calendar 17 May 21:46
eye 29
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi

image
15-may kuni Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nurimbetov ushbu mamlakat Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.

Rasmiy marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston va Norvegiya oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga qiziqish bildirdi.

Muloqotda, shuningdek, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash, 'yashil' energetikani rivojlantirish, qashshoqlikni kamaytirish, ayollar va yoshlarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish kabi global va muhim yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari alohida qayd etildi. Ushbu sohalarda ikki davlat oʻrtasida salmoqli salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Norvegiya oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 10-iyunda oʻrnatilgan. Rahmatulla Nurimbetov esa 2024-yil 15-oktyabrda Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi elchisi sifatida Stokgolm shahriga borgan va 4-dekabr kuni Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. Endi u ikki mamlakatda ham diplomatik vakolatga ega elchi sifatida faoliyat yuritmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
572
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak

Joylarda yer soligʻi va ijara toʻlovlariga oshiruvchi koeffitsiyent belgilayotganda uning biznesga taʼsirini oʻrganish, tadbirkorlarning imkoniyati va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, qaror qabul qilish muhimligini taʼkidladi.'Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak. Aksincha, tadbirkorga yordam berib, soliq bazasini kengaytirsak, tushum koʻpayadi, tadbirkorlar ham rozi boʻladi', dedi Prezident.Endilikda tadbirkorlarga ushbu soliqlarni yilda ikkiga b

01 Jun 03:47
 
15
0
xs.uz

Yangi O‘zbekiston — baxtiyor bolalar mamlakati

Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan har tomonlama barkamol avlod tarbiyasiga yuksak e'tibor qaratilib, ko'plab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. 1-iyun ' Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ham baxtiyor bolalar mamlakati bo'lgan Yangi O'zbekistonda o'zgacha ruh va ko'tarinki kayfiyatda nishonlanadi. Bu boradagi ishlarga O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham munosib hissa qo'shib kelmoqda.Xususan, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Respubl

17 May 21:46
 
19
0
xs.uz

Bundan buyon tuman MMTB rahbarlari sohaga bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlarga jalb qilinmaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obyektlari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi.Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari oʻtkazish, madaniyat va istirohat bogʻlarida sanʼat ko

31 May 08:49
 
5
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.