calendar 31 May 08:51
eye 70
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj

image


Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.



Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻrikenglik va manfaatli sheriklik ruhida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.





Majlisda sahna sanʼati, teatr, kino, muzey ishi, moddiy va nomoddiy madaniy meros yoʻnalishlaridagi hamkorlik alohida eʼtirof etildi. Xususan, tomonlar sahna sanʼati boʻyicha hamkorlikni kuchaytirish, madaniyat kunlarini muntazam oʻtkazish, yangi formatlar ishlab chiqish va ijtimoiy ahamiyatni oshirish zarurligini taʼkidladi.



Taʼlim sohasidagi hamkorlik masalalarida tomonlar ijodiy taʼlimni rivojlantirish, oʻzbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish, federal byudjet hisobidan Rossiyada taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirishga eʼtibor qaratdi. Shu bilan birga, ikki davlat taʼlim muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish, oʻqituvchi va talabalar almashinuvi, mahorat darslari, seminar va maʼruzalarni tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.



Kinematografiya boʻyicha hamkorlikda, tomonlar har yili Kino kunlari almashinuvi, filmlar namoyishi, kinoijodkorlarning festival va tanlovlarda ishtiroki, shuningdek, qoʻshma filmlar ishlab chiqish, kinosanoat mutaxassislari oʻrtasida bevosita aloqalar oʻrnatish, xalqaro tajribani oʻrganish kabi yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirish muhimligini qayd etdi.



Majlisdan soʻng Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Sergey Jilinning fonograf-simfo-jaz orkestri, shuningdek, taniqli rus estradasi vakillari ' xizmat koʻrsatgan artist Pelageya, 'Ovoz' loyihasi gʻoliblari Sergey Volchkov va Aleksandra Vorobyova, xalqaro 'Vokal' tanlovi oltin medal sohibi Onopchenko hamda Tatariston Respublikasining xizmat koʻrsatgan artisti Elmira Kalimullinalar ijrosida konsert dasturlari namoyish etildi.

Tadbirning yakuniy qismi 30-mayda Samarqanddagi 'Boqiy shahar' sayyohlik majmuasida oʻtkaziladigan yopilish marosimi bilan nihoyasiga yetadi. Mazkur uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim qadam boʻldi.



























Foto: Davronbek Ernazarov / 'Xalq soʻzi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
33
0
xs.uz

Bepul kinonamoyishlar — barcha uchun

Kinematografiya agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan eng sara o'zbek filmlarining namoyishini 'Muhabbat bahori' filmi boshlab berdi. Unda kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Film rejissyori Ibrohim Rasulov va aktrisa Shahnoza Hojimurodova tomoshabinlar bilan suhbatda filmning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil to'xtalib o'tishdi.Filmda ikki ijodkor ' O'zbekiston xalq shoiri Zulfiya va jamoat arbobi, taniqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbati, ijod va hayot y

31 May 08:51
 
78
0
xs.uz

Eksponatlar bilan boyigan muzey

Ushbu eksponatlar orasida, ayniqsa, 1965-yildan ishlab chiqarila boshlangan 'Molodyojniy' rusumidagi elektrofon e'tiborni tortadi. Bu uskuna san'atkor hayotining so'nggi yillariga to'g'ri kelgan davr mahsuli bo'lgani bilan tarixiy jihatdan muhimdir.Shuningdek, fondga san'atkorga tegishli va hozirgi kunda juda noyob, tarixiy fotosuratlar ham topshirildi. Mazkur eksponatlar T. Jalilov merosini chuqurroq o'rganish, uning hayoti va ijodini keng jamoatchilikka yetkazish imkoniyatini oshiradi.

31 May 08:51
 
75
0
xs.uz

Mualliflik huquqini buzgan 10 nafar xonanda litsenziyasidan ayriladi

Oʻzbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun litsenziyasidan ayrilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi. Bunday hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat hujjatining bekor qilishni soʻrab sudga murojaat yoʻllashi lozim.Shunga koʻra, Adliya vazirligi s

13 May 14:39
 
363
0
xs.uz

Prezident IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi

Hurmatli festival qatnashchilari, muhtaram mehmonlar!Avvalo, siz, azizlarni ochiq osmon ostidagi betakror muzey shahar ' qadimiy Xivada o'tkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Bugungi san'at bayramida ishtirok etayotgan nufuzli xalqaro tashkilotlar va qardosh mamlakatlar vakillariga, dunyoning qirqdan ziyod mamlakatidan kelgan xalq ijodiyoti namoyandalari, atoqli madaniyat va san'at arboblariga samimiy tashakkurim, yuksak hur