calendar 20 Mar 12:50
eye 41
comments 0
comments Manba: postda.uz

AYOL QADRI ULUG‘LANGAN YURT

image

Ayol – mehr-muhabbat, sadoqat va fidoyilik timsoli. Yurtimizda ayollar azaldan ulug‘lab, hamisha ardoqlab-asrab kelingan. Zotan, har qanday jamiyat va davlatning qay darajada xalqparvar hamda adolatli ekani uning xotin-qiz­larga bo‘lgan munosabati, g‘amxo‘rligi bilan belgilanadi.

So‘nggi yillarda xotin-qiz­larning og‘irini yengil qilish, huquq va manfaatlarini himo­yalash, band­ligini ta’minlash, opa-singillarimiz o‘rtasida ishbilarmonlik, tadbirkorlik muhitini kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining qa­riyb yarmini tashkil etadigan ayollarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bandligini ta’minlash, iste’dodi hamda qobiliyatini yuzaga chiqa­rish, gender tenglikka erishish borasida izchil ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Avvalo, xotin-qizlarni barcha jabhalarda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan huquqiy baza yaratildi. Jumladan, ayollar huquqlari himoyasini tubdan kuchayti­rish, ularning turmush sharoitini yaxshilash, ta’lim olishi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun keng imkoniyat yaratishga qaratilgan 4 ta qonun, davlatimiz rahbarining 10 ga yaqin farmon va qaror­lari, Vazirlar Mahkamasining 

14 ta qarori qabul qilindi. Qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilinib, milliy qonunchiligimiz asoslari takomillashtirildi. Yangilangan Konstitutsiyamizda esa xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi, xotin-qizlar hamda erkaklarga davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, jamiyat va boshqaruv hayoti­ning boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlar yaratib berilishi belgilab qo‘yildi. 

Xuddi shuningdek, xotin-qiz­larning siyosiy hayotdagi faolligini oshirishga e’tibor qaratilib, Saylov kodeksiga depu­tatlikka nomzodlar ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy soni­ning 30 foizidan 40 foiziga oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgarti­rishlar kiritilgani ham e’tiborga molikdir.

So‘nggi yillarda xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Birgina «Ayollar daftari» bo‘yicha katta miqdordagi mablag‘lar ajratilib, minglab xotin-qizlarni qiynab kelayotgan muammolarga barham berilyapti. Minglab opa-singillarimiz mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga, tadbirkorlikka o‘qitilmoqda, ularga imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. 

Ma’rifatparvar bobolarimiz bejiz «Onalarni o‘qitsak, millatni o‘qitgan bo‘lamiz» degan fikr bilan o‘zbek ayollarining bilimli, ilmli bo‘lishi yo‘lida jon kuydirmagan. Hozirgi kunda qizlarimizning oliy ta’lim olishi, zamonaviy kasb-hunar va texnologiyalarni, xorijiy tillarni egallashiga katta ahamiyat berilmoqda. Boshqacha aytganda, bilim olaman, kasb-hunar egallayman, ilm-fan bilan shug‘ullanaman, degan xotin-qizlar uchun keng imkoniyatlar bor. Ularga maxsus kvotalar ajratilgan, shartnoma to‘lovlari davlat byudjetidan qoplanmoqda, imtiyozli kreditlar taqdim etil­yapti.

Bunday g‘amxo‘rlik qizla­rimizda bilim olishga bo‘lgan rag‘batni, kelajakda jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini topishga bo‘lgan sa’y-harakatni kuchaytirib yubordi. Agar bundan 6 yil oldin oliy ta’lim muassasalarida 110 ming nafar xotin-qiz tahsil olgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda bu raqam qariyb 5 barobarga ko‘paydi. Bu misli ko‘rilmagan natija, albatta. Qolaversa, 

oxirgi yetti yilda 5 ming nafardan ortiq xotin-qizlar fan doktori (DSc) va o‘z sohalari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgani ham quvonarlidir. 

Umuman olganda, hozirgi vaqtda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki kengayib, davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va roli tobora oshib bormoq­da. Xususan, xotin-qizlar­ning davlat boshqaruvidagi ulushi 2017-yildagi 

27 foizdan 35 foizga yetgani, ayniqsa, ahamiyatli. Parlament faoliyatida esa ularning ulushi 

32 foizga yetdi. Bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga to‘la mos keladi. Shu bilan birga, so‘nggi besh yil ichida yurtimizda tadbirkor ayollar safi ikki barobar kengayib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor xotin-qizlar soni 

205 ming nafardan oshdi. 

Boshqa ko‘plab sohalar­dagi kabi, mamlakatimiz ichki ishlar organlarida ham ko‘plab fidoyi xotin-qiz xodimalar xiz­mat qilmoqda. Ular orasida yurt tinchligi va xalq oso­yishtaligini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari tufayli davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan, turli xalqaro sport musobaqalarida, nufuzli ko‘rik-tanlovlarda g‘olib chiqqan, umuman, xizmatda va hayotda ulkan muvaffaqiyatlarga erishganlari bisyor. Erkaklar bilan yelkama-yelka, bir safda turib xiz­mat qilayotgan ana shunday opa-singillarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.

Xullas, bugun fermerlik harakati deysizmi yoki biznes, ilm-fan, tibbiyot, ta’lim-tarbiya, madaniyat va san’at sohalarini olasizmi, birontasini ayollarning ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

Mamlakatimizda xotin-qiz­larni qo‘llab-quvvatlash, ular­ning jamiyatdagi roli va nufuzi­ni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xalqaro miqyosda keng e’tirof etilmoqda. Masalan, Jahon bankining o‘tgan yili e’lon qilingan «Ayollar, biznes va qonun» nomli yillik hisobotida O‘zbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etildi. 190 ta davlatdagi holat 10 ta ko‘rsatkich bo‘yicha baholangan mazkur indeksda mamlakatimizda, ayniqsa, mehnat munosabatlari va oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurash sohasida amalga 

oshirilgan islohotlar muvaffaqiyatli deb topilgan. 

Turli soha va tarmoqlarda fidokorona xizmat qilayotgan ayollarning mehnatini munosib qadrlash davlatimizning doimiy e’tiborida. Mustaqillik yillarida Vatanimiz va xalqimiz oldidagi munosib xizmatlari uchun ayollarimizdan 17 nafari eng oliy mukofot – «O‘zbekis­ton Qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi. Qolaversa, 

11 nafar ayol fan sohasidagi eng yuksak darajaga, ya’ni akademik unvoniga sazovor bo‘lganini, minglab xotin-qiz­larimiz davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlab kelinayotganini el-yurtimizning ularga nisbatan yuksak ehtiromi ifodasi sifatida baholash joiz. 

Binobarin, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, «Qadr ayoldan boshlansa, qadrimiz yanada baland bo‘ladi!». 

Kamol OLLOYOROV,

o‘z muxbirmiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
359
0
xs.uz

Prezident IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi

Hurmatli festival qatnashchilari, muhtaram mehmonlar!Avvalo, siz, azizlarni ochiq osmon ostidagi betakror muzey shahar ' qadimiy Xivada o'tkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Bugungi san'at bayramida ishtirok etayotgan nufuzli xalqaro tashkilotlar va qardosh mamlakatlar vakillariga, dunyoning qirqdan ziyod mamlakatidan kelgan xalq ijodiyoti namoyandalari, atoqli madaniyat va san'at arboblariga samimiy tashakkurim, yuksak hur

13 May 14:39
 
382
0
xs.uz

26-aprel — Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

Garchi zugʻum qilganlarni yoqtirmadim,Sheʼr yozdimu boʻlak ishni qotirmadim.Tilim turib oʻz tilimda gapirmadim,Bir eslasam eziladi bagʻri-dilim,Ona tilim, kechir meni, ona tilim.'Onam 'erkam' deb quchganda tunlar yarim,Erkim yoʻq deb zirqirardi bir joylarim,Parovozni hansiratgan bugʻdoylarim,Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim,Ona tilim, kechir meni, ona tilim.'Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,Oʻzbekni qon qaqshatganni oʻzbek siylar,Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,Topganimiz handa

01 Jun 03:48
 
19
0
xs.uz

Taniqli bastakor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston sanʼat arbobi, taniqli kompozitor hamda professor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati'xabar berdi.Dilorom Omonullayeva 1959-yil 1-oktyabrda Toshkentda musiqachilar oilasida tugʻilgan. U 1990-1993-yillarda konservatoriyada 'Bastakorlik va cholgʻulashtirish kafedrasi'da oʻqituvchi boʻlib ishlagan.Omonullayeva ijodiy faoliyati davomida 300 dan ortiq musiqiy asarlar yaratgan. Un

31 May 08:51
 
6
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj

Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri