calendar 15 Jun 20:14
eye 19
comments 0
comments Manba: xs.uz

Hisor geologiya ekspeditsiyasi 2025-yilda oltin va boshqa foydali qazilmalarni aniqlash boʻyicha faoliyatini kengaytirmoqda (+Fotoreportaj)

image
Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida ' Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarining togʻli hududlarida geologik izlanishlar olib borib, foydali qazilmalar boʻyicha muhim natijalarga erishmoqda. Ekspeditsiya faoliyati davomida bir qancha maʼdanli va nomaʼdan konlar topilgan, ularning zaxiralari aniqlanib, Davlat zaxiralar balansiga topshirilgan. 2025-yil uchun jami 24 ta loyiha doirasida geologik qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda.





Qashqadaryo dala ekspeditsiyasi tomonidan 7 ta loyiha doirasida ish olib borilmoqda. Bu loyihalar oltin, volfram, rux, grafit va kaliy tuzlari kabi foydali qazilmalarni izlash hamda baholash ishlarini oʻz ichiga oladi. Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyatida joylashgan Madmon maydonidagi Akba oltin konida 2019'2024-yillarda olib borilgan izlanishlar natijasida 13 tonnadan ortiq sanoatbop oltin zaxirasi aniqlanib, Davlat zaxiralar balansiga kiritildi. Ayni paytda bu kon atrofida yangi zaxiralarni aniqlash maqsadida izlanishlar davom etmoqda.





Surxondaryo dala ekspeditsiyasi esa 17 ta loyiha ustida ish olib bormoqda. Ulardan 7 tasi davlat byudjeti hisobidan, 10 tasi esa Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining maxsus mablagʻlari asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalarda noruda foydali qazilmalar, qurgʻoshin-rux, mis va oltin maʼdanlashuvini oʻrganish boʻyicha izlanishlar olib borilmoqda. Ishlar togʻli, murakkab sharoitli hududlarda, yer usti va yer osti lahmlari hamda burgʻilash yoʻli bilan bajarilmoqda.





2025-yil davomida Hisor MGQE boʻyicha umumiy hisobda 31 970 m³ yer usti togʻ lahmlari, 2900 p.m yer osti lahmlari va 72 000 p.m burgʻilash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan. Rejalashtirilayotgan zaxira hisob-kitoblariga koʻra, yilda oltin ' 157 tonna, kumush ' 190 tonna, mis ' 270 ming tonna, qoʻrgʻoshin ' 42 ming tonna, rux ' 48 ming tonna, volfram ' 8,5 ming tonna, litiy ' 5 ming tonna va koʻmir ' 6000 ming tonnaga koʻpaytirilishi koʻzda tutilgan.





Shuningdek, foydali qazilmalar prognoz zaxiralari boʻyicha ham yuksalish rejalashtirilgan. Jumladan, oltin ' 215 tonna, kumush ' 250 tonna, mis ' 400 ming tonna, qoʻrgʻoshin ' 56 ming tonna, rux ' 60 ming tonna, volfram ' 8,5 ming tonna, litiy ' 5 ming tonna va noyob metallar 2,4 ming tonnaga yetkazilishi maqsad qilingan.



Jami 131 ta loyiha doirasida geologiya-qidiruv ishlari olib borilishi belgilangan boʻlib, ulardan 50 tasi davlat byudjeti hisobidan, 24 tasi 'OKMK' AJ mablagʻlari, 63 tasi esa 'NKMK' AJ hisobidan moliyalashtiriladi. Ushbu loyihalar respublika foydali qazilmalari bazasini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.







































Muhsin Umurzoqov/Davron Ernazarov, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
30
0
xs.uz

Toshkent metropolitenining 2 ta bekati 3 oyga yopiladi

Qayd etilishicha, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yoʻnalishlarida metro poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari maʼlum muddat foydalangandan soʻng, rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Shu munosabat bilan metropolitenning 'Texnopark ' Qipchoq' bekatlari oraligʻida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga moʻljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Ani

21 Apr 08:33
 
56
0
xs.uz

“Ustimdan asossiz ariza berilgan”. Rasul Kusherbayev Yangiyoʻl tuman IIBda asossiz ushlab turilganini aytmoqda

Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev Yangiyoʻl tumani ichki ishlar boʻlimiga chaqirilgani, ish uchun ahamiyati boʻlmasa-da mobil telefoni olib qoʻyilganini bildirib, Telegram kanalida murojaat'eʼlon qildi.Uning maʼlum qilishicha, kecha, 19-aprel kuni maslahatlashish 'bahonasida' Yangiyoʻl tumani Ichki ishlar boʻlimiga chaqirilgan va u yerda bir necha soat ushlab turilgan.'Yashash joyim ham, propiskam ham Yangiyoʻlda emas. Biroq nega Yangiyoʻl IIB bu ish bilan shugʻullanayo

08 Jun 02:26
 
15
0
xs.uz

Senat Raisi boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyati mahallalaridagi ijtimoiy masalalarni oʻrgandi

2025-yil 4-iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy holat va aholi turmush darajasi, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.Ishchi guruh aʼzolari Konimex tumanidagi 'Navroʻz' mahallasini oʻrganish jarayonida mahallada 'mahalla yettiligi' tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, ayollar bandligini taʼminla

18 Apr 11:07
 
48
0
xs.uz

Matematika olimpiadasida terma jamoamiz a’zolari 3 ta  medalni qo‘lga kiritdi

Olimpiadada 55 ta davlatdan 300 nafarga yaqin o'quvchi qizlar ishtirok etdi.Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xabariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi qizlari ushbu olimpiadada ishtirok etib, 3 ta medalni qo'lga kiritdi.Jumladan, Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o'quvchisi Dildora Mahkamova ' kumush,Nukus shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o'quvchisi Malika Xojamuratova bronza,Buxoro viloyati, Qorako'l tumani ixtisoslashtirilgan m