calendar 01 Jun 03:48
eye 47
comments 0
comments Manba: xs.uz

Taniqli bastakor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi

image
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston sanʼat arbobi, taniqli kompozitor hamda professor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati'xabar berdi.

Dilorom Omonullayeva 1959-yil 1-oktyabrda Toshkentda musiqachilar oilasida tugʻilgan. U 1990-1993-yillarda konservatoriyada 'Bastakorlik va cholgʻulashtirish kafedrasi'da oʻqituvchi boʻlib ishlagan.

Omonullayeva ijodiy faoliyati davomida 300 dan ortiq musiqiy asarlar yaratgan. Uning qoʻshiqlari Kumush Razzoqova, Kozim Qayumov, Mavluda Oynaqulova, Aʼlo Rahimova, Raʼno Boʻronova kabi mashhur sanʼatkorlar tomonidan maromiga yetkazib ijro etilgan.

Koʻp yillar davomida sanʼatning estrada va kompozitorlik sohasida faoliyat yuritgan va ushbu sanʼatni rivojlantirishda fidokorona xizmat qilgan Omonullayeva 'Doʻstlik' ordeni, 'Ofarin' mukofoti, shuningdek, 'Madaniyat va sanʼat fidokori' hamda I darajali 'Mehnat faxriysi' koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari tahririyati marhumaning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
105
0
xs.uz

Xivada oʻtkazilgan baxshilar bahsi yakunlandi. Gʻolib va sovrindorlar maʼlum

Bugun, 28-aprel kuni Xiva shahrida oʻtkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. 26-aprel sanasida start olgan mazkur festivalda mahalliy hamda xalqaro ishtirokchilar qatnashdi. Baxshilar bahslari Ichan qalʼa majmuasida joylashgan badiiy sahnada oʻtkazildi.Mazkur festivalda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlaridan hamda Oʻzbekistondan tashrif buyurgan 200 ga yaqin baxshilar ishtirok etishdi. Uch kun davom etgan mazkur tadbir dunyonin

13 May 14:39
 
371
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
52
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

12 Apr 21:16
 
605
0
xs.uz

“Umida” (Fudziyama haqida tush) filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabariga ko'ra, ushbu film O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan, 'O'zbekfilm' kinokonserni tomonidan suratga olingan.Premerada taniqli kinoijodkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va san'at ixlosmandlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida film mazmuni, g'oyasi va dolzarbligi haqida chuqur fikrlar bildirildi.Film voqealari o'z kasbiga sodiq, insonlarga chin dildan yordam beruvchi psix