calendar 01 Jun 03:47
eye 49
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston notariuslarining II milliy kongressi boʻlib oʻtdi

image
Kongress 'Koʻchmas mulk: Rasmiylashtirish. Muammolar. Takliflar' mavzusida oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurov moderatorlik qildi.

Tadbirda 10 ga tashkilot va muassasalardan 300 yaqin ishtirokchilar ishtirok etishdi. Jumladan, Adliya vazirligi, sud, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Yuristlar malakasini oshirish instituti, Kadastr agentligi va notariat sohasidan milliy ekspertlar, shuningdek Oʻzbekistonning barcha hududlaridan notariuslar qatnashishdi.

Shu bilan birga, tadbirda Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon davlatlaridan xorijiy ekspertlar ham ishtirok etishdi. Kongressda koʻchmas mulkni tasarruf etish bilan bogʻliq dolzarb muammoli masalalar koʻrib chiqildi.

Xususan, Adliya vazirligi boshqarmasi boshligʻi M.Xatamov 'Koʻchmas mulkni roʻyxatga olishning oʻziga xos xususiyatlari' mavzusida, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz direktori A.Saidov 'Mulk huquqlarini roʻyxatga olishda inson huquqlarini taʼminlash' mavzusidagi maʼruzalar qilishdi.

Ishtirokchilar ayniqsa, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz direktori Akmal Saidovning maʼruzasini katta qiziqish bilan tingladilar.

Notiq oʻz nutqida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 65-moddasida Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan Oʻzbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi taʼminlanishi, xususiy mulkning daxlsizligi, mulkdor oʻz mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi mustahkamlab qoʻyilganini taʼkidladi hamda Oʻzbekistonda koʻchmas mulkning konstitutsiyaviy asoslari yaratilganligini aytib oʻtdi.

Shu bilan birga Kongress ishtirokchilari diqqatini uchta dolzarb muammoga qaratdi. Bular yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning barqaror emasligi, mulkdor oʻz mulkidan erkin foydalanishni cheklaydigan holatlarning mavjudligi, mulkdorga yetkazilgan zarar rasman tan olinsa-da uni undirish jarayonining murakkabligidir.

'Bu muammolarni hal qilish ' Inson huquqlarini taʼminlashdir. Notarial harakatlarning maqsadi ham inson huquqlarini taʼminlashdan iborat. Inson huquqlari madaniyatini shakllantirish juda dolzarb. Notarial palata bilan Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz oʻrtasida bugun imzolanadigan memorandum ana shu maqsadlarga qaratilgan. Shu bilan birgalikda Notarial palata huzurida Axborot-resurs markazi tashkil etishni rejalashtirganmiz. Bu markazlar viloyatlar markazlarida ham boʻladi va aholining dolzarb savollariga huquqiy maslahatlar beriladigan markazlar boʻladi. Shu bilan birga notariuslar malakalarini oshirish, ilmiy ishlar qilish boʻyicha rejalar qilingan', ' dedi Akmal Saidov oʻz soʻzida.

Davlat kadastrlari palatasi Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Ahad Nasritdinov oʻz maʼruzasida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish borasidagi yangiliklar va mavjud muammolar masalasiga toʻxtalib oʻtdi.

Kongress doirasida Oʻzbekiston Notarial palatasi hamda Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbirda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi notarius Oʻ.Muxtorovning 'Koʻchmas mulkni roʻyxatga olish borasidagi muammolar va ularning yechimlari' mavzusidagi maʼruzasi tinglandi. Notarius oʻz amaliyotlarida uchrab turadigan muammolar va ularning yechimlari boʻyicha konkret takliflarni ilgari surdi.

Ishtirokchilar notarial tasdiqlangan bitimlardan kelib chiqqan nizolarni hal etish bilan bogʻliq sud amaliyoti haqida Namangan viloyat sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi N.Ahadovaning maʼruzasini qiziqish bilan tingladilar.

Shuningdek, xorijlik mehmonlar koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish borasida oʻzlarining tajribalari haqida oʻrtoqlashdilar.

Kongress yakunlari boʻyicha koʻchmas mulk bilan ishlashda zamonaviy usullarni yanada rivojlantirish va joriy etish istiqbollari belgilab olindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
25
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalala

13 May 14:37
 
21
0
xs.uz

Tersak mahallasiga “turizm qishlogʻi” sertifikati topshirildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Urgut tumanida 'Tersak' turizm qishlogʻining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi raisi Ulugʻbek Shodiyev, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Taxtaqoracha dovoni yoqasida, togʻlar bagʻrida joylashgan 'Tersak' qishlogʻi zamonaviy infratuzilma hamda milliy anʼanalar uygʻunlashgan manzil sifatida mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun jozibador maska

17 May 21:46
 
30
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi

15-may kuni Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nurimbetov ushbu mamlakat Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Rasmiy marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston va Norvegiya oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga

16 Apr 09:12
 
65
0
xs.uz

Andijon viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2025-yilda erishilishi rejalashtirilgan asosiy maqsadlarga oid taqdimot bilan tanishdi.Joriy yilning birinchi choragida investitsiya loyihalari samarasida hamda tijorat banklari ishtirokida 77 ming nafar fuqaro ish bilan ta'minlangan.Umuman, 2025-yilda 5 milliard 700 million''dollarlik 166 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Bu orqali 31 mingta ish o'rni ochiladi. 31 turdagi yangi mahsulot olish yo'lga qo'yilib, 1,5 milliard dollarlik ekspo