calendar 17 May 21:48
eye 33
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”

image


15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kun

JAVOB

Bir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,

Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,

Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻida

Arta biloldingmi chang-u gʻuborni '

Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?

Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,

Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,

Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,

Kurab tashladingmi tomlardan qorni '

Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?

Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,

Kimdir buzib ketsa sarvar yoʻllarni,

Kimdir ezib ketsa muztar dillarni,

Duosin oldingmi mehrga zorni '

Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?

Urush-janjallarga xamirturushlar,

Illatfurushlar-u millatfurushlar,

Afif osmoningga qilsa xurujlar,

Hosud haqirlarga tikdingmi dorni '

Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?

Javobing boʻlmasa mumtoz-mukammal:

Qoʻlingda zulfiqor, belingda kamar,

Duldul tulporingga yor boʻlsa qamar '

Yoʻldoshing sabʼai sayyor boʻladi,

Muqaddas javobing tayyor boʻladi.

QUDUQDAGI TOSH

Quduqning tubida miltillagan tosh,

Yolgʻiz odam toʻkkan yoshga oʻxshaydi.

Yolgʻizlik dardiga duchor boʻlgan bosh,

Quduq tubidagi toshga oʻxshaydi.

Sening koʻzlaring ham toʻlgandir yoshga,

Yolgʻizlik dardiga mubtalo boshsan.

Doʻst-u yoroning yoʻq oʻzingdan boshqa,

Sen ham quduqdagi bechora toshsan.

OSMONIM

Biz tuproq, yer edik,

Siz baland osmon,

Biz qaqroq choʻl edik,

Siz moviy ummon.

Qul kabi gʻarib-u nolon edik biz,

Shoh kabi kabir-u davron edingiz.

Yastanib yotibdi yer-u koʻk aro,

Cheku chegarasiz, betimsol sahro.

Har bahor men Sizga gullar tutaman,

Intizor kutaman, zor-zor kutaman.

Siz hanuz nazarga ilmaysiz, ammo

Men ham suykalishni qoʻymayman aslo.

Oʻtdi, eh-he, qancha bahorlar, kuzlar,

Oʻtdi, oʻtayotir kecha-kunduzlar.

Siz esa oʻshasiz, hamon oʻshasiz,

Osmonim, yonimga qachon tushasiz?


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
38
0
postda.uz

"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig

20 Mar 12:50
 
33
0
postda.uz

AYOL QADRI ULUG‘LANGAN YURT

Ayol – mehr-muhabbat, sadoqat va fidoyilik timsoli. Yurtimizda ayollar azaldan ulug‘lab, hamisha ardoqlab-asrab kelingan. Zotan, har qanday jamiyat va davlatning qay darajada xalqparvar hamda adolatli ekani uning xotin-qiz­larga bo‘lgan munosabati, g‘amxo‘rligi bilan belgilanadi.So‘nggi yillarda xotin-qiz­larning og‘irini yengil qilish, huquq va manfaatlarini himo­yalash, band­ligini ta’minlash, opa-singillarimiz o‘rtasida ishbilarmonlik, tadbirkorlik muhitini kuchaytirish

20 Mar 12:50
 
52
0
postda.uz

САХНА – ӨМИР АЙНАСЫ

Руӯхый-ағартыӯшылық сабағы(27-март Халық аралық театр күни)Teaтр бизиң эрамызға шекемги V әсирде Грецияда пайда болған. Оның сап тамаша түринде көриниси дәслеп әййемги Шығыста жүз берген. Ҳиндистан, Орайлық Азия, Қытай, Индонезия, Япония, Корея, Бирма, Вьетнамда театр тамаш

20 Mar 12:50
 
19
0
postda.uz

СЕҲРЛИ МУСИҚА ВА ЧИРОЙЛИ ОВОЗ

Анъанага кўра, жорий йилнинг 22 февраль куни ИИВ Маданият саройида Алоҳида намунали-кўргазмали оркестрнинг “Халқ манфаатлари йўлида хизмат қиламиз” деб номлаган ҳисобот концерти бўлиб ўтади.Бадиий раҳбар ва бош дирижёр, подполковник Муқимжон Маҳмудов бошчилигидаги жам