calendar 22 Mar 08:55
eye 81
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qur’oni karim qo‘lyozmalarining xronologik tadriji yaratiladi

image
Markaz katta ilmiy xodimi Abdulaziz Mansur va Islom dini merosini saqlash bo'limi boshlig'i Mirzo Kenjabek xorij fondlarida saqlanayotgan Qur'oni karim qo'lyozmalarini davrlashtirish haqida fikr bildirishdi. Ular har bir qo'lyozmaning tarixiy ahamiyati, xattotlik namunalari va qog'oz turlari davrga bog'liq ravishda farq qilishini ta'kidlashdi.

Shuningdek, muhokama doirasida 91 ta Qur'on qo'lyozmasi ko'rib chiqildi. Keyingi bosqichda yana 180 ta qo'lyozma o'rganilishi va asl nusxalarga tayangan holda davriy aniqlikka erishish mumkinligi qayd etildi.

Qur'onlarning qaysi hukmdorlar davrida yozilgani va saqlash tartibi muhim ahamiyatga ega bo'lib, markaz tomonidan xorijdan maxsus Qur'on qo'lyozmalarining asli yoki faksimileni olib kelish ishlari davom etmoqda. Xronologik tartiblangan Qur'oni karim qo'lyozmalari Markazning Qur'oni karim zali ekspozitsiyasidan joy egallaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
206
0
xs.uz

Navoiydan bahra olgan Gʻarb

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,

13 May 14:39
 
730
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
604
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

31 May 08:51
 
576
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj

Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri