calendar 13 May 14:37
eye 67
comments 0
comments Manba: xs.uz

Samarqandda Oʻzbekiston-Qirgʻiziston turizm forumi boʻlib oʻtdi

image
Bugun, 12-may kuni, Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning beshinchi majlisi doirasida Oʻzbekiston ' Qirgʻiziston turizm forumi boʻlib oʻtdi. Mazkur forum ikki davlat oʻrtasidagi turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, sayyohlik almashuvini kengaytirish va madaniy yaqinlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim tadbir sifatida tashkil etildi.

Forumda soʻzga chiqqanlar soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik aloqalari mustahkamlanib borayotganini, bu esa yangi sayyohlik yoʻnalishlarini yaratish va madaniy muloqotni faollashtirish uchun qulay zamin yaratayotganini taʼkidladilar. Shu nuqtayi nazardan, turizm sohasidagi sheriklikni kengaytirish ikki davlat oʻrtasidagi strategik aloqalarning yana bir muhim yoʻnalishiga aylangani qayd etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga har ikki mamlakat hududlarining turizm salohiyati, mavjud infratuzilma, sayyohlarga taqdim etilayotgan xizmatlar sifati, mehmonlarni kutib olish va joylashtirish boʻyicha yaratilgan sharoitlar haqida taqdimotlar namoyish etildi. Bundan tashqari, istiqbolli qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, turistik mahsulotlarni ilgari surish boʻyicha dasturlar hamda turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Forum yakunida qatnashchilar ikki davlat oʻrtasidagi turizm sohasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish iqtisodiy oʻsish va yangi ish oʻrinlari yaratish bilan birga, xalqlar oʻrtasidagi madaniy yaqinlik, oʻzaro ishonch va anglashuvni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar. Shu tariqa, Oʻzbekiston ' Qirgʻiziston turizm forumi mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan muhim maydonlardan biri sifatida eʼtirof etildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
31
0
xs.uz

Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan parlament soʻrovi yuboriladi

Yalpi majlisda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kenga

31 May 08:49
 
19
0
xs.uz

Endi nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi

'Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT 'Xalq banki' tomonidan pensiyalarni na

31 May 08:49
 
31
0
xs.uz

Yetakchilar “Oʻzbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti” koʻrgazmasini borib koʻrdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Samarqand shahridagi Kongress markazida tashkil etilgan 'O'zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti' ko'rgazmasini tomosha qildilar.Noyob ekspozitsiya ikki mamlakat o'rtasidagi chuqur tarixiy, ilmiy va madaniy aloqalarga bag'ishlangan. U 'Rim va Kushon imperiyalarining savdo munosabatlari', 'Birinchi Uyg'onish davri', 'Marko Polo', 'Amir Temur', 'Mirzo Ulug'bek' va 'Zahiriddin Muhammad

31 May 08:49
 
29
0
xs.uz

Odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi oʻzgartirishlarga koʻra, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun belgilangan jazolar kuchaytirildi. Bu oʻzgartirishlar 2025-yil 19-may kuni qabul qilingan 'Odam savdosi jinoyati uchun jazoni kuchaytirish toʻgʻrisida'gi qonun bilan amalga oshirildi.Yangi tahrirga binoan, Jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlar asosida yoki jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan,