calendar 17 May 21:46
eye 24
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Muammolarni “Tashabbusli byudjet” orqali hal qilyapmiz”

image
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Keyingi paytda aholi oʻrtasida 'Tashabbusli byudjet' loyihasiga qiziqish ortib bormoqda. Har bir hudud aholisi ushbu platformada loyihasi yetarli ovoz olishi uchun faol ishtirok etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan 'Tashabbusli byudjet' loyihasi mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish, moliyaviy imkoniyatlarni muhim masalalarga yoʻnaltirish va byudjet sarfining shaffofligini taʼminlashda muhim oʻrin tutmoqda. Oʻz navbatida, loyiha ijtimoiy muammolarni hal etish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish va fuqarolarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini oshirishga xizmat qilmoqda.

Surxondaryo viloyatida joriy yilda 'Tashabbusli byudjet'ning birinchi doirasida 170 ta taklif gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlib, bu tizim aholini bir maqsad yoʻlida jipslashtirmoqda. 'Tashabbusli byudjet'da Oltinsoy tumanida jami 10 ta taklif gʻoliblikni qoʻlga kiritgandi. Natijada hududlar obod boʻlib, aholi farovonligi taʼminlanmoqda. Jumladan, Oltinsoydagi 'Qorliq' mahallasida 'Tashabbusli byudjet' loyihasi doirasida koʻp yillardan buyon oʻz yechimini kutib turgan muammolar ijobiy hal etildi. Mahalla ahlining bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishi natijasida 2021-2025-yillarda yoʻl, suv, elektr energiyasi, ijtimoiy soha obyektlarini qurish kabi yoʻnalishlar boʻyicha jami 6 ta loyiha uchun 7 milliard 700 million soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirildi. Ushbu moliyaviy sarmoyaning 1 milliard 200 million soʻmi hududdagi 64-umumtaʼlim maktabini rekonstruksiya qilish, kerakli jihozlar bilan taʼminlash uchun ishlatildi.



' 'Tashabbusli byudjet' tanlovida 1 milliard 200 million soʻm mablagʻ yutib oldik, ' deydi 64-umumtaʼlim maktab direktori Sherzod Xudoyqulov. ' Har bir sinfxonalar elektron doskalar, yangi stol-stul kabi zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi. 45 ta soʻnggi rusumdagi kompyuter xarid qildik. Ayni paytda 23 nafar oʻquvchimiz IT sohasi boʻyicha muntazam shugʻullanmoqda. Loyihaning kasbga yoʻnaltirish boʻyicha 10 ta tikuv mashinasi, 2 ta overlok uskunasini yutib oldik. Ularni bitta xonamizga oʻrnatganmiz. Ayni paytda 18 nafar oʻquvchi qizlarimiz chevarlik bilan shugʻullanmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida mahalla infratuzilmasi tobora yaxshilanib bormoqda. Bir paytlari qishda loy, yozda chang boʻlib yotadigan jami 23,8 kilometr ichki yoʻllarga bugun toʻliq asfalt qoplamasi yotqizilgan.



' Muammolarni 'Tashabbusli byudjet' orqali hal qilyapmiz, ' deydi shu mahallada yashovchi Rayhon Xudoyorova. ' Mahallamiz obod boʻlib bormoqda. Ariqlarimizda suvlar oqib turibdi, yoʻllarimiz ravon, yangi transformator oʻrnatildi. Yaqinda ichimlik suvi tarmogʻi butun mahallamiz boʻylab toʻliq tortildi. Turmushimiz shahardagidan qolishmaydi. Uylarimizda barcha sharoitlarimiz bor. Barcha islohotlar xalq manfaati uchun degani shu boʻlsa kerak. Buni har birimiz oʻz turmush-tarzimizda guvohi boʻlyapmiz.

'Tashabbusli byudjet' loyihasi aholini bir maqsad yoʻlida birlashib, har bir yumushni bamaslahat qilishga undamoqda. Chunki ushbu tizim yordamida fuqarolar mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, ichki yoʻllar qurish, bogʻcha, maktablarni taʼmirlash kabi muhim ijtimoiy masalalar boʻyicha loyihalarni taklif etib, mahalliy byudjetning taqsimlanishida faol ishtirok etmoqda. Natijada mahalla hududidagi 56-sonli oilaviy poliklinikasi 'Qorliq' filiali ham qaytadan qurilib, zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlandi.



' Oilaviy poliklinikamizning ilgarigi holati abgor holatda edi, ' deydi mehnat faxriysi Mamasaid Roziqov. ' Tomlaridan chakki tomardi, kutish zallarining oʻzi yoʻq edi. Xonalari qishda sovuq, yozda issiqligidan oʻtirishning imkoni boʻlmasdi. Biror uskuna yoʻqligidan arzimagan ish bilan ham tuman markaziga borishga majbur boʻlardik. Bugun shinam xonalarning har biri oʻz yoʻnalishi boʻyicha zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Salomatligimiz va farovonligimiz yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlardan xursandmiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
7
0
xs.uz

Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro viloyatida oʻtgan yilda umumiy qiymati 42,3 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Sanoatning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 19,9 foizga, kichik biznesning sanoatdagi hissasi 41,2 foizga yetdi. Kimyo va neft, oziq-ovqat, yengil sanoat yoʻnalishlari yetakchi tarmoq vazifasini oʻtayapti. Joriy yil yakuniga borib, 48,6 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Bu oʻsish surʼati 105 foizni tashkil etishini an

31 May 08:49
 
1
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMarkaziy Osiyo - Italiyahtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sammitida ishtirok etadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 30-may kuni Ostona shahrida bo'lib o'tadigan 'Markaziy Osiyo ' Italiya' formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi.Tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya Bosh vaziri ishtirok etishi ko'zda tutilgan.Kun tartibiga muvofiq, ko'p qirrali hamkorlikni, eng avvalo 'yashil' iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va ta'lim sohalarida yanad

31 May 08:49
 
16
0
xs.uz

Endi nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi

'Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT 'Xalq banki' tomonidan pensiyalarni na

31 May 08:49
 
16
0
xs.uz

MIB tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmi ishlab chiqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 19-may kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi nizomga koʻra, davlat ijrochilari va davlat ijrochisi maqomiga ega boʻlgan xodimlar ijro yigʻimi hisobidan moddiy ragʻbatlantiriladi.Ushbu nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini belgilab beradi.Nizomga muvofiq, moddiy ragʻbatlantirishning aniq miqdori Ijro ishi yuri