Men bu kunni goʻyoki yuz yillik urushlar tugashini kutgandek kutdim...

Ha, jahon chempionatiga chiqish Fransiya, Angliya yoki Braziliya uchun 'oddiy yangilik' boʻlishi mumkin. Ammo biz uchun butun xalq orzusining ushalishi, bir avlod umidining sharafli yakunidir.
Osmon qulab, togʻlar silkinsa kerak, deb oʻylardim. Visolga uzoq kurashdan soʻng erishilsa, shirinroq boʻladi, deyishadi. 1994-yilda FIFAga aʼzo boʻlar ekanmiz oʻsha yili oʻtkazilgan jahon chempionatini oʻtkazib yuborishimiz aniq edi. Ammo 1998-yilda Fransiya, 2002-yilda Yaponiya va Janubiy Koreya, 2006-yilda Germaniya, 2010-yilda Janubiy Afrika Respublikasi, 2014-yilda Braziliya, 2018-yilda Rossiya, 2022-yilda esa Qatar mezbonlik qilgan musobaqadan qolib ketishimizhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end
Oradan 31-yil oʻtib yana toʻrt yillikning eng nufuzli turniri ostonasida turibmiz. Taqdir hazilini qarangki, 2026-yilgi turnir ham biz FIFAga aʼzo boʻlganda oʻtkazilgan davlatda boʻlyapti. Ha, biz uchun futbol tarixi ehtimol shu nuqtadan boshlanar.
Yillar davomida biz shunday lahzani kutib yashadik ' goʻyoki Ulugʻbek yulduzlar harakatini kuzatib, kelajakni bashorat qilgandek, har safar termamiz harakati bizda 'endi boʻladi' degan ishonchni uygʻotar, ammo oxiri yana koʻzlarimizda yosh bilan qolaverardik.
Alamdan qiziqchilarimiz futbolchilar ustidan kular, biz esa yangi jahon chempionatida yana Braziliyaga, Argentinaga, Italiyaga muxlislik qilib oʻtiraverardik. Futbolda mamlakatimiz yomon natijalar koʻrsatmagan, ammo tan olib aytaylik, hech qachon bugungiday hayajon ustida emas edik.
1html5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Bu natural sonlarning eng kichigi boʻlishi mumkin. Ammo aynan shu sondagi ochko bizni uzoq kutgan orzumizga yetishtiradi. Bugungi ochko ' bu faqat raqam emas. Bu ' 'men oʻzbekistonlikman' deb faxr bilan aytadigan yangi avlod uchun oʻzini koʻrsatish imkonidir.
Bugun murodimiz hosil boʻlsa, minglab ommaviy axborot vositalarida jahon chempionatiga chiqqanimiz haqidagi xabarlarni qayta qayta, xuddi oshiq yigit maʼshuqasining maktubini ming qayta oʻqiganday oʻqishimiz tayin. Bu oʻzgacha hissiyot boʻlsa kerak. Hozirdan uni his qilayotgandayman. Qandaydir nafasim tiqilib turibdi.
Shunday kunlar bor ' butun xalq bir yurak boʻlib, ekranga, stadionga, osmonga, soatiga, onasidan qolgan toshoynasiga qaraydi. Va bugun ana shunday kun. Ha, insonning oʻzini baxtli his qilishi uchun koʻp narsa kerak emas.
Olgʻa, Oʻzbekiston!
Sanjar Shomurodov
“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
4 ta shart bo'yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin ' Ingliz filologiyasi fakultetining 'Zulfikor' jamoasi;2-o'rin ' Tarjimonlik fakultetining 'To'maris nafasi' jamoasi;3-o'rin ' Ingliz tili 2-fakultetining 'Jasorat elchilari' jamoasi.Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi:'Eng ijodkor jamoa' ' Rus filologiyasi fakultetining 'Qalqon' jamoasi;'Eng hamjihat jamoa' ' Ingliz tili 1-fakultetining 'Turon zamin qizl
Qilichbozlik: shpagachimiz bronza medali sohibi
Quvonarlisi, unda O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Vadim Anoxin bronza medalini qo'lga kiritdi.Hamyurtimiz saralash bosqichida Isroil, Gonkong, Italiya, Chexiya vakillarini mag'lubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda qozog'istonlik Ruslan Kurbanovga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi o'rin bilan yakunladi.
Karlo Anchelotti “Real Madrid”ni qachon tark etadi?
Madridning 'Real' klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda futbol olamidagi ishonchli manbalardan biri ' jurnalist Fabrisio Romano oʻzining X sahifasida xabar bergan.Manbaga koʻra, italiyalik mutaxassis 11-may, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan 'Barselona'ga qarshi La Liga 35-tur uchrashuvidan soʻng 'qaymoqranglilar' bilan rasman xayrlashadi. 'El-Klasiko'dan keyin Anchelottining ketishi haqida rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.Maʼlumotlarga k
Voleybol bo‘yicha «Millatlar ligasi» musobaqasi boshlandi
Ushbu musobaqada Eron, Hindiston, Pokiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Turkmaniston hamda O'zbekiston jamoalari o'raro kuch sinashadi.Ushbu nufuzli musobaqaning ilk uchrashuvi ' Eron va Hindiston terma jamoalari o'tasida bo'lib o'tdi. Shiddatli kechgan bahsda Eron terma jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.Musobaqalar davom etmoqda.''