“Kim oladiyo shuginaniyo” yoxud “Liverpul” ikki hujumchisidan qutilmoqchi

Nashrga koʻra, Italiya klubi rahbariyati Kontega transferlar boʻyicha toʻliq qoʻllab-quvvatlashga tayyor. Maʼlum qilinishicha, Konte jamoasini yangi hujumchi va qanot futbolchisi bilan toʻldirmoqchi. Neapolliklar aynan 'Liverpul' safidagi Darvin Nunyes va Federiko Kyezani asosiy nishonga aylantirgan. Konte ayniqsa Nunesning oʻyin uslubiga 'oshigʻi' boʻlib, u bilan bogʻliq muzokaralar boshlab yuborilgan.
Xabarlarda aytilishicha, Konte boshchiligidagi klub bu ikki futbolchi boʻyicha 'jiddiy aloqalar' oʻrnatgan va ular 'barqaror nishonlar' sifatida koʻrilmoqda. Ayniqsa, Kevin de Bryoyne bilan shartnoma imzolangani ortidan, Nunes va Kyeza singari yuqori darajadagi futbolchilar jamoani butunlay oʻzgartirib yuborishi mumkinligi taʼkidlanmoqda.
'Liverpul' jamoasi esa oʻz navbatida yozda yana bir qancha transferlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Klub hozirda Florian Virs va Milosh Kerkez bilan shartnoma imzolash arafasida, Jeremi Frimpong esa allaqachon jamoaga qoʻshilgan. Bundan tashqari, 'qizillar' hujum chizigʻini kuchaytirish maqsadida Aleksandr Isak va Ugo Ekitike kabi futbolchilarga qiziqish bildirmoqda.
Darvin Nunyesning transferi borasida 'Liverpul' ochiq pozitsiyani egallagan: agar mos taklif boʻlsa, klub uni sotishga tayyor. Shu bilan birga, jamoa Nunyes oʻrnini bosadigan futbolchi topilishiga ham katta eʼtibor qaratmoqda. Klub 85 million funt sterling (qoʻshimchalar bilan) evaziga sotib olingan urugvaylik futbolchi uchun shu miqdorga yaqin narxni qaytarib olishni istamoqda.
Federiko Kyeza borasida esa vaziyat biroz boshqacharoq. Uzoq vaqtdan beri uni Italiyaga qaytish istagida boʻlgan futbolchi sifatida koʻrilayotgan boʻlsa-da, 'Liverpul'dagi ichki manbalar murabbiy Arne Slot uni jamoada foydali oʻyinchi sifatida koʻrayotganini bildirgan.
“Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda
Xususan, 5-may kuni talaba-yigitlar o'rtasida badminton sport turi bo'yicha universitet birinchiligi o'tkazildi. Musobaqada 50 dan ortiq sportchilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Mazkur bellashuvlar kelajakda nufuzli sport musobaqalari uchun sportchilar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.6-may kuni esa talaba-qizlar o'rtasida basketbol sport turi bo'yicha universitet birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda 60 dan ziyod sportchilar ishtirok etib, yuqori sport mahorat
Akbar Jo‘rayev mutlaq Osiyo chempioni!
Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Jo'rayev yana bir bor yuksak mahorat ko'rsatib, barcha yo'nalishda eng yaxshi ko'rsatkichlarni qayd etdi (183, 223 va 406 kg) va 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi. Ushbu dasturda Jo'rayevdan keyingi natijani ko'rsatgan boshqa bir vakilimiz Sharofiddin Amriddinov (181, 214 va 295 kg) esa 3 ta kumush medal bilan taqdirlandi.Ushbu natijadan keyin terma jamoamiz hisobidagi medallar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga yetib, umumjamoa hisobida uchinchi o'r
“Oʻyingohga sigʻmay qolishlari mumkin”: BAA-Oʻzbekiston oʻyiniga ketayotgan muxlislar ogohlantirildi
Shu yilning 5-iyun kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahsda Oʻzbekiston terma jamoasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida fan-klub aʼzolari bilan birgalikda 5 ming nafar Oʻzbekiston fuqarosi tomoshabin sifatida borishi kutilmoqda.Toshkent shahar turizm boshqarmasi shaharda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga shu kunlarda tur-paketlar orqali turistlarni
“Real Madrid” Angliyadan 20 yoshli himoyachi xarid qildi
Angliyaning 'Bornmut' klubi himoyachisi Din Xyoysen faoliyatini Ispaniyaning 'Real Madrid' jamoasida davom ettiradi. Bu haqda futbol boʻyicha insayder Fabritsio Romano oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.Uning yozishicha, madridliklar 20 yoshli himoyachi uchun 60 million yevro toʻlashga kelishib olgan. Ushbu summa 'Bornmut'ga toʻlanadi, ammo shartnoma talablariga koʻra, bu pulning maʼlum qismi boshqa klublar hissasiga ham oʻtadi.Shartnomada koʻrsatilgan hududiy kelishuv