“ChatGPT”dan foydalangan talabalar qoʻlga tushmoqda

Soʻnggi yillarda anʼanaviy plagiat holatlari kamayib borayotgan boʻlsa-da, sunʼiy intellektdan foydalangan holda aldash holatlari keskin oshgan. 2019'2020-yillarda, yaʼni generativ sunʼiy intellekt ommalashishidan avval, barcha akademik qoidabuzarliklarning qariyb uchdan ikki qismini plagiat tashkil qilgan. Pandemiya davrida onlayn taʼlim formati bu holatlarni kuchaytirgan edi. Endilikda esa firibgarlik usullari oʻzgarmoqda.
Tadqiqot natijalariga koʻra, anʼanaviy plagiat holatlari ming talabaga nisbatan 19 tadan 15,2 taga tushgan va 2026-yilga borib bu koʻrsatkich 8,5 tagacha kamayishi prognoz qilinmoqda. 'The Guardian' nashri akademik halollik bilan bogʻliq statistika soʻragan 155 ta universitetdan 131 tasi javob bergan boʻlsa-da, ularning 27 foizi hali sunʼiy intellektdan foydalanish holatlarini alohida qayd etmayotganini bildirgan. Bu esa oliy taʼlim sohasi hali ham yangi texnologiyalarga moslashayotganini koʻrsatmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, koʻplab firibgarlik holatlari hanuz aniqlanmay qolmoqda. 'Higher Education Policy Institute' tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijasiga koʻra, talabalarining 88 foizi baholash jarayonlarida sunʼiy intellektdan foydalanadi. Reading universiteti olimlari esa sinov tariqasida sunʼiy intellekt yordamida yozilgan ishlarni topshirgan va ularning 94 foizi aniqlanmasdan oʻtganini aniqlagan.
Londondagi Imperial kollejning akademik halollik masalalari boʻyicha olimi doktor Tomas Lankaster fikricha, agar talaba sunʼiy intellekt yaratgan matnni qayta tahrirlasa, uni aniqlash deyarli imkonsiz boʻladi. 'Bu jarayonning oʻzi ham oʻquvchilarga oʻzini rivojlantirish imkonini beradi', ' deydi u.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Oʻzbekistonga keladi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22html5-dom-document-internal-entity1-minus-end23-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentda boʻladi.'Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.Tashrif davomida Toshkent shahrida Oʻzbekiston prezidenti bilan muloqot, shuningdek, mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Xabarda aytilishicha, asosiy eʼtibor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil may oyida O
Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi navbatda muzokaralar boʻlib oʻtdi. Tomonlar qanday kelishuvga erishdi?
Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Muloqot Moskva vaqti bilan taxminan soat 15:20 da yakunlandi va taxminan bir soat davom etdi. Muzokaralar boshlanishidan oldin tomonlar anʼanaviy qoʻl siqishdan bosh tortishgan. Ukraina delegatsiyasi aʼzolari harbiy formada, Rossiya vakillari esa klassik liboslarda boʻlgan. Avvalgi turda boʻlgani kabi muzokaralarning yopiq qismidan oldin Turkiya Tashqi ishlar vazir
Germaniyada rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish talab qilindi
Xristian-demokratik ittifoqdan Bundestag deputati Roderix Kizevetter hukumatdan qolgan rossiyalik diplomatlarni Germaniyadan chiqarib yuborishni va Berlindagi Ruslar uyini yopishni talab qildi. Bu haqda 'Handelsblatt' gazetasi deputatning soʻzlariga asoslanib xabar tarqatdi.'Qolgan agent va diplomatlarni chiqarib yuborishimiz kerak. Past darajadagi agentlar deb atalmish shaxslarni yollashga qarshi choralar koʻrish kerak. Bundan tashqari, Berlindagi Ruslar uyi va boshqa muassasalar yopilishi ke
Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?
Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr