calendar 04 Jun 02:45
eye 97
comments 0
comments Manba: xs.uz

Germaniyada rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish talab qilindi

image
Xristian-demokratik ittifoqdan Bundestag deputati Roderix Kizevetter hukumatdan qolgan rossiyalik diplomatlarni Germaniyadan chiqarib yuborishni va Berlindagi Ruslar uyini yopishni talab qildi. Bu haqda 'Handelsblatt' gazetasi deputatning soʻzlariga asoslanib xabar tarqatdi.

'Qolgan agent va diplomatlarni chiqarib yuborishimiz kerak. Past darajadagi agentlar deb atalmish shaxslarni yollashga qarshi choralar koʻrish kerak. Bundan tashqari, Berlindagi Ruslar uyi va boshqa muassasalar yopilishi kerak', ' deydi Bundestagdagi maxsus xizmatlar boʻyicha parlament qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Kizevetter. U 'Kiberhujumlar va gibrid hujumlar kuchayib borayotgan bir paytda nima qilish kerak?', degan savolga shunday javob bergan.

Shuningdek, Kizevetter rossiyalik sayyohlar uchun vizani taqiqlashni, bir qator axborot manbalarini yopish va dezinformatsiyalar tarqatilayotgani aytilayotgan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni bloklashni taklif qildi.

2023-yilda Germaniya oʻnlab rus diplomatlarini mamlakatdan chiqarib yuborgandi. Shundan soʻng Rossiya diplomatik vakolatxonalarning nemis xodimlarini simmetrik ravishda chiqarib yuborish bilan javob berdi. Natijada Germaniya Yekaterinburg, Kaliningrad va Novosibirskdagi, Rossiya esa Gamburg, Leypsig, Myunxen va Frankfurt-Mayndagi bosh konsulliklarini yopdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
45
0
xs.uz

Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?

Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr

17 May 21:47
 
34
0
xs.uz

NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin darajada oshirishga kirishdi

NATO davlatlari AQSH prezidenti Donald Trampning yalpi ichki mahsulotning 5 foizini sarflash talabini yumshata oladigan tarzda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish boʻyicha kelishuvni ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda 'Bloomberg' manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Harbiy alyansdagi muzokarachilar NATOning iyun oyida Gaagada boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan 2032-yilgacha mudofaa va mudofaa bilan bogʻliq xarajatlar uchun yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga erishish yoʻlida muvaf

12 Apr 21:15
 
74
0
xs.uz

AQSHda vertolyot daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi (+video)

Kecha, 10-aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan 'Gudzon''daryosiga vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, vertolyot Manxettenning diqqatga sazovor joylarini kuzatish uchun soat 14:59 da havoga koʻtarilgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan uchuvchi boshqaruvni yoʻqotgan hamda Nyu-York shahrida joylashgan Gudzon daryosiga qulagan.Mazkur voqeaga guvoh boʻlganlarning taʼkidlashicha, vertolyot 'Gudzon''daryosiga urilgach p

12 Apr 21:15
 
77
0
xs.uz

Qozogʻistonda ayrim oʻzbekistonlik haydovchilar harakatiga taqiq qoʻyildi

Unga koʻra, taqiqqa uchragan fuqarolar Qozogʻistonning 'Kaspi bank' onlayn tizimidagi 'davlat xizmatlari' jarimalar qismida tayinlangan jarimani toʻlashi zarur. Shundan soʻng mazkur davlat mutasaddi tashkilotlari tomonidan qoʻyilgan cheklovni olib tashlash boʻyicha choralar koʻriladi.'Hurmatli haydovchilar, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilib, ortiqcha ovoragarchiliklardan oʻzingizni xalos eting', deyiladi xabarda.