekshirish jarayonida maʼlum boʻlishicha, tuman hududidan oʻtuvchi 'Parkentsoy' kanalidagi suv oqimi yoʻnalishi boʻylab sunʼiy ravishda hosil boʻlgan, chuqurligi taxminan 2 metr va oʻlchami 20html5-dom-document-internal-entity1-times-end40 metrni tashkil etuvchi suv havzasida hech qanday ogohlantiruvchi yoki taʼqiqlovchi belgilar oʻrnatilmagan. Shu bilan birga, mahalliy aholi orasida bu xavfli hudud boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilmagani hamda xavfni bartaraf etish choralari koʻrilmagani aniqlangan.

Holat yuzasidan kasbiy vazifalarini lozim darajada bajarmaganlik va mansabga sovuqqonlik bilan yondashish alomatlari mavjudligi bois, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan oʻz vazifalarini bajarmaslik) hamda 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Ayni vaqtda ish boʻyicha barcha zarur tergov harakatlari olib borilmoqda. Voqeaga olib kelgan sabab va shart-sharoitlar har tomonlama oʻrganilib, isbotlanishi lozim boʻlgan holatlar aniqlanadi. Tergov yakunlari boʻyicha qonunga muvofiq ravishda yakuniy qaror qabul qilinishi maʼlum qilindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:33
 
78
0
xs.uz

Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi

'Oʻzgidromet' 21-23-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-aprelda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21-aprelda 22-27 daraja, 22-23-aprelda 24-29 daraja boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7

13 May 14:37
 
47
0
xs.uz

Tanzila Narbayeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv oʻtkazdi

2025-yil 12-may kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilinib, bu aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi taʼkidlandi. Tomonlar dolzarb mintaqaviy va global masalalar yuzasidan fikr almashish, shuningdek, tajriba va axborotlar bilan oʻzaro boʻlishishni davom ettirishga

31 May 08:49
 
30
0
xs.uz

Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan parlament soʻrovi yuboriladi

Yalpi majlisda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kenga

31 May 08:49
 
19
0
xs.uz

Endi nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi

'Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT 'Xalq banki' tomonidan pensiyalarni na