calendar 01 Jun 03:47
eye 45
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident Makkada boʻlib turgan muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonlashdi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-may kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi.

Hozirgi muborak kunlarda aziz yurtdoshlarimiz Haj ziyorati uchun Makkai mukarramada bo'lib turishibdi. Davlatimiz rahbari ular uchun yaratilgan sharoitlar, nuroniylarning salomatligi va kayfiyati haqida so'radi.

Muftiy hazratlari Haj amallarini sidqidildan, mukammal ado etish uchun barcha tashkiliy choralar ko'rilganini ta'kidladi.

Ayni paytda 15 ming nafar hojilarimizning barchasi Saudiya Arabistoniga yetib borgan. Ularga 300 dan oshiq guruh rahbari, 50 nafar oliy toifali shifokor, 10 dan ziyod oshpazlar va boshqa mutaxassislar hamrohlik qilmoqda.

Bu yil, O'zbekiston tomonining talabiga muvofiq, Arafot hududidagi chodirlar yopiq tarzda barpo etildi. Ularning atrofi issiq o'tkazmaydigan panellar bilan o'ralgan, sovutish tizimi o'rnatilgan, gilam va to'shaklar solingan. Bu hozirgi yoz kunlarida ziyoratchilarga qo'shimcha qulaylik yaratadi.

Bir so'z bilan aytganda, bu yilgi haj mavsumiga yanada yuqori darajada tayyorgarlik ko'rilib, barcha zarur sharoitlar hozirlandi. Bundan qalbida shukronalik hissi jo'shgan yurtdoshlarimiz muqaddas joylarda turib, Yaratgandan mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini so'rab duolar qilmoqda.

Muftiy Nuriddin Xoliqnazar Prezidentimizga ulug' ibodat fayzi bilan yurgan hojilarimizning salomi va duolarini yetkazdi. Davlatimiz rahbari barcha ziyoratchilarga salom yo'llab, yurtimizga sog'-omon kelishlarini tiladi.

Suhbat samimiy va ko'tarinki ruhda o'tdi. Muhtaram hojilar O'zbekistonga qaytgach, mahallalarda ijtimoiy muhitini mustahkamlash, ehtiyojmand insonlarga ko'mak berish, yoshlarni ilm-ma'rifatga targ'ib etishda namuna ko'rsatishlariga umid bildirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
37
0
xs.uz

Fargʻona davlat texnika universitetida “Yoshlar texnoparki” tashkil etildi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Maʼlumki, Fargʻona davlat texnika universitetida taʼlim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Universitet qoshida tashkil etilgan spin-off kompaniyalari professor-oʻqituvchilar, magistr va talabalarni viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ilmiy va innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etishga keng jalb qilmoqda.Shu bilan birga, dual taʼlim tizimi

17 May 21:46
 
25
0
xs.uz

“Muammolarni “Tashabbusli byudjet” orqali hal qilyapmiz”

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Keyingi paytda aholi oʻrtasida 'Tashabbusli byudjet' loyihasiga qiziqish ortib bormoqda. Har bir hudud aholisi ushbu platformada loyihasi yetarli ovoz olishi uchun faol ishtirok etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan 'Tashabbusli byudjet' loyihasi mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish, moliyaviy imkoniyatlarni muhim masalalarga yoʻnaltirish va byudjet sarfining shaffofligini taʼminlashda muhim oʻrin tutmoqda. Oʻz nav

18 Apr 11:07
 
59
0
xs.uz

Endilikda lotereya va bukmekerlik litsenziya asosida amalga oshiriladi

Unga koʻra, Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kapital bozori, sugʻurta bozori va lotereyalarni tartibga solish boʻyicha vakolatlar yuklatildi. Shuningdek, 'Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida'gi qonunga ham oʻzgartish kiritilib, sugʻurta tashkilotlari rahbariyati va mulkdorlarining ishchanlik obroʻsiga qoʻyiladigan talablar belgilandi.Ushbu oʻzgarishlar Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun [OʻRQ-1057

15 Apr 07:05
 
88
0
xs.uz

Diqqat: Endi avtomobillar bilan bogʻliq qoidabuzarliklar “Road 24” ilovasi orqali tekshirilmaydi

Endilikda haydovchilar shaxsiy avtotransport vositalari bilan bogʻliq maʼlumotlarni 'Road 24' mobil ilovasi orqali bila olmaydilar. Bu haqida YHXX axborot xizmati boshligʻi Zoyir Yoʻldoshov maʼlum qildi.Bildirilishicha, 'Road 24' mobil ilovasi hamda YHXX oʻrtasidagi yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar toʻgʻrisida maʼlumot almashinuvi batamom toʻxtatilgan.Shuningdek, endilikda haydovchilardan 'Safe Road YHXX' ilovasini yuklab olish orqali shaxsiy avtomobili