Andijon viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi

Joriy yilning birinchi choragida investitsiya loyihalari samarasida hamda tijorat banklari ishtirokida 77 ming nafar fuqaro ish bilan ta'minlangan.
Umuman, 2025-yilda 5 milliard 700 million''dollarlik 166 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Bu orqali 31 mingta ish o'rni ochiladi. 31 turdagi yangi mahsulot olish yo'lga qo'yilib, 1,5 milliard dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi. Korxonalarni barqaror energiya bilan ta'minlash uchun 65 megavatt yangi quvvatlar barpo etiladi.
Bu ishlarni davom ettirib, yil yakuniga qadar umumiy 305 ming nafar aholini daromadli ish bilan ta'minlash maqsad qilingan.
Taqdimotda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, sanoatni rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. 2025-yilda iqtisodiy o'sish sur'ati 5,5 foizga yetishi kutilmoqda.
Prezident mutasaddilarga loyihalarni o'z vaqtida bajarib, aholini daromadli ish bilan ta'minlash, ishsizlarni kasbga yo'naltirish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.
Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
Qoʻmita maʼlumotlarida qayd etilishicha, joriy yilning 1-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonning doimiy aholisi 37,7 mln kishini tashkil etgan. Bu raqamlar oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda respublikaning doimiy aholisi soni 2 foizga oshganini koʻrsatadi.Keltirilishicha, Oʻzbekiston aholisi 2025-yil boshidan buyon 154,6 ming kishiga koʻpaygan. Bu mamlakatda aholi soni (joriy yilda) har oyi oʻrtacha 51,5 ming kishiga, har kuni esa oʻrtacha 1,7 ming kishiga koʻpaymoqda degan
Fargʻona davlat texnika universitetida “Yoshlar texnoparki” tashkil etildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Maʼlumki, Fargʻona davlat texnika universitetida taʼlim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Universitet qoshida tashkil etilgan spin-off kompaniyalari professor-oʻqituvchilar, magistr va talabalarni viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ilmiy va innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etishga keng jalb qilmoqda.Shu bilan birga, dual taʼlim tizimi
Samarqandda Oʻzbekiston-Qirgʻiziston turizm forumi boʻlib oʻtdi
Bugun, 12-may kuni, Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning beshinchi majlisi doirasida Oʻzbekiston ' Qirgʻiziston turizm forumi boʻlib oʻtdi. Mazkur forum ikki davlat oʻrtasidagi turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, sayyohlik almashuvini kengaytirish va madaniy yaqinlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim tadbir sifatida tashkil etildi.Forumda soʻzga chiqqanlar s
Oʻzbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida qanday fikrlarni ilgari surdi?
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitidagi nutqiHurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Sammitni yuksak darajada tashkil etgani va an'anaviy mehmondo'stlik uchun Qozog'iston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich Toqayev sha'niga aytilgan minnatdorlik so'zlariga qo'shilaman.Italiya Vazirlar Kengashi Raisi, hurmatli Jorjia Meloni xonimga bugungi uchrashuvni tashkil etish haqidagi tashabbusi uchun yana bir bor tashakkur izhor eta