calendar 13 May 14:39
eye 87
comments 0
comments Manba: xs.uz

Xivada oʻtkazilgan baxshilar bahsi yakunlandi. Gʻolib va sovrindorlar maʼlum

image


Bugun, 28-aprel kuni Xiva shahrida oʻtkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. 26-aprel sanasida start olgan mazkur festivalda mahalliy hamda xalqaro ishtirokchilar qatnashdi. Baxshilar bahslari Ichan qalʼa majmuasida joylashgan badiiy sahnada oʻtkazildi.

Mazkur festivalda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlaridan hamda Oʻzbekistondan tashrif buyurgan 200 ga yaqin baxshilar ishtirok etishdi. Uch kun davom etgan mazkur tadbir dunyoning turli davlatlaridan tanlab olingan hakamlar hayʼati tomonidan diqqat bilan kuzatilib, har bir baxshining aytimlari baholab borildi.

Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali yopilish marosimidan oldin bahslarda ishtirok etgan baxshilarning egallagan oʻrinlari oʻqib eshittirildi.

IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali yakunida ishtirokchilar quyidagi natijalarni qayd etdi:

Eslatib oʻtamiz, 'Gran-Pri' mukofoti ' 7 000 AQSH dollarini tashkil etadi. 1-2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar uchun mos ravishda har bir yoʻnalishda 2 ta nominatsiya (Doston ijrochiligi yoʻnalishi, Cholgʻu ijrochiligi yoʻnalishi) boʻyicha 5 000, 3500 hamda 2500 AQSH dollaridan mukofotlanishi belgilangan edi.

Bundan tashqari, Xivaning Ichan qalʼa majmuasida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali taqdirlash marosimi davomida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Rahimovga Madaniyat vazirligining 'Madaniyat va sanʼat fidokori' koʻkrak nishonini taqdim etdi.

Maʼlumot uchun, Xalqaro baxshichilik festivali Oʻzbek milliy baxshichilik va dostonchilik sanʼatining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targʻib qilish, yosh avlod qalbida ushbu sanʼat turiga hurmat va eʼtibor tuygʻularini kuchaytirish, turli xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-maʼnaviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytirish maqsadida, 2019-yildan buyon oʻtkazilib kelinadi.

Otabek SAIDAHMADOV 'Xalq soʻzi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
132
0
xs.uz

Vatanga muhabbat izhori

Hazorispand boʻlsam sahrolaringda,Feruza tosh boʻlsam daryolaringda,Hayit oyi boʻlsam samolaringda,Mehr-u vafo ' koʻrar dunyolaringda,Seni yomon koʻzdan asramoq uchun!Ostonangda yotgan iting boʻloyin,Naslingni pok tutgan suting boʻloyin,Koʻzingdagi hurlik oʻting boʻloyin,Baland togʻlarda burguting boʻloyin,Seni gʻanim koʻzdan asramoq uchun!Soʻzim bor ' savashda qilich boʻloli,Shaxdim bor ' quvvati birinch boʻloli,Yaxshi-yomoningda ilinj boʻloli,Ipak jonim metindan sinch boʻlol

04 Apr 16:20
 
63
0
xs.uz

Ashtarxoniylar davri tarixchisi haqida kontentlar tayyorlanadi

Shu maqsadda yo'lga qo'yilishi rejalashtirilgan 'Muhammad Vafo Karminagiy' medialoyihasi tarixiy manbalarni ilmiy asosda tadqiq etish, keng jamoatchilikka taqdim etish hamda yosh avlodga boy madaniy merosimizni yetkazish yo'lida muhim ahamiyat kasb etadi. Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati xabariga ko'ra, loyiha doirasida Karminagiyning ilmiy ishlari o'rganilib, u haqidagi ma'lumotlar keng ommaga yetkaziladi. Shu bilan birga, tadqiqot natijalari asosida ilmiy ishlanmalar tayyorlanadi

13 May 14:39
 
12
0
xs.uz

Bepul kinonamoyishlar — barcha uchun

Kinematografiya agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan eng sara o'zbek filmlarining namoyishini 'Muhabbat bahori' filmi boshlab berdi. Unda kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Film rejissyori Ibrohim Rasulov va aktrisa Shahnoza Hojimurodova tomoshabinlar bilan suhbatda filmning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil to'xtalib o'tishdi.Filmda ikki ijodkor ' O'zbekiston xalq shoiri Zulfiya va jamoat arbobi, taniqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbati, ijod va hayot y

22 Mar 08:55
 
69
0
xs.uz

Qur’oni karim qo‘lyozmalarining xronologik tadriji yaratiladi

Markaz katta ilmiy xodimi Abdulaziz Mansur va Islom dini merosini saqlash bo'limi boshlig'i Mirzo Kenjabek xorij fondlarida saqlanayotgan Qur'oni karim qo'lyozmalarini davrlashtirish haqida fikr bildirishdi. Ular har bir qo'lyozmaning tarixiy ahamiyati, xattotlik namunalari va qog'oz turlari davrga bog'liq ravishda farq qilishini ta'kidlashdi.Shuningdek, muhokama doirasida 91 ta Qur'on qo'lyozmasi ko'rib chiqildi. Keyingi bosqichda yana 180 ta qo'lyozma o'rganilishi va asl nusxalarga tayangan ho