Oʻzbekiston termasi 12 turda 12 ta gʻalaba qayd etib, pley-offga yoʻl oldi

Bu bosqichda faqatgina 'WR Chess Team' jamoasi ham 100 foizlik natijani qayd etishga muvaffaq boʻldi. Har bir guruhdan eng yaxshi 4 ta jamoa pley-off bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston termasi 1/8 finalda 'D' guruhida 4-oʻrinni egallagan Qozogʻistonning 'Barys.kz' jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Shuningdek, 'A' guruhida birinchi oʻrinni egallagan 'WR Chess Team' jamoasi 'B' guruhining toʻrtinchi jamoasi ' 'Malcolmʻs Mates'ga qarshi chorak final yoʻllanmasi uchun dona suradi. Qolgan juftliklar orasida 'Hetman GKS Katowice' ' 'Germany and Friends', 'Team MGD1' ' 'Generation XYZA', 'Knight Dance' ' 'Hexamind Chess Team', 'Freedom' ' 'FIDE MB Team', 'Rookies' ' 'KazChess' hamda 'Theme International Trading' ' 'Ashdod Elit Chess Club' jamoalari oʻzaro bellashadi.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, jamoaviy Jahon chempionatining umumiy mukofot jamgʻarmasi 500 ming yevroni tashkil etadi. Shundan rapid yoʻnalishi uchun 310 ming yevro, blis yoʻnalishi uchun esa 190 ming yevro ajratilgan. Rapid bahslarida Oʻzbekiston termasi qoʻshimcha koʻrsatkichlar natijasiga koʻra sovrinli oʻrinlardan chetda qoldi. Biroq toʻrtinchi oʻrinni egallagan jamoamiz 30 ming yevro miqdoridagi mukofot puli bilan taqdirlangandi.
Taekvondo WT: Sultonbek Nabiyev — chempion!
Musobaqaning ilk kunida hamyurtimiz Sultonbek Nabiyev 37 kilogrammgacha vazn toifasida kechgan bahslarda barcha raqibini mag'lub etib, jahon chempioni bo'ldi.Eslatib o'tamiz, iqtidorli hamyurtimiz final jangida serbiyalik raqibidan ustun keldi.
Jahon kubogida oʻzbekistonlik bokschilar nechta medal oldi?
Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi bokschilari yuqori natijalar qayd etib, yurtimiz sporti tarixiga yana bir yorqin sahifa qoʻshdi.Musobaqaning soʻnggi kunida yetti nafar sportchimiz final janglarida ringga chiqib, ulardan olti nafari oltin, biri esa kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar bokschimiz bronza medali bilan taqdirlandi.Final janglarida -55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mi
Qilichbozlik: shpagachimiz bronza medali sohibi
Quvonarlisi, unda O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Vadim Anoxin bronza medalini qo'lga kiritdi.Hamyurtimiz saralash bosqichida Isroil, Gonkong, Italiya, Chexiya vakillarini mag'lubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda qozog'istonlik Ruslan Kurbanovga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi o'rin bilan yakunladi.
“Manchester Siti” klublar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun tarkibni eʼlon qildi. Unda Husanovga joy topildimi?
Angliyaning 'Manchester Siti' klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida jamoasi sharafini himoya qiladigan futbolchilarning roʻyxatini tasdiqladi.Unda avvalroq klubdan ketishini eʼlon qilgan Kevin De Bryuyne, 'Milan'dan qaytgan Kayl Uoker va yarim himoyachi Jek Grelish kiritilmagan. Bu futbolchilarning oʻrniga tarkibda jamoaga yangi kelganlar ' 'Lion'dan koʻchib oʻtgan Rayan Sherki, avval 'Milan' sharafini himoya qilgan Teyani Reynders va oʻtgan mavsum 'Vu