calendar 13 May 14:39
eye 123
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Real Madrid” Hatoga jiddiy qiziqmoqda

image
Ispaniyaning 'Real Madrid' klubi yozgi transfer oynasida 'Ayaks'ning yosh va istiqbolli himoyachisi Jorrel Hato bilan shartnoma imzolashga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda 'Team Talk' nashri xabar berdi.

Klub ichki siyosatida asosan erkin agentlar bilan ishlashga urgʻu berilishiga qaramay, madridliklar bu safar oʻz qoidasidan chekinishga tayyor. Bunga Hatoning koʻp qirrali oʻyini, yoshligi va taktik moslashuvchanligi sabab boʻlgan.

Jorrel Hato koʻpchilik mutaxassislar tomonidan 'yangi Alaba' sifatida taʼriflanadi. U chap qanot himoyasi va markaziy himoyachi sifatida teng darajada yuqori saviyada oʻynay oladi. 'Real Madrid' aynan bunday universal futbolchini izlayotgani sababli Hato klub roʻyxatida yuqori oʻrinda turibdi. Hatoning kelishi klubga Alabaning klubni tark etish oldidan eng qulay variant hisoblanyapti.

Ispaniya giganti Hatoning transferi uchun Premer-liganing yirik klublari ' 'Liverpul', 'Arsenal' va 'Chelsi' bilan raqobatlashishga tayyor. 'Real Madrid' moliyaviy intizomni saqlab qolish tarafdori boʻlsa-da, bu transferda oʻzini orqaga tortmoqchi emas.

Jorrel Hato 2007-yilda Niderlandiyada tugʻilgan boʻlib, joriy mavsumda 'Ayaks' safida 28 ta oʻyin oʻtkazdi, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Yoshlik paytidanoq salohiyati bilan ajralib turgan himoyachi Yevropa grandlari eʼtiborini tortishga ulgurgan.

'Transfermarkt' portaliga koʻra, niderlandning bozor narxi 30 million yevro atrofida boʻlib turibdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:48
 
33
0
xs.uz

“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

4 ta shart bo'yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin ' Ingliz filologiyasi fakultetining 'Zulfikor' jamoasi;2-o'rin ' Tarjimonlik fakultetining 'To'maris nafasi' jamoasi;3-o'rin ' Ingliz tili 2-fakultetining 'Jasorat elchilari' jamoasi.Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi:'Eng ijodkor jamoa' ' Rus filologiyasi fakultetining 'Qalqon' jamoasi;'Eng hamjihat jamoa' ' Ingliz tili 1-fakultetining 'Turon zamin qizl

08 Jun 02:27
 
149
0
xs.uz

Xalqimiz 33 yil va 278 kun kutgan kun yoxud Oʻzbekiston Jahon chempionatida!

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarixiy yutuqqa erishib, ilk bor FIFA Jahon chempionatiga yoʻl oldi. Bu uchun Birlashgan Arab Arab Amirliklari bilan 0:0 oʻynash yetarli boʻldi.2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika davlatlarida boʻlib oʻtadi. Bu musobaqa tarixda ilk bor uchta davlatda birgalikda oʻtkazilishi bilan ajralib turadi. Turnirda 48 ta jamoa ishtirok etadi. Musobaqa davomida 104 ta oʻyin oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Hozir

17 May 21:48
 
34
0
xs.uz

Jahon kubogida oʻzbekistonlik bokschilar nechta medal oldi?

Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi bokschilari yuqori natijalar qayd etib, yurtimiz sporti tarixiga yana bir yorqin sahifa qoʻshdi.Musobaqaning soʻnggi kunida yetti nafar sportchimiz final janglarida ringga chiqib, ulardan olti nafari oltin, biri esa kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar bokschimiz bronza medali bilan taqdirlandi.Final janglarida -55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mi

17 May 21:48
 
35
0
xs.uz

“Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda

Xususan, 5-may kuni talaba-yigitlar o'rtasida badminton sport turi bo'yicha universitet birinchiligi o'tkazildi. Musobaqada 50 dan ortiq sportchilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Mazkur bellashuvlar kelajakda nufuzli sport musobaqalari uchun sportchilar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.6-may kuni esa talaba-qizlar o'rtasida basketbol sport turi bo'yicha universitet birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda 60 dan ziyod sportchilar ishtirok etib, yuqori sport mahorat