Manbaga koʻra, italiyalik mutaxassis 11-may, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan 'Barselona'ga qarshi La Liga 35-tur uchrashuvidan soʻng 'qaymoqranglilar' bilan rasman xayrlashadi. 'El-Klasiko'dan keyin Anchelottining ketishi haqida rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, Karlo Anchelottiga Braziliya terma jamoasi tomonidan jiddiy qiziqish bildirilgan. Janubiy Amerikaning eng kuchli terma jamoalaridan biri 2026-yilgi Jahon chempionati oldidan yangi bosh murabbiy izlayapti va tajribali murabbiy Anchelotti bu roʻyxatning yuqori qismida turibdi. Shuningdek, Saudiya Arabistonining boy va ambitsiyali klubi 'Al-Hilol' ham 64 yoshli mutaxassis xizmatlariga eʼtibor qaratmoqda.
'Real' rahbariyati esa allaqachon Anchelottining oʻrnini egallashi mumkin boʻlgan nomzodlarni koʻrib chiqmoqda. Ayni paytda ularning diqqat markazida Leverkuzenning muvaffaqiyatli bosh murabbiyi Xabi Alonso turibdi. 9-may kuni Alonso rasmiy bayonot orqali mavsum oxirida 'Bayer'ni tark etishini eʼlon qilgan. Bu holat uning 'Real'ga qaytish ehtimolini yanada kuchaytirmoqda.
Karlo Anchelotti 'Real' bilan koʻplab yutuqlarga erishdi va klub tarixida unutilmas iz qoldirdi. Uning ketishi yangi davr boshlanishining belgisi boʻlishi mumkin.
Vazn toifasidan qatʼi nazar eng kuchli 10 nafar bokschilar kimlar ekanligini bilasizmi?
Amerikaning mashhur ESPN sport nashri bokschilar oʻrtasida vazn toifasidan qatʼi nazar tuzilgan eng kuchli 10 nafar sportchi roʻyxatini eʼlon qildi. Nashrga koʻra, reytingning birinchi oʻrnini ukrainalik bokschi Aleksandr Usik egalladi. Bu bilan u nafaqat ogʻir vazn toifasida, balki umumiy kuchli sportchilar orasida ham yetakchi sifatida eʼtirof etildi.Aleksandr Usik shu kungacha 23 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Ikkinchi oʻrinni yaponiyalik Naoya Inoue egalla
“Real Madrid” Hatoga jiddiy qiziqmoqda
Ispaniyaning 'Real Madrid' klubi yozgi transfer oynasida 'Ayaks'ning yosh va istiqbolli himoyachisi Jorrel Hato bilan shartnoma imzolashga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda 'Team Talk' nashri xabar berdi.Klub ichki siyosatida asosan erkin agentlar bilan ishlashga urgʻu berilishiga qaramay, madridliklar bu safar oʻz qoidasidan chekinishga tayyor. Bunga Hatoning koʻp qirrali oʻyini, yoshligi va taktik moslashuvchanligi sabab boʻlgan.Jorrel Hato koʻpchilik mutaxassislar tomonidan 'yangi A
Messi kelajagiga aniqlik kiritdi
Argentina terma jamoasi va AQSHning 'Inter Mayami' klubi hujumchisi Lionel Messi 2026-yilgi jahon chempionatida terma jamoa tarkibida oʻynashni xohlashini tan oldi.'Aytganimdek, bor eʼtiborimni hozirgi kunga qaratganman, lekin jahon chempionati haqida oʻylamaganman desam, yolgʻon gapirgan boʻlaman. Ha, men u haqida oʻylayman. Bu yil mening kelajagim haqida qaror qabul qilishda asosiy boʻladi. Men toʻgʻri ritmni, izchillikni topmoqchiman', ' deydi futbolchi.2026-yilgi jahon chempionati k
Karlo Anchelotti “Real Madrid”ni qachon tark etadi?
Madridning 'Real' klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda futbol olamidagi ishonchli manbalardan biri ' jurnalist Fabrisio Romano oʻzining X sahifasida xabar bergan.Manbaga koʻra, italiyalik mutaxassis 11-may, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan 'Barselona'ga qarshi La Liga 35-tur uchrashuvidan soʻng 'qaymoqranglilar' bilan rasman xayrlashadi. 'El-Klasiko'dan keyin Anchelottining ketishi haqida rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.Maʼlumotlarga k