Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda

Mazkur loyiha nafaqat tabiatni sevuvchilar, balki milliy madaniyat va gastronomiyani qadrlovchilar uchun ham diqqatga sazovor manzillardan biriga aylanishi kutilmoqda. Bugun, 4-iyun kuni, majmua ochilishi arafasida OAV vakillari obyektni borib koʻrib, bu ulkan tashabbus qanday amalga oshirilayotganiga guvoh boʻldi.
'MSA Resort' direktori Sanjar Mirahmedovning soʻzlariga koʻra, majmua mehmonlarga oʻzbekona mehmondoʻstlikning hashamatli muhitiga shoʻngʻish imkoniyatini taklif etadi. Xususan, bu yerda zamonaviy mehmonxona xonalari, milliy taomlar taqdim etiladigan restoran, degustatsiya zali va eng qiziqarlisi ' qadimiy Markaziy Osiyo anʼanalarini aks ettirgan, biroq zamonaviy qulayliklarga ega yurtalar (oʻtov) mavjud boʻladi.
Shuningdek, hududda etnolagerdan tashqari, bir vaqtning oʻzida 1000 kishidan ortiq mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlgan ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan koʻp funksiyali maydonlar, jumladan ochiq osmon ostidagi (open-air) zonalar ham boʻladi. Rejaga koʻra, kelajakda 'MSA Resort' yiliga taxminan 20 ming sayyohni qabul qiladi.
Majmuada mehmonlarga nafaqat tabiat goʻzalliklaridan bahramand boʻlish, balki uzumchilik va vinochilik madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati ham taqdim etiladi.
'Biz turizm uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadigan va mintaqaning rivojiga kuchli turtki beradigan zamonaviy, shu bilan birga milliy muhitni yaratishni maqsad qilganmiz. Yangi majmuaning asosiy gʻoyasi ' milliy qadriyatlar va madaniy merosni yorqin aks ettirishdir.
Biz sayyohlar yuqori darajadagi servisni taqdim etish bilan bir qatorda, oʻzbekona anʼanalarning ' meʼmorchilikdan tortib amaliy sanʼatgacha namoyon etishga intilamiz. Ayniqsa, uzumchilikning noyob va koʻp asrlik anʼanalarini asrab-avaylashga alohida eʼtibor qaratamiz. Buning natijasida yaratilayotgan mahsulotimiz allaqachon xalqaro darajada tan olingan', deydi 'MSA Resort' majmuasi direktori.
Yangi turistik majmuaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri ' bu 'MSA Family Winery' vino zavodi. U 2022-yildan buyon Fransiyaning mashhur Bordo shahridagi vino muzeyida Oʻzbekiston vinochilik sohasini namoyon etib kelmoqda. 2023-yili mazkur zavod Germaniyada oʻtkazilgan 'Berliner Wine Trophy' nufuzli tanlovida oltin medalga, shuningdek 'Mundus Vini' tanlovida ikkita kumush mukofotga sazovor boʻldi. 2024-yili Fransiyaning 'Concours International de Lyon' xalqaro tanlovida ikkita oltin medalni qoʻlga kiritib, 'Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan eng yaxshi vino' sifatida eʼtirof etilgan.
Shuningdek, vino zavodi vakili Yekaterina Mokrova Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilgan somelye tanlovida gʻolib chiqib, ushbu jamoaning yuqori malakasi va professionalligini yana bir bor isbotladi.
'MSA Resort' nafaqat turistlarni jalb etadi, balki 350 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratish orqali mahalliy iqtisodiyotga katta hissa qoʻshadi. Loyihaning yoʻnalishlari qamrovi keng: qishloq xoʻjaligi, gastronomik, etno va agroturizm, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish ' bularning barchasi shu maskanda jamlanadi.
Bu goʻzal maskan oʻzbek madaniyatining boy anʼanalari, tabiiy landshaftlar va zamonaviy infratuzilmani birlashtirgan oʻziga xos markazga aylanishi kutilmoqda.
Muhsin Umurzoqov,
Jaloliddin Rajabov,
'Xalq soʻzi'.
Prezident mutasaddilarga zargarlik sohasini chuqur tahlil qilishni topshirdi
Asillik inspeksiyasi Soliq qoʻmitasi va Bosh prokuratura bilan birgalikda zargarlik sohasida qatʼiy nazorat oʻrnatadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.'Ochiq aytish kerak, tartib-intizom, shaffof tizim boʻlmagan sohada 'katta sakrash' qilib boʻlmaydi. Shuncha sharoitdan keyin ham 'soya'da ishlayotganlarga nisbatan qonun ustuvorligi taʼminlanadi', dedi Prezident.Yigʻilishda shuningdek, tadbirkorlar zargarlik buyumini Asillik inspeksiyas
Toshkent suv diplomatiyasi boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga mezbonlik qiladi
Joriy yilning 10-aprel kuni Toshkentda 'Markaziy Osiyoda suv diplomatiyasi: barqaror rivojlanish yoʻlida ishonch, muloqot va koʻp tomonlama hamkorlik' mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda 'Dunyo' axborot agentligi.Maʼlum qilinishicha, ushbu tadbir Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Suv xoʻjaligi vazirligi va 'TIQXMMI' Milliy tadqiqot universiteti hamda 'Fridrix Ebert' nomidagi jamgʻarma
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to'g'risidaO'zbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniAholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'lamini kengaytirish, fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish siyosatini davom ettirish hamda ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida qaror qilaman:I.'Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish1.'2025-yil 1-iyuldan'boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta'
Oʻzbekiston Buyuk Britaniya bilan JST boʻyicha muzokaralarni yakunladi
Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoni yuzasidan Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Prezidentning JST masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Oʻrunov'maʼlum qildi.Oʻrunovning qayd etishicha, kelishuv oʻtgan oy oxirida Londonda boʻlib oʻtgan uchrashuv natijasi boʻlib, ichki tasdiqlash tartib-qoidalaridan oʻtgan. Uni imzolash 12-iyun kuni Jenevada Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha ishchi guruhning 10-yigʻilishi d